Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasi



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/178
Sana10.02.2022
Hajmi10,95 Mb.
#441774
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   178
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasi. 
Bozor infratuzilmasi 
mamlakatda bozor munosabatlarini barpo etish va rivojlantirishga xizmat 
ko'rsatuvchi sohalar majmui bo‘lib, bozor xizmati tarmoqlarini shakllantirish 
va rivojlantirish maqsadida tijorat banklari tarmog‘i, zamonaviy moliya va 
soliq tizimi, audit, sug‘urta, birjalar faoliyati, kredit uyushmalari, konsalting 
firmalari, bojxona tizimi va boshqa shu kabilami o‘z ichiga oladi.
145
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga kiradigan tashkilot va 
muassasalar o'rtasidagi o‘zaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo'yish asosida 
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin. 
Ushbu tadbir bozor infratuzilmasi subyektlarini qishloq hududlari bo‘yicha 
joylashtirish bilan bir qatorda ular tomonidan yangi qo‘shimcha ish 
o'rinlarining yaratilishiga ham asos bo‘ladi.
Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga quyidagi tashkilot, idora va 
muassasalar kiradi: monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo'mitasi; iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo'mitasi; biijalar va ulaming 
tarkibida ish yuritadigan brokerlar, maklerlar va agentlar xizmatlari; savdo- 
tijorat markazlari, savdo uylari, savdo-sanoat palatalari, tashqi savdo firma va 
birlashmalari; ulguiji, chakana savdo va boshqa turdagi barcha savdo 
tashkilotlari; kim oshdi savdosi o'tkazuvchi idora va yarmarka; markaziy va 
tijorat banklari; lizing va injiniring bo'yicha muassasa va tashkilotlar; 
marketing maslahati va menejment markazlari; mutaxassislami tayyorlash va 
qayta 
tayyorlash 
muassasalari, 
markazlar; 
mehnat 
bandligi 
bilan 
shug‘ullanuvchi tashkilotlar; tijorat va ilmiy-texnika axborotlari markazlari; 
reklama byurolari; sug'urta xizmatini ko'rsatuvchi muassasalari; soliq tizimi 
idoralari va inspeksiyalari; bojxona tizimi idoralari; auditorlik xizmati 
firmalari; konsalting xizmati muassasalari; kasaba uyushma tashkilotlari; 
loyihalash institut va tashkilotlari; vositachilik xizmati muassasalari; notarial 
idoralari; advokatura idorasi; tadbirkorlik uyushmasi; investitsiya jamg'arma 
kompaniyalari; lombardlar; agrofirma; kredit uyushmalari; iste’molchilar 
huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va shunga o‘xshash barcha xo‘jalik 
yuritish subyelctlari va jismoniy shaxslar o‘rtasida sodir bo‘ladigan bozor 
munosabatlarini 
tashkil 
etuvchi 
va 
muvofiqlashtiruvchi 
muassasalar 
hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida bozor infratuzilmasining ham o‘mi beqiyosdir. 
Qishloq xo'jaligida bozor infratuzilmasining bir subyekti bo‘lgan lizing 
kompaniyalari tarmoqni yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan 
ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jaligiga yetkazib berilayotgan 
traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasi sonini oshirish hamda ular uchun hisob- 
ldtob qilish mexanizmini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining
2000- yil 2-noyabrdagi "Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi 
bilan ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 424-sonli qarorining qabul 
qilinishi ayni muddao boidi. Mazkur hujjatga asosan " 0 ‘zqishloqxo‘jalikmash- 
lizing" kompaniyasi tashkil etildi, uning tuzilmasi tasdiqlandi, eng muhimi,
2001- 2007-yillar mobaynida " 0 ‘zqishloqxo‘jalikmashxolding" kompaniyasi 
zavodlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mashinalarini 
(birinchi navbatda traktorlar va o‘rim-yig‘im texnikasini) mashina-traktor 
parklariga va 
fermer xo'jaliklariga 7 yil muddatga lizingga berishning
146
www.ziyouz.com kutubxonasi


tashkiliy, iqtisodiy hamda texnikaviy mexanizmlari aniq va ravshan belgilab 
qo‘yildi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligining moddiy- 
texnika bazasini mustahkamlashda lizing imkoniyatlaridan keng foydalanishga 
alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan Prezidentimiz farmoniga ko‘ra qishloq 
xo'jalik texnikalarining lizing muddati 7 yildan 10 yilga uzaytirildi hamda 
qishloq xo'jalik texnikasini lizing asosida sotib olish bo‘yicha tashkil etilgan 
Fond hisobidan ushbu maqsadlar uchun 2008-yili 43 milliard so'mdan ziyod 
mablag* ajratilgan bo‘lsa, 2009-yilda 58 milliard so‘mdan ortiq mablag' 
yo'naltirilgan.
2008-yilda lizing asosida qishloq xo‘jalik korxonalariga jami 48,9 mlrd. 
so‘mlik 3459 dona turli xildagi texnikalar yetkazib berildi. 2009-yilda ham 
7547 ta texnikani lizing va kredit asosida olingan bo‘lib, shu orqali qishloq 
xo‘jalik korxonalarining texnika ta'minotini yaxshilashga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatilmoqda.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish