281
www.ziyouz.com kutubxonasi
14.3.
Jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
sharoitida
chorvachilik
tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar.
2008-yil 28-noyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quvvatlash, ularning
barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari
dasturi to‘g‘risida»gi PF-4058-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga
muvofiq iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoilab-quvvatlash, ulaming
barqaror ishlashini taininlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari
dasturi
ishlab
chiqilgan.
Mazkur
dastuming
ikkinchi
qismida
mamlakatimizning tovar ishlab chiqaruvchilari va xizmat ko'rsatuvchilari
mahsulotiga ichki talabni noinflyatsiyaviy rag‘batlantirish bo‘yicha choralar
belgilab berilgan.
Unda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni
kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralarga bag‘ishlangan alohida punkt
bo‘lib, quyidagi tadbirlami amalga oshirish nazarda tutilgan:
- 2009-yilda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini joylashtirishni
optimallashtirish va samaradorligini oshirish hisobidan qishloq xo'jaligi
mahsulotlari yetishtirishni kengaytirish: go‘sht yetishtirishni - 6,0 foizga, sut
yetishtirishni - 6,5 foizga, tuxum yetishtirishni - 8,0 foizga;
-
2009-yilda
naslchilik
ishlarini,
zooveterinariya
tarmog‘ini
kengaytirish va parrandachilik rivojini jadallashtirish hisobiga yirik qoramol
sonini 5,6 foizga va parrandalarni 7,5 foizga ko'paytirish.
Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Inqirozga qarshi
choralar dasturida chorvachilikni rivojlantirish masalasiga ham alohida e'tibor
berilgan. Jumladan, oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni
kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda 2012-yilning
1-yanvarigacha go'sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va
kichik korxonalar uchun bo'shagan mablag‘larni ishlab chiqarishni texnik qayta
jihozlash va modemizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo'naltirish sharti bilan
yagona soliq to‘lovi slavkasi 50 foizga qisqartirildi.
Bundan tashqari ”Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat
dasturida ham chorvachilikni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu
dasturda 2009-yil mobaynida quyidagi ishlami amalga oshirish nazarda tutilgan
edi:
- barcha mintaqalarda ilg‘or xorijiy texnologiyalami joriy etgan holda
meva-sabzavot va chorvachilik mahsulotlarini saqlash, chuqur qayta ishlash va
idishlarga joylash bo‘yicha korxonalar tashkil etish (8 ta yangi korxona tashkil
etish va 12 ta mavjud korxonani modemizatsiya qilish);
- yetakchi xorijiy kompaniyalar - minitexnologiyalar va ixcham asbob-
uskunalar ishlab chiqaruvchilami jalb etgan holda minitexnologiyalar va
282
www.ziyouz.com kutubxonasi
ixcham asbob-uskunalar bo‘yicba doimiy ishlaydigan ko‘rgazma-savdolar va
yarmarkalar tashkil etish;
- chorvachilikda, parrandachilikda va issiqxona xo‘jaligida 35 mingta,
qishloq xo‘jaligi va go‘sht-sut mahsulotlarini qayta ishlashda 8 mingta yangi
ish o‘rinlarini yaratish.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi
“Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini
ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-sonli
qarori bo‘yicha chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxsiy yordamchi, dehqon
va fenner xo‘jaliklariga quyidagi imtiyozlar berish nazarda tutilgan:
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklariga qoramol sotib
olish uchun imtiyozli mikrokreditlar berish;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarini omuxta yem va
shirali ozuqa bilan ta'minlash;
- 2006-2010-yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer
xo'jaliklarida
chorva
mollari,
birinchi
navbatda
qoramollar
sonini
ko'paytirishni rag‘batlantirish;
- chorvachilik bilan shug‘ullanadigan shaxsiy yordamchi, dehqon va
fermer xo‘jaliklaridagi fuqarolaming mehnat davri ish stajiga kiritilishi, ularga
nafaqa va ijtimoiy sug'urta to'lovlari to'lash va mehnat daftarchalarini yuritish;
- 2010-yilgacha naslchilik xo‘jaliklarini naslli mol uchun bojxona
to‘lovlaridan, zooveterinariya xizmati va sun'iy qochirish punkdarini yagona
soliq to'lovlaridan ozod etish.
Ushbu qarorga asosan, “0 ‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi
tizimida hozirgi vaqtda 494 ta omuxta yem sotish shoxobchasi ishlab turibdi.
Ular tomonidan chorva mollari uchun ozuqa arzon narxlarda yetkazib
berilmoqda.
Jamiyatning ekologik jihatdan toza mahsulotlarga boigan talabi o‘sib
bormoqda. Ammo bu boradagi talab hozirgi davrda to iiq qondirilgani yo‘q.
Muammoni hal etish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlami
amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy islohotlami yanada
chuqurlashtirish kerak. Bu jarayonni bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga
oshirish mumkin.
Masalan,
respublika
hududlarining,
xo'jaliklarning
yo‘nalishlarini e’tiborga olgan holda chorvachilik tarmoqlarini maqsadga
muvofiq joylashtirib, ulami ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga
e'tibor berish lozim.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng aholi farovonligini
ta'minlashning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan xalq iste'm oli tovarlarini ishlab
chiqarishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ayniqsa, aholini oziq-ovqat
tovarlari bilan ta'minlashda chorvachilik tarmog‘ining rivojlanishi muhim
omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
283
www.ziyouz.com kutubxonasi
Hozirgi kunda mamlakatimizda chorvachilik sohasini rivojlantirish
asosan uch yo'nalishda amalga oshirilmoqda (14.1-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |