13.2. Mamlakatimizda dehqonchilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
2008-yilda mamlakatimiz bo‘yicha 5605,5 mlrd. so'mlik yalpi dehqonchilik mahsuloti yetishtirilgan bo'lib, 2007-yilga nisbatan 102,8 foizni tashkil etgan. Qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotining tarkibida dehqonchilik tarmog‘ining ulushi 2008-yilda 53,5 foizni tashkil etgan boTib, 2007-yilda bu ko‘rsatkich 55,1 foiz edi.
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida paxtachilik bian g‘allachilik tarmoqlari davlat miqyosida strategik ahamiyatga ega boTib, ushbu mahsulotlar umumiy maydoni respublika jami ekin maydonining 82 foizga yaqinini tashkil etmoqda. Shu sababli ulaming qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotdagi salmogT ham yuqoridir.
252
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk davridan boshlab ekin maydonlari tarkibini takomillashtirishga alohida e'tibor berildi. Sobiq ittifoq davrida mamlakatimiz qishloq xo'jaligi asosan paxta yetishtirishga ixtisoslashtirilgan edi. Shu sababli paxta yakka hokimligiga barham berish va mamlakatimiz aholisi ehtiyoji uchun kerak bo‘ladigan qishloq xo'jalik mahsulotlarini o'zimizda yetishtirishga erishish bo'yicha islohotlar amalga oshirildi. Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan g‘alla mustaqilligi Davlat dasturi ishlab chiqildi va boshoqli don ekinlari maydoni sug‘oriladigan yerlar evaziga keskin ko'paytirildi. Buning natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimiz aholisi uchun kerak bo‘ladigan don mahsulotlari o‘zimizda to‘liq yetishtirilmoqda va bir qismi eksport ham qilinmoqda.
Mamlakatimiz ekin maydonlari tarkibida donli ekinlaming salmog‘i ortmoqda. 1995-yilda donli ekinlarning umumiy ekin maydonidagi salmog‘i 39,8 foiz boigan boisa, 2000-yilga kelib bu ko'rsatkich 42,7 foizni, 2008- yilda esa 43,2 foizni tashkil etgan.
G‘allachilik asosan respublika aholisining don mahsulotlariga boigan talabini qondirishga xizmat qiladi. Tibbiyot me'yorlari bo‘yicha bir kishi yil davomida 124 kg un va un mahsulotlarini iste'mol qilishi lozim. G‘allachilikda erishilgan natija respublikamiz bu boradagi talabni qondirish imkoniyatiga ega ekanligidan dalolat beradi. Bu Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan qabul qilingan don mustaqilligi Davlat dasturining natijasidir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yetishtirilayotgan bug‘doy aholi ehtiyojlarini to'liq qondirib, yetishtirilgan bug‘doyning bir qismi eksport ham qilinmoqda. G‘allachilikning rivojlanishi chorvachilik va sanoat tarmoqlari yuksalishiga ham ijobiy ta'sir etadi.
Prezidentimiz tashabbusi va bevosita rahbarligida iqtisodiyotning muhim tarmog‘i - qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan izchil islohotlar ko‘p o‘tmay g‘alla mustaqilligiga erishish imkonini berdi. Shu o'rinda ta'kidlab o‘tish lozimki, mustaqillikning ilk davrida mamlakatimizda 940 ming tonna g‘alla yetishtirilgan boTib, aholi uchun zarur boTgan bu mahsulotga ichki ehtiyojni ta'minlash uchun taxminan 4,5 mln. tonna bug‘doy chetdan xarid qilinar edi.
Don mahsulotlariga boTgan talabni qondirishga erishish uchun dastlab urug'chilikka e'tibor berildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasming 1996-yil dekabr oyida qabul qilingan “Andijon viloyatida boshoqli don ekinlari urug‘chiligini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori aynan shu vazifani amalga oshirishga qaratilgan edi. Mazkur me'yoriy hujjatga asosan, hududda bug‘doyning yangi navlarini yetishtirishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar, urugTik bug‘doy sanoat miqyosida tayyorlanadigan va qadoqlanadigan zamonaviy korxonalar yuzaga keldi. Andijon viloyati mutaxassislari to‘plagan tajriba va fermerlik harakatining izchil rivojlanishi
253
mamlakatimizda g'allachilikning yanada taraqqiy topishiga xizmat qildi. Ayniqsa, g‘allachilik tarmog'ini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar, davlatimiz tomonidan dehqon va fermerlarga ko'rsatilayotgan g‘amxo‘rIik o‘z natijasini berdi: g‘alla hosildorligi va sifati yil sayin oshib, murakkab iqtisodiy sharoitda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga asos bo'ldi. Shu bilan bir qatorda, chorvachilik va parrandachilik tarmoqlari rivojlanishi uchun zarur ozuqa bazasi bunyod etilishiga mustahkam zamin yaratildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ichki ehtiyojlar o‘zimizda ishlab chiqarilgan un va non mahsulotlari bilan to‘Iiq ta'minlanmoqda.
2008-yilda mamlakatimizda umumiy ekin maydoni 3609,3 ming gektami tashkil etgan bo'Iib, 2007-yilga nisbatan 48,3 ming gektarga ko'pdir. Shundan donli ekinlar ekilgan maydon 1559,5 ming gektar boiib, 2007-yilga nisbatan 101,4 foizni tashkil etadi. Shu jumladan bug‘doy ekilgan maydon 1373,6 ming gektar boiib, 2007-yilga nisbatan 99,3 foizni tashkil etadi.
13.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |