Ikkinchi masala buyicha Viloyat sog‘lomlashtirish markazi bilan hamkorlikda aholi o‘rtasida “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish” masalalariga keng e’tibor berish borasida bugungi kunimizning ustivor vazifasi ekanligini ta’kidlab kun tartibidagi masalalar bo‘yicha so‘zni G.Buranovaga berdi.G.Buranovao‘z ma’ruzasida yig‘ilganlarga shu ma’lumotlarni etkazdi. Ma’lumki, ushbu savol eng ogir, murakkab ijtimoiy, iktisodiy, siyosiy, asosiy masalalardan xisoblanadi.
CHunki u o‘z ichiga eng muxim quyidagi masalalarni oladi:
1. Kasallarni va u bilan zararlanganlarni (virus tashuvchilarni) davolash xamda boqish.
2. Diagnostik va davolash uchun lozim bulgan dorilarni - preparatlarni, vaksinalarni bunyod etish.
3. Fundamental (chuqur) ilmiy-izlanish ishlarini olib borish va boshqalar, qaysiki xozirgi kunda bir necha milliard bo‘lsa, ertaga bir necha o‘nlab-yuzlab milliard dollarni talab qilinishi.
4. SPID masalasi nafaqat vrachlar va Sog‘liqni saqlash xodimlarining, boshqa bir qancha mutaxassisliklardagi olimlarning ishi bo‘libgina qolmay, davlat arboblari, iqtisodchilar, yuristlar, sotsiologlar hamda ko‘pchilikning ham zimmasidagi yuk bo‘lib qolmoqda.
VICH virusining tarqalishida jinsiy aloqa yo‘lidan boshqa, zararlangan qondan quyish, ignalarning zararlanishi hamda vertikal bo‘yicha - onadan bolaga yuqish yo‘llarining ahamiyati ham katta deb qaraladi.
Qator Afrika mamlakatlarida olib borilgan epidemiologik izlanishlar ko‘rsatdiki, VICH virusining tarqalishi prostitutkalar orasida juda yuqori (80-90%) ekanligi aniqlangan; 30% ularning mijozlari - xaridorlari, 30% venerologik bo‘limlarga qatnaydiganlarga, 10% o‘zida virus tutuvchi xomiladorlar orqali o‘tishligi aniqlangan va shunday qilib, VICH virusi asosan Markaziy Afrikadan butun kontinentga tarqala boshlagan va bemorlar ichida o‘lim sodir bo‘lishlik yo‘llari ham borgan sari ko‘paya borgan, tezlashgan. SHuning uchun ham SPID tarqalishini oldini olishlik bugungi kunda biz tibbiyot hodimlarining va barchamizning burchimizdir.
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, dastavval yoshlarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, inson salomatligini yaxshilashga qaratilgan faol harakatligini yig‘ilganlarga takror va yana takror ta’kidladi.
Sog‘lom turmush tarzi yo‘nalishlariga:
Kun tartibini oqilona targ‘ib qilish
SHaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish
Sog‘lom ovqatlanish
Jismoniy faollik bilan shug‘ullavnish
Atrof muhitni muhofaza qilish
Ruhiy salomatlikni asrash
Zararli odatlardan voz kechish
Tibbiy madaniyatni oshirish vazifalari asosiyligini bildirib o‘tdi.
Yig‘ilish so‘ngida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha yig‘ilganlarning fikrlari tinglandi. Savol javob va munozara jarayonlari bo‘lib o‘tdi.Multimedia kuyib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |