T A R J I M A Y I H O L. Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Garchi u erkin (ixtiyoriy) tuzilsa-da, biroq tarjimayi holda ayrim qismlarning bo’lishi shart.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
Matn:
muallif familiyasi, ismi va otaismi;
tug’ilgan yil, kun, oy va tug’ilgan joyi;
millati, ijtimoiy kelib chiqishi;
ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otaismi, ish joyi);
ma’lumoti (qayerda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko’rа mutaxassisligi);
ish faoliyatining turlari;
oxirgi ish joyi va lavozimi;
mukofot va rag‘batlantirishlar;
jamoat ishlaridagi ishtiroki;
oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
pasport ma’lumotlari;
turar joyi (uy manzili), telefoni.
Sana.
Imzo.
Tarjimayi hol oddiy qog‘ozga, ayrim hollarda, ya’ni ishga, o'qishga kirishda maxsus bosma ish qog‘ozlariga qo‘lda yoziladi. Matnni bayon qilish shakli hikoya uslubida bo’lib, birinchi shaxs tilidan yoziladi.
Barcha ma’lumotlar davriylik asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko’rsatilgan holda) beriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kerakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo’li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo’lsin. Quyidagi ilovada tarjimayi hol namunasi berildi. Tarjimayi hol namunasi:
6-AMALIY MASHG‘ULOT
O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari. Tinish belgilari imlosi.
Tilxat. Tushuntirish xati
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr etish choralarini ko‘rsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I.KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 24-avgust,
339-son
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 24-avgustdagi 339-son qaroriga
ILOVA
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI
Do'stlaringiz bilan baham: |