Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


Mamlakatimiz bo‘yicha 2008-yilda uzum maydoni, hosildorligi va



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/178
Sana10.02.2022
Hajmi10,95 Mb.
#441774
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   178
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

Mamlakatimiz bo‘yicha 2008-yilda uzum maydoni, hosildorligi va
yalpi hosili to‘g‘risida ma’lumot
Viloyatlar
Aholisi
soni,
ming
kishi
Maydoni, 
ming ga
Yal pi hosil
Hosil-
dorlik,
s/ga
ming
tonna
2007-
yilga
nisbatan,
foizda
Respublika 
bo'yicha jami
27313,7
125,4
791,0
89,9
77,4
Qoraqalpog'iston
Respublikasi
1612,3
0,5
3,2
109,0
54,4
Andijon
2477,9
4,2
30,5
118,9
86,8
Buxoro
1576,8
9,5
73,5
55,0
89,9
Jizzax
1090,9
4,9
19,1
104,4
47,2
Qashqadaryo
2537,6
8,6
35,2
81,4
55,8
Navoiy
834,1
6,5
39,6
101,9
63,6
Namangan
2196,2
12,8
64,6
101,3
55,8
Samarqand
3032,0
38,6
299,1
100,9
97,3
Surxondaryo
2012,6
14,7
46,0
48,8
43,2
Sirdaryo
698,1
1,5
6,6
104,7
56,3
Toshkent
2537,5
16,6
95,2
112,9
71,7
Farg‘ona
2997,4
4,9
56,4
106,2
134,0
Xorazm
1517,6
2,1
22,0
112,8
114,0
Manba: Davlat statistika qo'mitasi axborotnomasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimizda 
uzum maydoni bo'yicha Samarqand, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 
boshqa viloyatlarga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichga ega. Uzum yetishtirish 
hajmi bo‘yicha Samarqand va Toshkent viloyatlari yetakchi o‘rinni egallaydi. 
Hosildorlik darajasi bo‘yicha esa Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida yuqori 
natijalarga erishilgan.
262
www.ziyouz.com kutubxonasi


Iqlim sharoitlari va quyosh energiyasining optimal tushishi ta'sirida 
yurtimizda yetishtirilayotgan meva va uzumning sifati va ta’m xususiyatlari 
juda 
yuqori darajada bo‘ladi. Shu sababli respublikamizda yetishtirilgan 
mevalarga xorijiy mamlakatlarda, ayniqsa Rossiya Federatsiyasida talab yuqori. 
Shuni e'tiborga olgan holda, meva va uzum yetishtirishni ko‘paytirish, aholi 
ehtiyojlarini to'liq qondirish hamda xorijiy mamlakatlarga eksport qilishni 
yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tadbirlami izchil amalga oshirib borish lozim.
Amalga 
oshirilayotgan 
islohotlar 
va 
hukumatimiz 
tomonidan 
qaratilayotgan e'tibor tufayli mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
yetishtirishni ko‘paytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash borasida 
ijobiy natijalarga erishilmoqda. Bunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2008-yil 
20-oktabrdagi 
«Oziq-ovqat 
ekinlari 
ekiladigan 
maydonlami 
optimallashtirish 
va 
ulami 
yetishtirishni 
ko‘paytirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi 4041-sonli Farmoni va 2009-yil 26-yanvardagi «Oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozomi to‘ldirish yuzasidan 
qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 
Q-1047-sonli qarorini alohida 
ta’kidlab o‘tish lozim. Bundan tashqari Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul 
qilingan "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturida ham oziq- 
ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq tegishli tadbirlar amalga oshirilmoqda hamda 
qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishga erishilmoqda.
Mamlakatimizda 2008-yilda kartoshka ekilgan maydon 7,1 foizga, 
sabzavot ekin maydoni 1,4 foizga, poliz ekinlari maydoni 11,0 foizga oshgan 
boisa, chorva ozuqasi ekinlari maydoni 4,2 foizga qisqargan va 278,1 ming 
gektami yoki umumiy ekin maydonining 7,7 foizini tashkil etgan. Bunday hol 
ekinlarni almashlab ekishga salbiy ta’sir etishi mumkin. Shuning uchun 
kelajakda ekin maydonlari salmog‘ini tartibga solishda almashlab ekish joriy 
etilishini ta'minlashga alohida e'tibor berish lozim.
Surxondaryo viloyatida ham qishloq xo‘jaligining muhim tarmog‘i 
hisoblangan dehqonchilikni rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda. 
2008- 
yilda viloyatda 345,6 ming tonna paxta xomashyosi va 607,2 ming tonna don 
tayyorlangan.
2008-yilda Surxondaryo viloyatida 123 ming gektar yerga paxta 
ekilgan bo‘lib, 345,6 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi. Viloyatda 99,2 
ming gektarga, shu jumladan 95,0 ming gektar sug‘ori!adigan va 4,2 ming 
gektar lalmi maydonlarga boshoqli don ekilgan bo'lib, barcha toifadagi 
xo‘jaliklarda 607187 tonna don, shundan 585736 tonna boshoqli don, shu 
jumladan 578379 tonna bug‘doy tayyorlandi. Jami tayyorlangan donning 
481854 tonnasi umumiy sektorda va 125333 tonnasi dehqon xo‘jaliklarida 
yetishtirildi. 2008-yilda viloyatda barcha turdagi xo‘jaliklarda 105,9 ming 
tonna kartoshka ishlab chiqarilib, 2007-yilga nisbatan 109,7 foizni tashkil
263
www.ziyouz.com kutubxonasi


etgan. Bundan tashqari 369183 tonna sabzavot yetishtirilgan bo‘lib, uning 
89927 tonnasi umumiy sektorda, 279256 tonnasi dehqon xo'jaliklarida ishlab 
chiqarilgan. Surxondaryo viloyatida 2008-yilda 93275 tonna poliz mahsulotlari, 
46029 tonna uzum va 77523 tonna ho‘l meva ishlab chiqarildi.
Dehqonchihkning respublikamiz hamda qishloq xo‘jalik korxonalari 
iqtisodiyotidagi o‘mini, ahamiyatini e'tiborga olgan holda kelajakda ulami 
rivojlantirish va samaradorligini yuksaltirish eng asosiy vazifalardan biridir. Bu 
muammoni ijobiy hal etish uchun, avvalo, erkin bozor talabiarini e'tiborga 
olgan holda qanday turdagi dehqonchilik mahsulotlarini va qancha miqdorda 
yetishtirish zarurligini aniqlab olish lozim. Bunda davlatning qanday 
mahsulotlarga va qancha miqdorda ehtiyoji borligini aniqlashga alohida e'tibor 
berish lozim. Chunki davlat aholi ehtiyoji uchun zamr tovar ishlab 
chiqaruvchilar uchun imtiyozlar yaratmoqda.
Xo'jaliklar boshqa iste'molchilaming qisqa va uzoq muddatli 
talablarini ham chuqur o'rganishlari hamda o‘z ichki ishlab chiqarish 
ehtiyojlarini aniqlab olishlari lozim. Qaysi mahsulotni va qancha miqdorda 
yetishtirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashda ulaming samaradorligini 
e'tiborga olish zamr. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir xo'jalik 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta'minlaydigan miqdorda foydaga 
erishishi lozim. Yuqorida ta'kidlangan masalalami hal etishda ekinlami 
almashlab ekishning nazariy hamda amaliy jihatdan asoslangan tizimi joriy 
etilishiga ham alohida e'tibor berish kerak. Chunki bu tuproqning unumdorligi 
oshishini ta'minlaydi va chorvachilikning mustahkam ozuqa bazasi bilan 
ta’minlanishiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Dehqonchilik mahsulotlarini belgilangan miqdorda yetishtirish uchun 
zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalarini: ulaming turlarini, miqdorini hamda 
holatini aniqlab olish alohida ahamiyatga ega. Chunki ular yordamida mahsulot 
yetishtirish jarayonlari belgilangan muddatlarda, sifatli bajarilishi ta’minlanadi. 
Natijada ishlab chiqarish xarajatlari tejaladi foyda hajmi oshadi.
Dehqonchilik 
tarmoqlarida 
yetishtirilayotgan 
mahsulotlaming 
samaradorligi bir qancha ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Ular miqdor 
(natural) va qiymat shaklida namoyon bo‘lib, quyidagi ko‘rsatkichlar orqali 
aniqlanadi:
a) ekin turlari bo‘yicha 1 gektar maydondan olingan hosil, ya’ni ekinlaming 
hosildorligi. Uni aniqlash uchun jami yetishtirilgan hosilni shu hosil olingan 
ekin maydoniga taqsimlash lozim. Buning uchun quyidagi formuladan 
foydalanish mumkin:
Em
Bunda: 
H d -
ekinlarning hosildorlik darajasi, sentner/ga;
YaH—
olingan yalpi hosil, tonna yoki sentner;
264
www.ziyouz.com kutubxonasi


Em
- ekin maydoni, ga.
b) ekinlaming turlari bo'yicha ishlab chiqarish tannarxi. Uni jami ishlab
chiqarish xarajatlar summasining olingan mahsulot miqdoriga nisbati bilan,
ya'ni quyidagi formula yordamida aniqlash mumkin:
. .
'LlChX
Mtt =
— — --------
YaH
Bunda: 
Mtt
- mahsulot turini yetishtirish tannarxi, so‘m/sentner. Bu 
ko‘rsatkich yetishtirilgan har bir mahsulotning bir sentneri necha so‘mga 
tushganligini ko'rsatadi.
d) 
Mahsulot turlari bo'yicha rentabellik darajasi. Ushbu ko'rsatkich 
mahsulotlami sotishdan olingan foydani ushbu mahsulotlarning ishlab chiqarish 
xarajatlariga bo‘lish va natijani 100 ga ko‘paytirish orqali topiladi. Bunda 
quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
Bunda: 
R
- har bir mahsulot turining, dehqonchilik tarmog'ining rentabellik 
darajasi, foizda;
SF
- olingan sof foyda, ming so‘m.
Barcha vositalardan yil davomida to‘g‘ri, to'liq hamda samarali 
foydalanish orqali talabni qondiradigan miqdorda sifatli dehqonchilik 
mahsulotlari yetishtirish, ulaming samaradorligini yuksaltirish uchun muayyan 
chora-tadbirlami amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish