12.3. Qishloq xo‘jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish yoMlari.
Qishloq xo‘jalik korxonalarining iqtisodiy samaradorlik darajasiga bir
qancha omillar ta’sir etadi. Ularning asosiylari quyidagilar:
•
qishloq xo‘jaligi yerlarining holati, ulardan foydalanish darajasi;
•
xo‘jaliklaming ishlab chiqarish fondlari bilan ta'minlanganlik va
ulardan foydalanish darajasi;
•
mehnat resurslaridan foydalanishning holati va mehnat unumdorligi
darajasi;
•
ishlab chiqarishning intensivlashganlik darajasi;
245
www.ziyouz.com kutubxonasi
•
qishloq xo‘jaligi ekinlarining hosildorligi va chorva hayvonlarining
mahsuldorligi;
•
baholar, soliqlar va to'lovlar darajasi;
•
suv resurslaridan foydalanishning holati;
•
qishloq xo'jaligi korxonalarining moddiy-texnika resurslari bilan
ta’minlanganlik holati;
•
xodimlaming moddiy va ma’naviy manfaatdorlik darajasi;
•
davlat, mahalliy byudjetdan ajratilayotgan mablag' va boshqalar.
Qishloq xo'jaligining daromadlarini, yalpi va sof foydalarini kelajakda
yanada ko'paytirish uning barcha tarmoqlarida bozor iqtisodiyoti talablariga
mos keladigan tashkiliy, texnikaviy, texnologik hamda iqtisodiy tadbirlar tizimi
hayotga o‘z vaqtida, sifatli tatbiq etilishini obyektiv ravishda taqozo etadi.
Qishloq xo'jaligining iqtisodiy samaradorligini oshirish uchun
quyidagi tadbirlarga e'tibor berish lozim:
1) Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotinini ko‘paytirish va uning sifatini
yaxshilash tadbirlari:
• ekinlarning serhosil navlarini, chorva hayvonlarining esa sermahsul
zotlarini yaratish, ulami ishlab chiqarishga joriy etilishini ta'minlash;
• yerlaming meliorativ holatini yaxshilash, suv ta'minoti tadbirlarini
rivojlantirish, sug‘orishning tejamkor usullarini joriy etish;
• chorva hayvonlarini sifatli ozuqa bilan ta'minlash va oziqlantirishni talab
darajasida amalga oshirish;
• ekologiyani e’tiborga olgan holda ishlab chiqarish jarayonlarida
mahalliy va mineral o‘g‘itlardan hamda kimyoviy vositalardan maqsadga
muvofiq ravishda foydalanishni talab darajasida ta'minlash;
• mahsulotlaming sifatini, ulami tashish va saqlash jarayonlarini
yaxshilash tadbirlarini tezkorlik bilan amalga oshirish va boshqalar.
2) Qishloq xo‘jaligida moddiy, mehnat va pul xarajatlari tejalishini
ta'minlovchi tadbirlar:
• ishlab chiqarishni samarali joylashtirish, ixtisoslashtirish va tashkil
etishni jadallashtirish;
• yangi texnikalami, ilg‘or texnologiyalami joriy etish, mavjud ishlab
chiqarish vositalaridan samarali foydalanish natijasida ish jarayonlarini to‘liq
mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish;
• ishchi-xizmatchilami rag‘batlantirish tizimini rivojlantirish;
• davr hamda mohyaviy faoliyat xarajatlarini tejash va boshqalar.
3) Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini qishloq xo‘jaligiga joriy etishni
erkinlashtirish va jadallashtirish tadbirlari:
• sanoat hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlari baholari o‘rtasidagi
mutanosiblikni ta’minlash, sotish jarayonini erkinlashtirish;
246
www.ziyouz.com kutubxonasi
• kichik biznes va xususiy tadbirkorlik turlarini rivojlantirish;
• investitsiyalar jalb etilishini ta'minlovchi iqtisodiy mexanizmlarni joriy
etish;
• qishloq xo‘jaligida infratuzilma sohalarini rivojlantirish;
• qishloq xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalami jalb etishni jadallashtirish;
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni
qo‘llab-quwatlash va hokazo.
Bu tadbirlar, avvalo yetishtiriladigan mahsulotlar miqdorini talab
darajasida ko‘paytirishga va ulaming sifatini yaxshilashga qaratilgan bo‘lishi
zarur. Mahsulotlar miqdori ekin maydonlarini kengaytiiish hamda ulaming
hosildorligini oshirish hisobiga ko‘paytirilishi mumkin. Ekin maydonlarini
ko'paytirish uchun yangi yerlarni o‘zlashtirish talab etiladi, lekin buning
imkoniyatlari cheklangan.
Shuning uchun asosiy e'tibomi ekinlaming
hosildorligini oshirishga qaratish zarur. Buning uchun ekinlaming yangi,
serhosil, tezpishar navlarini yaratish, irrigatsiya va melioratsiya inshootlari
holatini yaxshilash, agrotexnik tadbirlami o‘z vaqtida amalga oshirish
natijasida tuproqning unumdorligi oshishini ta’minlash lozim. Shu bilan
birgalikda ekinlarni almashlab ekishni ilmiy asoslangan holda keng joriy etish
maqsadga muvofiq. Alohida e'tibor ishchi-xizmatchilarni moddiy va ma'naviy
rag‘batlantirishga qaratilishi zarur.
Yuqoridagilar bilan birga ishlab chiqarish, davr hamda moliyaviy
xarajatlami tejab amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi texnika, ilg'or texnologiyalami hayotga joriy etish natijasida
mehnat xarajatlari kamayishiga erishish mumkin. Bu jarayon ishlab chiqarishni
ixtisoslashtirish, agrosanoat integratsiyasining rivojlantirilishi bilan bevosita
bog‘liqdir. Chorva hayvonlari mahsuldorligini ham oshirish lozim, buning
uchun naslchilik ishlarini rivojlantirish zamr. Chorva hayvonlarini to‘yimli
ozuqa bilan ta’minlashga erishish maqsadga muvofiqdir. Bu tarmoqda ham
barcha xarajatlami tejash bilan bog‘liq bo'lgan tadbirlar sifatli amalga
oshirilishini ta'minlash zarur.
Korxonalarda
iqtisodiy
samaradorlikni
ta'minlashda
iqtisodchi
kadrlarning ham o‘mi bor. Eng avvalo, ular yil boshida korxonaning biznes
rejasini mukammal tuzishlari va iqtisodiy tahlil usullaridan foydalangan holda
korxonaning xo‘jalik faoliyatini tahlil qilib borishi lozim. Amalga oshirilgan
tahlil natijasida korxonada samaradorlikni oshirish borasida yo‘l qo'yilayotgan
kamchiliklami o‘z vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish bo'yicha takliflarni
ishlab chiqib, korxona rahbariyatiga taqdim etishi lozim.
Yalpi foydaning ko'payishi mahsulotlami sotish bilan bog‘liq bo‘lgan
xarajatlar tejalishini ham taqozo etadi. Shuning uchun mahsulotlarni sotish
bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni takomillashtirish lozim. Yuqorida
247
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta'kidlangan tadbirlarni arnalga oshirish qishloq xo'jaligi tarmog1^ ^
samaradorligi oshishini ta'minlaydi-
*qtisodiy
Do'stlaringiz bilan baham: |