Guruh murabbiyi Sh.Alimova
3-AMALIY MASHG‘ULOT
Hujjat turlari. O‘tmishda hujjat tutish rasmi, tarixiy hujjatlarning turlari. Ichki va tashqi hujjatlar, mazmuniga ko’ra hujjat turlari.
Ma’lumot-axborot hujjatlari (bildirishnoma, dalolatnoma)
Reja:
1. Hujjatlar matnining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar.
3. Rasmiy hujjatlar. Ish yuritish tili va uslubiga rioya qilish.
4. Ma’lumot-axborot hujjatlari (bildirishnoma, dalolatnoma)
Axborotni bevosita (jonli muloqot orqali) va bilvosita (axborot tarqatish vositalari orqali) uzatish mumkin. Hozirgi davrda ommaviy axborot vositalari, xususan, radio-televideniye, internet tarmog‘i orqali har qanday ma’lumotni darhol, “sovutmasdan” dunyoning istalgan burchagiga yetkazish mumkin bo`lgan holda notiqqa, ya’ni odamlar bilan bevosita muloqotga kirishuvchi shaxsga ne ehtiyoj? Nima uchun axborot tarqatish vositalari o`ta taraqqiy etgan bugungi kunda ham notiqlikning, jonli nutqning ahamiyati yo`qolmay, aksincha, hayotdagi o`rni va mavqeyi ortib bormoqda?
Og‘zaki nutqning kuchi va uning boshqa muloqot turlaridan ustunligi bir qator
o`ziga xos xususiyatlar bilan belgilanadi. Jumladan, notiq nutqida lisoniy vositalardan tashqari eng nozik fikr va tuyg‘ularni ifoda etish imkoniyatini beruvchi nutq ohangi, uning hissiyot bilan omuxta bo`lishi, qo`l va tana harakatlari, yuz ifodasi (mimika) kabi nolisoniy vositalardan foydalanishi hamda konkret auditoriya (tinglovchi) xususiyatlarini hisobga olishi bilan ta’sirchan qilishga, to`g‘ri tushunishga yordam beradi.
Nutq mavzusining turlicha bo`lishi notiqning tayyorgarligi, bilim darajasi va vaziyat bilan bevosta bog‘liq. Demak, nutq mavzusi, vaziyat taqozosi bilan til vositalaridan turlicha foydalaniladi.
Demak, har bir monologik nutqiy vaziyat so`zlovchidan alohida bir munosabatni va mas’uliyatni talab qiladi. Ayni paytda, ularning barchasi uchun, avvalgi mavzularni yoritishda ta’kidlab o`tilganidek, umumiy bo`lgan qoidalar ham mavjud. Bu dastlab so`zlanadigan nutqning qolipi – rejasi bo`lishi. Qayerda va qanday vaziyatda so`zlanishidan qat’iy nazar, har bir nutq ma’lum reja asosida bo`lishi, auditoriya, vaqt hisobga olinish lozim. Boshqacha aytganda, nutq so`zlashdan ma’lum maqsad bo`lishi va bu maqsad amalga oshishi zarur. Buning uchun tinglovchilarga ta’sir o`tkazish, ta’sir o`tkazish uchun esa tildan foydalanishning ham, o`zini tutishning ham ta’sirchan vositalaridan foydalanish kerak bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |