sud-huquq tizimini huquqiy davlatni shakllantirishning zarur tarkibiy qismi sifatida chuqur isloh etish va erkinlashtirish bo‘yicha boshlagan ishlarning ta’siri va samarasini kuchaytirish, sud tizimi mustaqilligini ta’minlash; "Adolat – qonun ustuvorligida" degan tamoyilni amaliy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni zamon talablari darajasiga ko‘tarish yo‘lida yangi, amaliy qadamlar qo‘yish; tashqi siyosat sohasida boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, dunyo mamlakatlari bilan teng huquqli asosda sherikchilik qilish, yuzaga keladigan har qanday mojaro va muammoni faqat tinch yo‘l bilan, siyosiy va huquqiy vositalar orqali hal etish, uzoq va yaqin qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik va totuvlikda yashash tamoyiliga qat’iy amal qilish;
Do'stlaringiz bilan baham: |