Bog'liq Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)
Qisqacha xulosalar Qishloq xo‘jaligida aholi va qayta ishlash tarmoqlarining talablarini
qondirish maqsadida turli xil mahsulotlar yetishtirilmoqda. Ular 2010-yil
holatiga mamlakat yalpi ichki mahsulotining 17,5 foizini tashkil etgan. Qishloq
xo‘jaligi yalpi mahsuloti tayyor mahsulot va tugallanmagan ishlab chiqarish
xarajatlari yig'indisidan tashkil topadi.
Tayyor mahsulotlarni sotish natijasida respublika valyuta tushumining
ham bir qismi shakllantirilmoqda. Yalpi mahsulot tarkibida tayyor va tovar
mahsulotlar salmog‘ini oshirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini taqsimlash va sotish yo‘nalishlarini,
ularning bozorini rivojlantirishga erishish lozim.
Yalpi mahsulot miqdorini talab darajasida ko'paytirish, sifatini
yaxshilash maqsadida ekstensiv hamda intensiv usullardan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
204 www.ziyouz.com kutubxonasi