63
www.ziyouz.com kutubxonasi
I
tuproqlaming asosiy xususiyatlari o‘zgarganligini isbotlovchi ma'lumotlami
teran va to'liq tahlil etish; tadqiqot olib boriladigan asosiy hamda ekologik
maydonlarda tuproqlaming holatini isbotlovchi ko‘rsatkichlar majmuasini
asoslash, tuproqning holatini kuzatish, unga oid ma'lumotlarni sifatli to'plash
hamda ularga o'zgartirishlar kiritishi kerak. Buning uchun qishloq xo'jalik
yerlari tuproqlarini suv va shamol erroziyasi ta'siri oqibatida o‘zgarishi
monitoiingi; qishloq xo'jalik yerlari tuproqlari sho‘rlanganlik darajasining
o'zgarish jarayoni monitoringi; qishloq xo'jalik yerlari tuproqlari og‘ir metallar
bilan zararlanganlik darajasining o‘zgarishi monitoringi; qishloq xo'jalik yerlari
tuproqlarining texnogen o'zgarishi monitoringi; neft mahsulotlari salbiy ta’siri
natijasida tuproqlaming ifloslanishi monitoringi; barcha o‘simliklaming og‘ir
metallar bilan zaharlanish darajasi monitoringi; qishloq xo‘jalik yerlari
tuproqlarining gerbitsid va pestitsidlar bilan zaharlanish darajasi monitoringi;
mineral o‘g‘itlardan foydalanish natijasida tuproqlar tarkibidagi o‘zgarishlar
monitoringi amalga oshiriladi.
Respublikamiz bo'yicha yerlar sifatini tavsiflovchi ma’lumotlar 3.4-
jadvalda keltirilgan.
3.4-jadval
Respublikamiz bo‘yicha sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarining sifat
bahosi
Viloyatlar
0 ‘rtacha ball boniteti
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
41
Andijon
57
Buxoro
50
Jizzax
51
Qashqadaryo
51
Navoiy
52
Namangan
59
Samarqand
57
Surxondaryo
56
Sirdaryo
51
Toshkent
59
Farg‘ona
56
Xorazm
53
Respublika bo‘yicha:
55
Manba: Ozbekiston Respublikasi yer resurslari va Davlat kadastri qo‘mitasi ma'lumotlari.
Ushbu jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, respublikamizda
yerlarning o‘rtacha ball boniteti 55 ballni tashkil etadi. Namangan, Toshkent,
Andijon va Samarqand viloyatlari yerlarining o'rtacha ball boniteti boshqa
64
www.ziyouz.com kutubxonasi
viloyatlar ko‘rsatkichiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichga ega. Mamlakatimizda
eng past ball bonitetga ega yerlar Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro,
Sirdaryo, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan.
Qishloq xo‘jalik yerlarining sifati 10 ta klassga ajratilib, 100 ballik
tizimda baholanadi. Bunda 1-2-klasslarga holati yomon yerlar kiradi va ular 0-
20 ball bilan baholanadi, 3-4-klasslarga holati o'rtachadan past yerlar kiradi va
ular 21-40 ball bilan baholanadi, 5-6-klasslarga holati o‘rtacha yerlar kiradi va
ular 41-60 ball bilan baholanadi, 7-8-klasslarga holati yaxshi yerlar kiradi va
ular 61-80 ball bilan baholanadi va nihoyat 9-10-klasslarga holati eng yaxshi
yerlar kiradi va ular 81-100 ball bilan baholanadi. Mamlakatimizda 10-klassga
kiruvchi, ya'ni 91-100 ballga ega yerlar faqat Andijon (35 ga), Namangan
(1301 ga), Samarqand (547 ga), Toshkent (29 ga) va Farg‘ona (452 ga)
viloyatlarida mavjud.
Yer monitoringi 0 ‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya,
kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi, ushbu qo‘mitaga qarashli
viloyatlardagi Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari, O'zbekiston
Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi, respublikadagi boshqa
manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotiarning bevosita ishtirokida amalga
oshiriladi.
Yer monitoringi - yer tarkibidagi o'zgarishlami o‘z vaqtida aniqlash,
yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarining oldini olish va oqibatlarini tugatish
uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat. Davlat yer kadastri
yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan
maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni,
yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta'minlash yer monitoringi asosida
amalga oshiriladi.
Davlat yer kadastri - yerlaming tabiiy, xo'jalik va huquqiy rejimi,
ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining
joylashgan
manzili
va
o‘lchamlari,
ulami
yer
egalariga,
yerdan
foydalanuvchilarga taqsimlash to‘g‘risidagi zamr, ishonchli ma’lumotlar va
hujjatlar tizimidan iborat.
1998-yil 28-avgustda O'zbekiston Respublikasining «Davlat Yer
kadastri to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilingan. Davlat yer kadastri yer
munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza
qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq
miqdorini
asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida barcha tashkilot,
korxonalarda fuqarolarni yer to‘g‘risidagi
ma'lumotlar bilan ta’minlashga
moTjallangan. Davlat yer kadastri yerning qiymat bahosini aniqlashni taqozo
etdi va uni tarkibiga olgan boTadi. Davlat yer kadastrining maTumotlari
yerlardan foydalanish va ulami muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish va
ulami olib qo'yishda, yer uchun toTanadigan haq miqdorini belgilashda, yer
65
www.ziyouz.com kutubxonasi
tuzish ishlarini o'tkazishda, xo'jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan
foydalanish va uiami muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlami amalga
oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi. Davlat yer kadastri butun respublika
uchun yagona tizim asosida davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan davlat yer
kadastri va yer tuzish xizmati organlari tomonidan yuritiladi.
Davlat yer kadastri quyidagilardan tashkil topadi:
- yerdan foydalanuvchilar;
- yer maydoni, uning tarkibi, sifati;
- yemi iqtisodiy baholash.
Yerlami iqtisodiy baholash bir qancha iqtisodiy muhim masalalami
hal etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Eng avvalo, yer umumxalq, davlat mulki
sifatida baholanishi maqsadga muvofiqdir. Shunda mamlakat milliy boyligining
tarkibi - yerning qiymatini, ulushini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Shuning
bilan birgalikda yeming asosiy vosita sifatida baholanishi ham hal etilishi
lozim.
Respublikamizda qishloq xo'jalik yerlarining qiymatini baholash
tartibini
belgilash
maqsadida
iqtisodchi
olimlar
F.Q.Qayumov,
A.Abdug‘aniyev, V.T.Frolov, J.M.Maqsudov, G.G.Nagayev, I.A.Akramov va
A.A.Tursunovlar tomonidan « 0 ‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligiga
moTjallangan yerlarini sifatiy, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning
muvaqqat uslubi» ishlab chiqildi va u Yer resurslari davlat qo‘mitasining ilmiy-
texnik Kengashi tomonidan 1998-yil 6-avgustda tasdiqlangan. Bu muvaqqat
uslubiyatda qishloq xo‘jaligiga moTjallangan yerlaming qiymat bahosini
(me'yoriy bahosini) aniqlasb tartibi ko‘rsatilgan. Bunda sug‘oriladigan yerlar,
bahorikor yerlar va yaylov yerlaming me’yoriy bahosini aniqlash tartiblari
lco‘rsatiIgan.
Sug'oriladigan yerlaming me'yoriy bahosini aniqlashning negizida
qishloq xo'jalik ekinlari rivojlanishi uchun yerlaming ahamiyatliroq boTgan
tabiiy xususiyatlari (tuproq bonitirovkasi) va me'yoriy sof foydasi qiymatini
ko‘rsatuvchi sifatlari bo'yicha shu yerlaming solishtirma bahosi yotadi.
Bonitirovkalashda tuproqning quyidagi asosiy xususiyatlari va tabiiy sharoitlari
hisobga olinadi: tuproqning tipi, mexanik tarkibi, sug‘orib kelinayotganlik
muddati, termik resurslar bilan ta’minlanganligi, tuproq hosil qiluvchi jins, yer
osti suvining chiqib ketishi, sho'rlanish, erroziyalanish, tosh va gipslanish
darajalari. Eng yuqori baho 100 ball bilan eng yuqori mahsuldorlikka ega, eng
yaxshi tuproqlar baholanadi.
Tuproqning tabiiy unumdorligini, mahsuldorligini va uning qishloq
xo‘jaligida foydalanishga yaroqliligini hisobga ohb respublikamizdagi
sug'oriladigan yerlaming ball bonitetlari bo'yicha 10 ta klassi o'matilgan.
Bunda, 1-klassga 10 ballgacha, 2-klassga 11 balldan 20 ballgacha, 3-klassga 21
balldan 30 ballgacha, 4-klassga 31 balldan 40 ballgacha, 5-klassga 41 balldan
66
www.ziyouz.com kutubxonasi
50 ballgacha, 6-klassga 51 balldan 60 ballgacha, 7-klassga 61 balldan 70
ballgacha, 8-klassga 71 balldan 80 ballgacha,
9-klassga 81 balldan 90
ballgacha va 10-klassga 91 balldan 100 ballgacha b o ig an ball bonitetiga ega
sug'oriladigan qishloq xo'jalik yerlari kiradi.
Agronomiya nuqtai nazaridan bonitet ballari baholashning 100 ballik
shkalasi bo'yicha 1 ball bahoga qabul qilingan har bir gektardan olinadigan
hosildan kelib chiqib, aniq bir qishloq xo‘jalik ekini uchun kadastrli
hisoblangan hosildorlikda namoyon bo'ladi. Ball bonitetlari bo'yicha asosiy
qishloq xo‘jalik ekinlarining kadastrli hisoblangan hosildorligi 3.5-jadvalda
keltirilgan.
3.5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |