250
13-BOB
DEHQONCHILIK TARMOQLARI VA ULARNIRIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
• Dehqonchilik tarmoqlari va ulaming mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
• Mamlakatimizda dehqonchilik tarmoqlarining hozirgi rivojlanish holati.
• Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida dehqonchilik tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.
• Dehqonchilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish imkoniyatlari va samaradorligini oshirish yoTlari.
13.1. Dehqonchilik tarmoqlari va ularning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ahamiyati.
Qishloq xo‘jaligi yetishtirilayotgan mahsulotlaming xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilddta yirik tarmoqqa: dehqonchilik va chorvachilikka boTinadi.
Dehqonchilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i boTib, unda ko‘p turdagi mahsulotlar yetishtiriladi. Jumladan, aholi iste'moli uchun kerak boTadigan oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat va yengil sanoatlarining ko‘plab korxonalari uchun xomashyo hamda chorvachilik uchun ozuqa mahsulotlari yetishtiriladi.
Dehqonchilik tarmog‘i o‘z navbatida quyidagi kichik tannoqlarga
boTinadi:
- donchilik (bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, sholi va hokazo);
- texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, qand lavlagi, moyli ekinlar va hokazo);
- kartoshkachilik;
- sabzavotchilik (pomidor, bodring, sabzi va hokazo);
- polizchilik (qovun, tarvuz va hokazo);
- mevachilik (olma, o‘rik, shaftoli va hokazo);
- uzumchilik;
- chorva ozuqasi ekinlari yetishtimvchi va boshqa tarmoqlardan iboratdir.
251
Dehqonchilik tarmoqlari tarkibida donchilik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu tarmoq mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan holada non va non mahsulotlari xalqimizning dasturxonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan don mustaqilligiga erishishga alohida e'tibor berildi. Ushbu maqsadga erishish uchun donli ekinlar maydoni keskin oshirildi, seleksiya va urug‘chilikka e'tibor berildi, donli ekinlaming hosildorligini oshirish bo'yicha tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda va hozirgi vaqtda mamlakatimizda yillik ehtiyoj uchun yetarli miqdorda don yetishtirilmoqda.
Donli ekinlar chorvachilikni ozuqa bazasi bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega.
Texnika ekinlari yetishtiradigan tarmoqda oziq-ovqat va to'qimachilik sanoatlari uchun xomashyo yetishtiriladi. Texnika ekinlari tarkibida mamlakatimizda eng keng tarqalgani va ko‘p miqdorda yetishtiriladigani paxta xomashyosidir. Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda.
Mamlakatimizning iqlim sharoiti eng shirin, eng sifatli meva. uzum, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun sharoit yaratadi. Qolaversa, xalqimizning ushbu mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha boy tajribasi mavjud. Ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda mazkur mahsulotlar bilan faqat ichki bozomi ta'minlabgina qolmasdan, balki xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilishga erishishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |