Urgʻochi sutemizuvchi



Download 0,69 Mb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#767977
1   2
Bog'liq
Sut

Sut sanoati — sutdan turli sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan oziqovqat sanoati tarmogʻi. Sut sanoati tarkibiga sariyogʻ, sut, qatiq, qaymoq, smetana, quruq sut, sut konservalari, pishloq (sir), tvorog, brinza, muzqaymoq, kazein va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Oʻzbekistonda 20-asrning 20y.lari oxirlariga qadar sutdan xonaki usullarda qaymoq, qatiq, ayron, suzma, qagʻanoq, pishloq, qurt kabi mahsulotlar, qatiqni kuvda pishib sariyogʻ tayyorlangan.
Oʻzbekistonda birinchi sut zavodi 1928-yilda Toshkent shahrida ishga tushirilgan. 1940y.ga kelib respublikaning yirik shaharlarida qurilgan 13 ta sut zavodi ishladi (ularda 30,4 ming t sut qayta ishlangan va asosan yogi olinmagan sutqatiq mahsulotlari, sariyogʻ ishlab chiqarilgan). 50y.lar oxiriga kelib sut zavodlari soni 25 taga yetdi (293 ta sut qabul kilish punktlari tashkil etildi), ularning 21 tasida bugʻxonalar kurildi. 1960—70 yillarda Termiz (1961), Andijon (1962), Urganch (1964), Navoiy (1965), Gʻazalkent (1966), Namangan (1966), Xoʻjayli (1968), Jizzax (1969) sh.larida zamonaviy sut zavodlari ishga tushirildi. 1974-yilda Toshkentda bir smenada 150 t sut va sut mahsulotlari ishlab chiqaradigan sut k-ti foydalanishga topshirildi. 1975—85 yillarda bir kechakunduzda 50—30 t sutni kayta ishlaydigan Fargʻona, Qoʻqon, Angren, Olmaliq, Guliston, Jizzax, Kattaqoʻrgʻon, Chirchiq sh.larida sut ktlari ishga tushirildi.
Sut zavodlari smetana, qaymoq, pishloq kdsoklash va sutni butilkalarga quyish avtomat liniyalari bilan jihozlandi, 156 separator boʻlimlari qurildi.

Isroildagi zavod
Sut sanoati korxonalarida kichik yoshdagi bolalar uchun sut mahsulotlari, buzoklarni boqish uchun sunʼiy sut ishlab chiqarish. yoʻlga qoʻyildi. 1990-yilga kelib Oʻzbekiston Seda 684,1 ming t yogʻi olinmagan sut va sut mahsulotlari, 15,9 ming t sariyogʻ, 2,1 ming t qattiq va yumshoq pishloq, 20,7 ming t yogeiz sut mahsulotlari, 8,2 ming t muzqaymoq ishlab chiqariddi.
90y.lardan boshlab Sut sanoati korxonalarini texnik jihatdan qayta qurollantirish, xorijiy texnologiyalar,1 qadoqlash avtomatlari bilan jixrzlash amatga oshirildi, chet el firmalari bilan hamkorlikda kaymoq, kazein, yogurt kabi mahsulotlar ishlab chiqaradigan, quvvati 10 tGʻsutka boʻlgan 15 mini zavodlar barpo etildi, qoʻshma korxonalar kurildi. "Buxorosut", "Fargʻonasut" aksiyadorlik jamiyatlari Oʻzbekiston—Britaniya qoʻshma korxonasi, "Bravosut" (Samarqand sh.), Oʻzbekiston — "Nestle" (Namangan sh.), Toshkent shahrida "Vimm Bill Dann — Markaziy Osiyo" (Rossiya — Oʻzbekiston) qoʻshma korxonalari shular jumlasidandir.
1993-yilda Respublika goʻsht va sut sanoati vazirligi, qoramollarni boʻrdoqiga boqish birlashmalari negizida "Oʻzgoʻshtsutsanoat" birlashmasi tashkil etildi.
Respublikadagi barcha toifadagi xoʻjaliklarda 4,03 mln. t sut ishlab chikarildi (uning 96% dehqon xoʻjaliklarida yetishtirildi), 790 t sariyogʻ, 6,3 ming t sut va sut mahsulotlari, 2715 t muzkaymoq tayyorlandi (2003). 2003-yil dekabrdan toʻliq xususiylashtirilgan Sut sanoati korxonalarini birlashtiradigan "Oʻzgoʻshtsutsanoat" uyushmasi tarkibida 40 dan ortiq sutni qayta ishlash korxonalari ishlaydi. Ularning ishlab chiqarish. kuvvatlari bir smenada 1067,7 t sutni kayta ishlash, 25 t sariyogʻ, 11,8 t sir, 20,8 t muzqaymoq, 15 t yogʻi olingan quruq sut va boshqalarni tashkil etadi (2004). Sut sanoati korxonalari zamonaviy pasterlash, sterilizatsiyalash, sovutish, bugʻlash, mahsulotni qadoqlash uskunalari bilan jihozlangan, avtorefrijiratorlar, sut va boshqa mahsulotlarni tashiydigan avtomobillarga ega
Tvorog (ruscha: тво́рог) — sutni sut achitqi bakteriyalar bilan ivitib, zardobini ajratib tayyorlanadigan mahsulot. Qaymogi olingan yoki olinmagan sutdan tayyorlanishga qarab yogʻli (18%), kamyogʻ (9%) va yogʻsiz boʻladi. Qabul qilingan standartga koʻra yogʻli T. tarkibida koʻpi bilan 65% suv, 11% oqsil, 2,4% sut qandi boʻladi, 100 g kaloriyasi 230 kkal (960 kj)ga teng, 1 kg bunday T. uchun yogʻliligi 3,0—3,5% boʻlgan 5,9—6,9 kg sut sarflanadi. T.da sut tarkibidagi foydali moddalar saklanadi. T. oqsilida inson hayoti uchun zarur barcha aminokislotalar bor.
T. ni uy sharoitida tayyorlash uchun 3—4 l qaynatilgan iliq sutga 1 stakan qatiq qoʻshib aralashtirib kastryulkaga solinadi (baʼzan pepsin yoki kaltsiy glyukonat tuzidan foydalaniladi). Hosil boʻlgan quyqa boʻlaklanadi va kastryulkani suvli togʻoraga solib past alangada isitiladi (qaynab ketmasligi kerak). Quyqa bir xil isishi, zardobi ajralib chiqishi uchun aralashtirib turiladi. Boʻlaklar yuzaga qalqib chiqqach, elak yoki gʻalvir ustiga ikki qavat toza doka solib suziladi. Zardob toza oqib tushgach, sovitiladi va dokaga siqib oʻrab ustiga taxta qoʻyib, yuk bostirib qoʻyiladi.
Qaymoq — sut mahsuloti. Sut separatori ixtiro qilinguncha sutni 10— 12 soat davomida past haroratda maxsus idishlar (mas, Oʻzbekistonda sopol tovoq)da tindirib olingan. Tarkibida yogʻliligiga qarab 59,6—81,8% suv, 2,4—3,4% oqsil, 2,7—4,2% laktoza, 0,3—0,6% mineral moddalar bor. Sut zdlarida bevosita isteʼmol qilishga moʻljallangan, yogʻliligi 10%, 20% va 35% boʻlgan Q. ishlab chiqariladi. 10% li Q. 78—80° da, 20% va 35% lisi 85—87° da (15—30 sek. davomida) pasterlanadi, soʻngra darhol maxsus sovitish vannalarida 4—6° ga qadar sovitiladi, shisha idishlar yoki qogʻoz paketlarga quyiladi. Oddiy Q.dan tashqari quyultirilgan va quruq Q.lar ham ishlab chiqariladi. Q.ning oʻzi isteʼmol qilinadi, ichimlik va taomlarga qoʻshiladi. Q.ning asosiy qismi sanoatda sariyogʻ, smetana olish uchun qayta ishlanadi, muzqaymoq tayyorlanadi.
Tabiiy sut asosan 87 foiz suv, 4 foiz sut yog'i va 9 foiz yog'siz qattiq moddalardan iborat. Sutning yog'li tarkibi sog'iladigan hayvonning zoti va parheziga qarab juda xilma-xil bo'lishi mumkin. Yog'siz qattiq birikma hayvonning ovqatlanishiga qarab ham har xil bo'lishi mumkin. Sut yog'i suyuq sutdan qaymoq shaklida ajratiladi. Ushbu ajratish fermer xo'jaliklariga yoki zavodga beriladi. Sut yog'ini iste'mol qilishning asosiy shakllari - sariyog ', yangi yoki qaymoq va muzqaymoq. Ajratilgandan keyin yog'sizlangan sut, ya'ni qaymoq chiqarilgandan keyin qolgan qoldiq yosh qoramol va parrandalar uchun ozuqa sifatida ishlatiladi. Yog'sizlangan quruq sut tobora muhim foydalanishni topdi. To'g'ridan-to'g'ri iste'mol qilishdan tashqari, unda non va qandolat mahsulotlari kabi ko'plab qayta ishlanadigan oziq-ovqat mahsulotlari mavjud.

Tabiiy yangi sut juda tez buziladi va oson ifloslanadi. Bu bakteriyalarni ko'payishi uchun juda mos muhit. Tabiiy sutni ishlab chiqarish, tozalash va tarqatish keng miqyosda nazorat qilinadi, chunki u ifloslanishga juda moyil. Ayni paytda asosiy tabiiy sut mahsulotlari sariyog ', pishloq, qaymoq, yogurt, kazein (sut tarkibidagi oqsil moddasi) va muzqaymoq hisoblanadi.
Sut buzilib ketmasligi va kasallik qo'zg'atadigan organizmlarning ifloslanishini oldini olish uchun sut ko'pincha issiqlik bilan ishlov berish (pasterizatsiya), homogenizatsiya yoki ultra-issiqlik bilan ishlov berish (UHT) ta'siriga uchraydi. Biroq, bu jarayonlardan o'tgan sut tabiiyligini yo'qotdi.
Tashkilotimiz tabiiy mahsulotlar doirasida tabiiy sut va sut mahsulotlarini sinovdan o'tkazish bo'yicha xizmatlarni ham taqdim etadi. Ushbu testlar yordamida korxonalar yanada malakali, samarali va U inson salomatligini himoya qilish va kelajak avlod uchun yashash uchun qulay muhit qoldirish vazifalarini ishlab chiqaradi va bajaradi.
Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish