Tabiati. Tuman hududi Zarafshon togʻ tizmalarining davomi boʻlgan Chaqilikalon va Qoratepa togʻlarining yon bagʻirlarida, oʻrtacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, jan. va gʻarbiy qismlari pastbaland tekislik boʻlib, bir kancha soyliklar bor. - Tabiati. Tuman hududi Zarafshon togʻ tizmalarining davomi boʻlgan Chaqilikalon va Qoratepa togʻlarining yon bagʻirlarida, oʻrtacha 1000 m balandlikda joylashgan. Sharqiy, jan. va gʻarbiy qismlari pastbaland tekislik boʻlib, bir kancha soyliklar bor.
Togʻ yon bagʻirlari slanets va ohaktosh qoyalaridan iborat, dare vodiylari tor, chuqur, qirgʻoqlari tik. Adirlar gʻovak va boʻsh choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Adirlardagi soylarning vodiylari keng . Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda torlar (Kiyev tri va b.) bor. Chaqilikalon va Krratepa togʻlari orasidagi Taxtaqoracha dovoni (1675 m) orqali Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi. Urgut kuchli seysmik xududlardan biri boʻlib, 7 balli zonaga kiradi. Omonqoʻton yaqinida va Chaqilikalonda marmar, ohaktosh, marganets, mis, volfram va b. foydali qazilmalar bor.. - Togʻ yon bagʻirlari slanets va ohaktosh qoyalaridan iborat, dare vodiylari tor, chuqur, qirgʻoqlari tik. Adirlar gʻovak va boʻsh choʻkindi jinslardan tashkil topgan. Adirlardagi soylarning vodiylari keng . Ohaktosh jinslaridan tuzilgan joylarda torlar (Kiyev tri va b.) bor. Chaqilikalon va Krratepa togʻlari orasidagi Taxtaqoracha dovoni (1675 m) orqali Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi. Urgut kuchli seysmik xududlardan biri boʻlib, 7 balli zonaga kiradi. Omonqoʻton yaqinida va Chaqilikalonda marmar, ohaktosh, marganets, mis, volfram va b. foydali qazilmalar bor..
- Oqqoʻrgʻon, Gʻijduvonsoy, Gʻussoy, Urgutsoy, Kamongaronsoy, Qoratepasoy, shuningdek, Dargʻom, Yangiariq, Yangi Urgut, Yangi Qozonariq va b. kanallar bor. Tuproklari, asosan, boʻz tuproq. Qum, shagʻal, qoʻngʻir, kashtan tuproqlar ham uchraydi. Tabiiy oʻsimliklardan qayragʻoch, tol, qaragʻay, togʻ zarangi, pista, archa, achchiq bodom, bodom, doʻlana, naʼmatak, rovoch, togʻ piyozi, zira va b. oʻsadi.
- Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, ukrain, tatar, yahudiy, ozarbayjon va b. millat vakillari ham yashaydi. Aqolining oʻrtacha zichligi 1 km² ga 300 " kishi (2002).
- Xoʻjaligi ning yetakchi tarmoqlarini q.x. mahsulotlarini qayta ishlash, qurilish va mahalliy sanoat tarmoqlari tashkil etadi.
- Tumandagi 800 dan ziyod korxonaning 52 tasi oʻrta, 261 tasi kichik, 506 tasi mikrofirmalar. Marmarni qayta ishlash, gʻisht, shlakbeton plitalar i.ch., tamaki fermentatsiyasi, meva, goʻsht, sutni qayta ishlash, non pishirish, qandolatchilik, har xil yaxna ichimliklar i.ch. korxonalari bor. Avtomobil, muzlatkich, televizor va radioapparaturalarni taʼmirlash korxonalari ishlab turibdi. U.t.da hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Hunarmandchilik bilan 3500 dan ziyod kishi shugullanadi.
- Tuman q.x. tamaki, gʻalla, sabzavot, kartoshka, meva, uzum hamda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillarda tuman uchun Pastdargʻom tumanida ajratilgan yerda paxta xam ekilmokda. Tumandagi asosiy texnika ekini — tamaki. U.t. yer fondi 112 ming ga ni tashkil etadi. 9 ming ga yerga tamaki, 14,8 ming ga yerga don ekinlari, 1,2 ming ga yerga kartoshka, 145 ga yerga sabzavot va poliz ekinlari, 2907 ga yerga yemxashak ekinlari ekiladi. 1,4 ming ga yer bog va tokzor bilan band, 46,8 ming ga yer yaylov.
Do'stlaringiz bilan baham: |