Urganch shahar 18-sonli maktabning matematika fani amaliyotchisi Tajiboyeva Shaydoning matematika fanidan o’tkazgan ochiq darsi.
Bayonnomasi.
Urganch shahar , 2021-yil 1-noyabr
Qatnashdilar:
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Abdullayeva S
Amaliyotchi rahbar : Qalandarova N
Fan o’qituvchisi : O’rinova Sh
Kun tartibi.
Matematika fani o’qituvchisi Tajiboyeva Shaydoning ochiq dars mavzusi “ Sonning darajalari ” bo’yicha dars tahlili.
Eshitildi.
Ushbu mavzu yuzasidan maktab o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Z.Ibodullayeva so’zga chiqib “ Sonning darajalari ” mavzusida o’tilgan dars yangi pedogogik texnologiyalar yordamida o’tilganin, o’tilgan mavzu davlat ta’lim standartlariga to’liq mos kelishini aytib o’tdi. Ayniqsa dars mobaynida o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlari yuqori darajada ekanligini ta’kidladi.
Amaliyotchi Tajiboyeva Shaydoning amaliyot raxbari so’zga chiqib, darsni boshidan to oxirigacha tahlil qildi. Darsda erishilgan yutuqlar va kamchiliklarni aytib o’tdi. Darsni boshlashdan oldin davomat olingani, sinfxonasi ozodaligi tekshirilganini , yangi mavzu doskaga yozilganini aytib o’tdi. Darsda qo’llanilgan metodlarni, ularning dars davomida qay darajada bajarilganini aytib o’tdi. Mavzuga doir o’zining tajribasidan kelib chiqqan holda qo’shimcha ma’lumotlar berish kerak ekanligini ta’kidladi. Takrorlash va uyga vazifalar berilganini, mavzuni ko’plab misollar bilan tushuntirganini vaqtdan unumli foydalanganini aytib o’tdi. Shundan so’ng tadbir a’zolari Tajiboyeva Shaydoning ilmiy va pedogogik potensiali yuqori ekanligi e’tiborga oldilar va quyidagicha qaror qabul qildilar.
Urganch Davlat Universiteti
Fizika-matematika fakulteti
Amaliy matematika va informatika
ta’lim yo’nalishi 181-guruh
talabasi Tajiboyeva Shaydoning
Urganch shahar 18-son umum ta’lim
maktabidan berilgan
Tavsifnoma
Tajiboyeva Shaydoning 2021-yil 6-sentabrdan, 2021-yil 6-noyabrgacha amaliyotni o’tadi.Maktabdan biriktirilgan rahbar bilan 8 “E”, 9 “E” , 5 “E” va 5 ”G” sinflariga biriktirilgan ustoz bilan kirib dars jaryonlarini kuzatib bordi. Sinf o’quvchilari va sinf ishlari bolan tanishdi.U amaliyot paytida bajariladigan ishlarni tez o’rganib oldi.Ustozlar bergan maslahatiga tayanib har bir darsni ma’suliyatini sezgan holda amaliyotning so’nggi haftasida dars o’tdi va bir qancha yaxshi natijalarga erishdi.U amaliyot davridagi faoliyati davomida o’zining ijobiy tamonlarini ko’rsatdi.O’qituvchining ishi faoliyati davomida qilinadigan barcha ishlar(jurnal yuritish,dars berish,o’quvchilar bilan ishlash,hujjat tayyorlash va boshqalar)ni o’rgandi.
Urganch shahar 18-son umum ta’lim maktabi o’qituvchilari Tajiboyeva Shaydoning kelajakda mohir pedagog bo’lishiga ishonch bildirdilar.
Maktab direktori: Haitova Z
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: Abdullayeva S
Metodist: O’rinova Sh
Qaror :
Amaliyotchi talaba Tajiboyeva Shaydoning o’tgan darsi yuqori saviyada tashkil etilgan deb topilsin va ochiq darsiga 5 baho qo’yilsin .
Tajiboyeva Shaydoning o’tgan ochiq darsi fotasuratlari ilova qilinsin .
O’quv ishlari boyicha derektor o’rinbosari : Haitova Z
Amaliyot raxbari : Abdullayeva S
Fan o’qituvchisi : O’rinova Sh
Urganch shahar 18-son umumiy o’rta ta’lim maktabining 5 ,,E’’ sinf
o’quvchilariga pedogogik psixologik.
Tavsifnoma
Bu sinfda jami 34 nafar o’quvchi bo’lib , shundan 19 nafari o’gil bolalar va 15 nafari qiz bolalar. Bu guruhdagi o’quvchilarning xarakter-xususiyatlari va qiziqishlari xilma-xildir. Guruhning ko’pchilik qismi matematika, ingiliz tili,rus tili,biologiya,ona tili fanlariga qiziqishadi. Shuning uchun ham bu fanlardan a’lo va yaxshi baholarga o’qishadi. 5,,E’’ sinf 14 nafari yaxshi , 16 nafari a’lo baholarga o’qiydi.
Guruhda matematikaga qiziqmaydigan o’quvchilarning ko’pchiligi asosan iqtisod , rus tili va shunga o’xshash fanlarga qiziqadilar. O’qishga qiziqmaydigano’quvchilarimiz esa biror kasbga yo’nalganlar. Sinfdagi yigitlarning deyarli hammasi sportning ayrim turlariga qiziqadi va sinf o’quvchilari sportning ayrim turlaridan o’tilgan musobaqalarda faxrli o’rinlarni olishgan. O’quvchilarning ko’pchiligi fan olimpiadalariga qatnashganlar. Matematika,ona tili,nemis tili, fanlaridan olimpiadalarda faxrli o’rinlarni olib kelganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |