Arizaning yozilish shakli
ARIZA
Ariza matni (mazmuni)
Ilova
Sana (yil, kun, oy)
Imzo
Namuna
Tashkent shahri Shayxontohur tumani
МТБ tasarrufidagi 384-maktabgacha
ta'lim muassasasi rahbari
Marg’uba Rustamovaga
Toshkent shahri Ogahiy ko‘chasi
42-uyda yashovchi K.Alimovdan
ARIZA
Qizim – Sevinch Nodirovani 20-avgustdan 384-maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilishingizni so‘rayman.
Ilova: 1. Tuman MTBning 2019-yil 20-avgustdagi yo‘llanmasi.
2. Maoshim haqidagi ma’lumotnoma.
3. Tug’ilganlik guvohnomasidan ko’chirma.
4. Tibbiyot ma'lumotnomasi.
(imzo) K.Alimov
2019-yil 10-sentyabr
|
Shuni eslatib o’tmoq joizki, arizaning zaruriy qismlari barcha arizalarda ham birday takrorlanavermaydi. Masalan, xodim o'zi ishlayotgan korxona yoki idora rahbariyatiga ariza yozganda, uning yashash joyi haqidagi ma’lumot zarur bo‘lmaydi. Bunday hollarda xodim o‘zi ishlaydigan bo’lim va lavozimini ko‘rsatsa, kifoya. Shuningdek, ko'pchilik arizalar uchun ilovalarning ham hojati bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |