8.4. Qishloq xo‘jaligiga investitsiyaiarni jalb etish ko‘lamini va samara-
doriigini oshirish yo‘Ilari.
Agrar sohaga jalb qilingan investitsiyalar samaradorligini oshirish
qishloq infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab
chiqarish hajmi va aholi turmush farovonligini oshirish imkonini beradi.
Buning uchun agrar sohaga jalb qilinadigan investitsiyalami moliyalashtirish
mexanizmlarini takomillashtirish talab etiladi. Mamlakatimizdagi va chet ellik
iqtisodchi olimlar tomonidan agrar sohani investitsiyalash samaradorligini
oshirish masalalari tadqiq qilingan. Agrar sohadagi investitsiyalami
moliyalashtirish va kreditlash mexanizmining ayrim nazariy va amaliy jihatlari
iqtisodchi
olimlarimizdan
AAvliyaqulov,
A.Boymuratov,
A.Vahabov,
D.G‘ozibekov, S.Umarov, E.Shodmonovlarning ilmiy izlanishlarida tadqiq
qilingan. A.Vahobov ilmiy tadqiqotlariga asoslangan holda, agrar sohani
investitsiyalash jarayoni davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-quwatlanishi
shart degan xulosaga kelgan. E.Shodmonov esa, qishloq xo‘jaligi korxonalari
moliyaviy holatining beqarorligi, investitsion xarajatlami moliyalashtirish
manbalaridan foydalanish imkoniyatining cheklanganligi sharoitida lizing
asosida investitsiyalami moliyalashtirish amaliyotini kuchaytirish maqsadga
muvofiqligini asoslab bergan. Xorijlik iqtisodchi olimlardan A.Yemelyanov
agrar sohaga sarflangan investitsiyalar samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi
asosiy omil sifatida baholar o‘rtasidagi nomutanosiblikni ko‘rsatadi. Uning
fikriga ko‘ra, qishloq xo'jalik mahsulotlari baholarining o‘sish sur’ati agrar
soha ehtiyojlari uchun zamr bo'lgan resurslar baholarining o ‘sish sur’atidan
sezilarli
orqada qolayotganligi
investitsiyalash uchun
zarur bo‘lgan
mablag‘lami jamg‘arish imkonini bermayapti.
179
www.ziyouz.com kutubxonasi
Respublikamizdagi siyosiy-iqtisodiy barqarorlik qishloq xo‘jaligiga
investitsiyalar jalb etilishiga imkoniyat bermoqda. Uning rivojlanishini
ta’minlash maqsadida investitsion siyosatning huquqiy asoslari ham barpo
etilgan. Ulaming mavjudligi so'nggi yillarda tarmoqqa ma'lum miqdorda
investitsiyalar sarflanishini ta’minlamoqda.
So‘nggi
yillarda
respublika
iqtisodiyotiga
yo‘naltirilgan
investitsiyalaming 3-4 foizi qishloq xo‘jaligiga sarflangan. Bu mavjud
imkoniyatlarga nisbatan lcarn. Shuning uchun kelajakda bu investitsion holatni
qishloq xo‘jaligi foydasiga o‘zgartirish maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday
holatni xorijiy investitsiyalami jalb etish jarayonida ham kuzatish mumkin.
Chet el investitsiyalarini qishloq xo‘jaligiga jalb etish bo‘yicha ham holat talab
darajasida emas. Bu boradagi ishlami jonlantirish va shu orqali qishloq joylarda
zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan qayta ishlovchi korxonalar sonini
ko‘paytirish maqsadga muvofiqdir. Bu orqali nafaqat tayyor mahsulot ishlab
chiqarish hajmi ortadi, balki qishloq aholisini ish bilan ta'minlashga ham
erishiladi.
Investitsiyalami amalga oshirishda xo'jaliklaming o'zlari tomonidan
sarflangan mablag'lar ham muhim ahamiyatga ega. Ulaming mablagiari
hisobidan qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan investitsiyalaming 35-40 foizga
yaqini shakllantirilmoqda. Bu bozor iqtisodiyoti talabiga mosdir. Xo‘jaliklar
investitsiyalarni amalga oshirish uchun bank kreditlarini ham keng miqyosda
jalb etmoqda.
Davlat byudjetidan ham qishloq xo‘jaligini investitsiyalashga
mablag‘lar sarflanmoqda. Bunda “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”
davlat Dasturi, 2008-2012-yillarga moijallangan yerlaming meliorativ holatini
yaxshilash dasturi va boshqa shu kabi dasturlar shaklida byudjetdan m ablagiar
ajratilmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat ahamiyatiga molik boigan
yo'nalishlarni rivojlantirishda davlat byudjetidan ajratiladigan mablagiaming
ahamiyati katta. Masalan, respublikamizdagi jami sug'oriladigan yerlaming 49
foizga yaqini turli darajada sho‘rlangan. Kelajakda yerlaming holatini
yaxshilash uchun davlat byudjetidan investitsiyalar koiam ini kengaytirish
maqsadga muvofiqdir. Sarflanadigan investitsiyalar natijasida yerlaming
meliorativ holati yaxshilanib, suv bilan ta'minlanganlik darajasi yuksalmoqda,
ishlab chiqarishning mexanizatsiyalashtirilishi, kimyolashtirilishi tufayli ekinlar
hosildorligi oshmoqda. Natijada ekinlaming yalpi hosili ham ko‘paymoqda. Bu
hol qishloq xo'jaligi yalpi mahsuloti miqdori hamda qiymati oshishini
ta'minlamoqda. Bulaming hammasi qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan
investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi yuksalishini ta'minlamoqda.
Kelajakda qishloq xo'jaligining moddiy-texnika bazasini talab
darajasida barpo etish, mehnat resurslarining bilimlarini, malakalarini,
tajribalarini oshirish uchun investitsiyalar sarflashni izchil davom ettirish lozim.
180
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun, avvalo, davlat hamda mahalliy
byudjetlardan
ajratilayotgan
investitsion
mablag‘lami
o‘z
vaqtida
o‘zlashtirishga erishish kerak. Shu bilan birga tarmoq, koi-xonalar iqtisodiyotini
yuksaltirish orqali ulaming faoliyatini kelajakda investitsiyalash uchun ko‘proq
mablag' ajratilishini ta’minlashga alohida e'tibor berish maqsadga muvofiqdir.
Bunda korxonalar ixtiyoridagi fondlaming mablag'laridan ham oqilona
foydalanishga harakat qilish kerak. Chunki ular investitsiyalar ko'lamini
kengaytirishning real manbalari hisobanadi.
Qishloq xo‘jaligiga talabni qondiradigan darajada investitsiyalar
sarflanishini kelajakda ishonchli ta’minlash uchun investitsiyalami amalga
oshiruvchi yuridik hamda jismoniy shaxslar ko‘lamini kengaytirish talab
etiladi. Ular respublikamiz yoki chet davlatlardan bo'lishi mumkin, ulami
qishloq xo'jaligidagi investitsion jarayonga faolroq jalb etishga alohida e’tibor
berish lozim.
Ma'lumki, jahon andozalariga javob beradigan va dunyo bozorlarida
xaridorgir mahsulot ishlab chiqarish uchun xorijiy investitsiyalami, birinchi
navbatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalami jalb etish bo'yicha qulay shart-
sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalami amalga
oshirishda esa erkin iqtisodiy zonalar yetakchi o‘ringa ega. Zero, bunday erkin
iqtisodiy zonalarni tashkil etish innovatsion faoliyatni qo‘ llab-quwatlash, ilg'or
texnologiyalami joriy qilish, eksport faoliyatini kengaytirish uchun qulay
infratuzilma yaratish, transport va telekommunikatsiya inftatuzilmasini jadal
rivojlantirishda ham ayni muddaodir. Shu boisdan bugungi kunda dunyoning
aksariyat davlatlari, xususan Xitoy, AQSh, Fransiya, Janubiy Koreya, Meksika,
Vengriya, Bolgariya kabi mamlakatlarda hududiy-geografik va boshqa
qulayliklardan kelib chiqqan holda, erkin iqtisodiy zonalami tashkil etishga
alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgina o‘tgan asr 90-yillarining o'rtalarida
dunyoda 1200 ga yaqin erkin iqtisodiy zonalaming har xil turlari faoliyat
ko‘rsatgan. Chunki bunday erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan asosiy
maqsad - mintaqani jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun mamlakat va
chet el investitsiyasini, istiqbolli texnologiya hamda boshqamv tajribasini jalb
etish orqali uning sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport-tranzit va
ijtimoiy sohani rivojlantirish barobarida, zamonaviy bozor infratuzilmalarini
tashkil etishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 2-dekabrdagi
“Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish to‘g‘risida”gi
Farmoniga asosan, “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etildi.
Mazkur Farmonda erkin industrial-iqtisodiy zonada xo‘jalik yurituvchilarga
tatbiq qilinadigan alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, 0 ‘zbekiston
Respublikasi hududiga norezident fuqarolaming kirishi, hududda bo‘lishi va
chiqib ketishining, shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatining amalga
181
www.ziyouz.com kutubxonasi
oshirilishi uchun ruxsatnomalar olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilishi
nazarda tutilgan. Ushbu erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko‘rsatish
muddati 30 yilni tashkil etadi va bu muddat keyinchalik uzaytirilishi mumkin.
Bundan tashqari, erkin industrial-iqtisodiy zonada ro'yxatdan o‘tgan xo'jalik
yurituvchi subyektlar ularga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar hajmiga
qarab soliq bo'yicha va boshqa imtiyozlarga ega.
Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish va ular
faoliyatiga doir munosabatlar esa 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin
iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga
solinadi. Ushbu qonunga 2009-yil 23-sentabrda ayrim o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritilgan. Mazkur qonunning “Erkin iqtisodiy zonani tuzish”
deb nomlangan 3-moddasida erkin iqtisodiy zona 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan tashkil etilishi, erkin iqtisodiy zonaning maqomi,
shuningdek, uning qancha muddatga tashkil etilishi mazkur hujjat bilan
belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning chegaralari 0 ‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanishi, erkin iqtisodiy zonaning faoliyat
ko'rsatish muddatini uzaytirish belgilangan muddat tugashidan kamida 3 yil
oldin 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshirilishi
ko'rsatib o‘tilgan. 4-moddaga binoan esa, erkin iqtisodiy zonaning maqomi uni
tashkil etish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddat tugaganda hamda unda
nazarda tutilgan maqsad va vazifalar bajarilmaganda tugatilishi belgilangan.
Ushbu
qonunning
6-moddasiga
muvofiq,
erkin
iqtisodiy
zonalar
mamlakatimizda erkin savdo zonalari, erkin ishlab chiqarish zonalari, erkin
ilmiy-texnikaviy va boshqa zonalar tarzida tuziladi. Qonunning 7-moddasiga
ko‘ra, erkin ishlab chiqarish zonalari - tadbirkorlikni rag'batlantirish,
iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb etish, istiqbolli
texnologiyalami jalb etish maqsadida xo'jalik-moliyaviy faoliyatning alohida
tartiboti joriy etiladigan hududlar bo‘lib, u o‘z ichiga eksportga moijallangan
ishlab chiqarish zonalarini, agropolislami, tadbirkorlik zonalarini va boshqa
erkin zonalami qamrab oladi. Albatta, erkin ishlab chiqarish zonalarida
iqtisodiyotning ustun tarmoqlariga chet el investitsiyalarini jalb qilish orqali
istiqbolli texnologiyalar joriy etiladi, pirovardida mahalliy xomashyolar asosida
eksportbop mahsulotlar ishlab chiqariladi. Erkin iqtisodiy zonaning mazkur turi
bugungi kunda Osiyoning 20 ga yaqin davlatida, Lotin Amerikasidagi aksariyat
davlatlarda, shuningdek, Vengriya, Ruminiya, Buyuk Britaniya va AQShda
uchraydi.
Mazkur Farmonga asosan erkin iqtisodiy zona mamlakatimizda ilk
marotaba industrial-iqtisodiy zona ko‘rinishida tashkil etildi. Eng muhimi,
uning hududidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi
- zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik
liniyalar hamda modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga
182
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuqori texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlami keng
ko‘lamda ishlab chiqarishdan iborat etib belgilangan. Shu boisdan qonunning
7-moddasida erkin industrial-iqtisodiy zona ham erkin ishlab chiqarish zonalar
turlaridan biri sifatida nazarda tutildi. Qonunning “Erkin iqtisodiy zonaning
boshqamv organlari” deb nomlanadigan 20-moddasida bu hudud faoliyati erkin
iqtisodiy zonaning ma'muriy kengashi tomonidan muvofiqlashtirilishi hamda
zona direksiyasi erkin iqtisodiy hududning operativ boshqamv organi ekanligi
ko'rsatib o'tilgan. “Erkin iqtisodiy zonaning ma'muriy kengashi” nomli 21-
moddasida esa ma’muriy kengash 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan tuzilishi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yilgan.
Ma'muriy kengashning vakolatlari qatoriga erkin iqtisodiy zonada joylashtirish
uchun investorlar tanlovini amalga oshirish ham kiritilgan.
Investitsiyalami
amalga
oshirishda
banklarning
ko‘lamini
kengaytirishga erishish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun zarur barcha
huquqiy, iqtisodiy shart-sharoitlar yaratib berilgan. Shu bilan birga qishloq
xo'jaligi korxonalari tomonidan tuziladigan turli birlashmalar, jumladan
agrofirmalar,
kredit
uyushmalari
va
boshqa
shu
kabilaming
ham
imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Chunki, bir nechta
fermer xo‘jaliklari birikib agrofirma tashkil etishi ulaming investitsion
imkoniyatlarini kengaytiradi.
Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligini investitsiyalash jarayoniga turli
xildagi banklaming, investitsiya, lizing va sug‘urta kompaniyalarining, ishlab
chiqarish konsemlarining, savdo va boshqa korxona hamda tashkilotlaming
mablag'larini jalb etish lozim. Buning uchun ularga davlat hamda qishloq
xo‘jaligi tomonidan ma’lum darajada iqtisodiy imtiyozlar yaratilishi zarur.
Shundagina ular o‘z mablag‘larini qishloq xo‘jaligigayo‘naltirishi mumkin.
Qishloq xo'jaligiga xorijiy investitsiyalami jalb qilishda quyidagilarga
e’tibor berish lozim:
- qishloq hududlarida investitsiya infratuzilmasini rivojlantirish - avtomobil
va temir yo'llari, uzluksiz elektr, gaz va suv ta'minoti, sifatli aloqa xizmati,
banklar, sug‘urta kompaniyalari va boshqa shu kabilar faoliyatini rivojlantirish
va investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ulaming ishtirokini samarali
yo‘lga qo'yish;
- qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarning biznes ko‘nikmalari,
shu jumladan, investitsiya loyihalari bilan ishlash tajribasini shakllantirish va
huquqiy bilimlarini oshirish - hududlarda konsalting, marketing va yuridik
xizmat ko‘rsatuvchi markazlar tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish;
- qishloq xo‘jaligida investitsiya takliflari va loyihalarining texnik-iqtisodiy
asoslarini sifatli ishlab chiqishga e'tibor berish - tadbirkorlarga investitsiya
loyihalarini ishlab chiqishda tijorat banklari, hududlardagi savdo-sanoat
183
www.ziyouz.com kutubxonasi
palatasi va boshqalar tomonidan amaliy yordam ko'rsatilishini mahalliy
hokimliklar tomonidan tashkil etish va doimiy nazoratga olish;
- xorijiy investorlami mamlakatimiz qishloq xo'jaligi to‘g‘risida
batafsil ma'lumotlar bilan ta'minlashni tashkil etish - xorijiy investorlami
to‘laqonli ravishda axborot (investitsiya loyihalari va biznes takliflar bazasi,
turli bukletlar, hududiy matbuot nashrlari, xomashyo va mehnat salohiyati
to‘g‘risidagi hamda yaratilgan imkoniyatlar haqidagi ma'lumotlar) bilan
ta'minlash,
maxsus veb-portal tashkil etish, shuningdek, investitsiya
faoliyatiga oid konferensiyalar, seminarlar va respublika hududida hamda
xorijiy mamlakatlarda taqdimotlar o‘tkazish.
Barcha manbalardan shakllanayotgan investitsiya mablag‘larini
qishloq xo‘jaligida quyidagilarga sarflash maqsadga muvofiqdir:
■
foydalanilayotgan yerlaming unumdorligi yuksalishini ta’minlaydigan
tadbirlar majmuasini bajarishga;
»
yangi yerlami kompleks o‘zlashtirishga;
»
tarmoqda fan va samarali texnologiyalami rivojlantirishga;
■
irrigatsiya, melioratsiya inshootlarini qurishga, mavjudlarining ishga
yaroqliligini ta'minlash maqsadida ta’mirlashga;
»
sug‘orishning zamonaviy, tejamkor usullarini joriy etishga;
»
yangi, samarali traktorlami, mashinalami, kombaynlami sotib olish va
mavjudlarini ta'mirlashga;
■
ishlab
chiqarish
bino-inshootlarini
qurishga,
mavjudlarini
ta'mirlashga;
»
ko‘p yillik daraxtzorlar, bog‘zor, tokzorlar yaratishga;
■
mahsuldor chorva hayvonlarini talab darajasida ko'paytirishga;
»
tarmoqni barcha ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash, ishlab
chiqarishni
kompleks mexanizatsiyalashtirish, kimyolashtirishni hamda
elektrlashtirishni ta’minlashga;
■
mehnat resurslarining bilimini, malakasini yuksaltirishga;
■
ijtimoiy sohalami rivojlantirish va boshqa shu kabilarga.
Barcha yo'nalishlar bo‘yicha qishloq xo‘jaligiga sarflanayotgan
investitsiyalaming maqsadga muvofiq yo‘naltirilishi ta'minlanishi kerak.
Shunda yalpi investitsiyalar sof investitsiyaga aylanadi. Ya'ni foydalanish
mumkin boigan ishlab chiqarish resurslari ko‘payadi. Ulardan oqilona,
samarali foydalanish natijasida qishloq xo‘jaligining yalpi mahsuloti, yalpi va
sof daromadi ortadi. Bu investitsiyalaming iqtisodiy samaradorligi yuksahshini
ta’minlaydi.
184
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qisqacha xulosalar
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish fondlari uchun sarflangan
mablag‘lar investitsiya deyiladi. Ma’lum belgilariga qarab investitsiyalar
turlarga ajratiladi.
Qishloq xo'jaligini ishlab chiqarish resurslari bilan talab darajasida
ta'minlash, ularni takror ishlab chiqarish uchun investitsiyalar jalb etilmoqda.
Investitsiyalar
tufayli
tarmoqda
fan-texnika
taraqqiyoti
jadallashmoqda, uning yutuqlaridan foydalanish jarayoni rivojlantirilib, ilg‘or
texnologiyalar joriy etilmoqda. Investitsiyalar korxonalaming o‘z mablagiari
hamda chetdan jalb etilayotgan m ablagiar evaziga amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligiga jalb etilayotgan m ablagiar summasi
ortib bormoqda.
Investitsiyalardan
foydalanishning
mutlaq
hamda qiyosiy
samaradorligini tarmoq, korxona va yo'nalishlar bo'yicha aniqlash maqsadida
muayyan ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish lozim.
Qishloq xo‘jaligiga jalb etilayotgan investitsiyalar miqdori, iqtisodiy
samaradorligi mavjud imkoniyatlar darajasida emas. Kelajakda investitsiyalarni
talab darajasida jalb etish va ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini
oshirish
uchun
investitsiyalar
manbalarini
kengaytirishga
erishish,
investitsiyalar jalb etishda zarur infratuzilmani rivojlantirish, xorijiy
investitsiyalami keng jalb etish, investitsiyalardan maqsadga muvofiq, samarali
foydalanishga erishish kerak.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Investitsiya deganda nimani tushunasiz?
2. Investitsiyaning kapital qo‘yilmadan qanday farqi bor?
3. Yalpi va sof investitsiya nima? Ular bir-biridan qaysi jihatlariga ko‘ra
farqlanadi?
4. Investitsiyalar qanday turkumlashtiriladi?
5. Investitsiyalaming qanday manbalari mavjud?
6. Investitsiyalar qanday maqsadlarga sarflanadi?
7. Investitsiyalaming tarmoq va xo'jalik miqyosidagi mutlaq iqtisodiy
samaradorligi qanday ko'rsatkichlaryordamida aniqlanadi?
8. Investitsiyalami joriy etishda erkin iqtisodiy zonalaming qanday ahamiyati
bor?
9. Investitsion muhit nima?
10. Investitsiyalami qanday maqsadlarga yo‘naltirish maqsadga muvofiq?
11. Qishloq xo'jaligiga investitsiyalami jalb etishning qanday yo'nalishlari
mavjud?
185
www.ziyouz.com kutubxonasi
12.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida investitsiyalarni yanada
kengroq jalb etish uchun qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?
Do'stlaringiz bilan baham: |