ixcham asbob-uskunalar bo‘yicba doimiy ishlaydigan ko‘rgazma-savdolar va
yarmarkalar tashkil etish;
- chorvachilikda, parrandachilikda va issiqxona xo‘jaligida 35 mingta,
qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashda 8 mingta yangi
ish o‘rinlarini yaratish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi
“Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida
chorva mollarini
ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli
qarori bo‘yicha chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy yordamchi, dehqon
va fenner xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar berish nazarda tutilgan:
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklariga qoramol sotib
olish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarini
omuxta yem va
shirali ozuqa bilan ta'minlash;
- 2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer
xo'jaliklarida
chorva
mollari,
birinchi
navbatda
qoramollar
sonini
ko'paytirishni rag‘batlantirish;
- chorvachilik bilan shug‘ullanadigan shaxsiy yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklaridagi fuqarolaming mehnat davri ish stajiga kiritilishi, ularga
nafaqa va ijtimoiy sug'urta to'lovlari to'lash va mehnat daftarchalarini
yuritish;
- 2010-yilgacha naslchilik xo‘jaliklarini naslli mol uchun bojxona
to‘lovlaridan, zooveterinariya xizmati va sun'iy qochirish punkdarini yagona
soliq to'lovlaridan ozod etish.
Ushbu qarorga asosan, “0 ‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
tizimida hozirgi vaqtda 494 ta omuxta yem sotish shoxobchasi ishlab turibdi.
Ular tomonidan chorva mollari uchun ozuqa arzon narxlarda yetkazib
berilmoqda.
Jamiyatning ekologik jihatdan toza mahsulotlarga boigan talabi o‘sib
bormoqda. Ammo bu boradagi talab hozirgi davrda to iiq qondirilgani yo‘q.
Muammoni hal etish uchun
bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlami
amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy islohotlami yanada
chuqurlashtirish kerak. Bu jarayonni bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha
amalga
oshirish mumkin.
Masalan,
respublika
hududlarining,
xo'jaliklarning
yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga
muvofiq joylashtirib, ulami ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga
e'tibor berish lozim.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng aholi farovonligini
ta'minlashning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan xalq iste'm oli tovarlarini ishlab
chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ayniqsa,
aholini oziq-ovqat
tovarlari bilan ta'minlashda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishi muhim
omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
283
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi kunda mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish
asosan uch yo'nalishda amalga oshirilmoqda (14.1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: