Urganch ranch texnologiya universiteti



Download 1,62 Mb.
bet28/42
Sana20.03.2023
Hajmi1,62 Mb.
#920496
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42
H I S O B O T. Muayyan vaqt uchun rеjalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot bеruvchi hujjat hisobot deyiladi.
Hisobotda kеltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kеrak.
Hisobotda quyidagilarga e’tibor bеriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor bеrildi, qanday yеtishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kеrak, hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rеjalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda kеng qo‘llanadi.
Namuna:

Urganch davlat universiteti Sirtqi bo‘limi
Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi
203-guruh talabasi Madraximova Saboxatning
2022-yil 28-martdan 30-aprelgacha o‘tagan
dialektologik amaliyoti yuzasidan
HISOBOTI

Men, Madraximova Saboxat, 2022-yil 28-martdan 30-aprelgacha dialektologik amaliyot o‘tadim. 2022-yil 28-mart kuni dialektologik amaliyotga safarbar qilinayotgan talabalar va amaliyot rahbarlari ishtirokida dialektologik amaliyotga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Konferensiyani O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Azamat Primov ochib berdi va dialektologik amaliyot 28-martdan 30-aprelgacha davom etishini, talaba har kuni soat 9:00dan 16:00gacha amaliyot bilan shug‘ullanishi, talabalar o‘zlari yashayotgan hududda amaliyot o‘tashini, o‘quv yuklamasi taqsimotiga binoan 201-guruhga O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori Z.Do‘simov, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi N.Zaripova, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti R.Xudayberganov, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi A.Allaberganova, 202-guruhga O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sh.Norbayeva, 203-guruhga O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi D.Xudayberganova, 204-guruhga O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi U.Radjabova, 205-guruhga O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi J.Matnazarov amaliyot rahbarlari qilib tayinlanganini, amaliyot rahbarlari amaliyotchi talabaning hafta davomida to‘plagan sheva materiallarini, kundaligidagi har kungi qaydni tekshirib imzolashini, amaliyot bo‘yicha zarur maslahatlar, yo‘l-yo‘riqlar berishini aytib, amaliyot o‘tash yuzasidan tavsiyalar berdi. Konferensiya soat 10:00da tugadi va amaliyot o‘tash joyiga yetib keldim.
Men, 203-guruh talabasi Madraximova Saboxat, dialektologik amaliyotni
belgilangan 28-martdan 30-aprelgacha bo‘lgan sanalarda o‘zim istiqomat qilayotgan hudud Xorazm viloyati Urganch tumanida o‘tadim. Men amaliyot davomida Xorazm viloyatidagi tumanlarda ishlatiladigan shevaga oid so‘zlarni yig‘ishga muvaffaq bo‘ldim. Dialektologik amaliyotning birinchi haftasida harakat dasturida ko‘rsatilganidek o‘zim yashab turgan joy hozir qanday nomlanishini, u joyning eski nomi qandayligini, u necha marta o‘zgarganligini tahlil qildim, tumanda necha qishloq borligi, ularning nomlari qandayligi, qanday mahallalar borligi, qanday ko‘chalar mavjudligi, eski va yangi nomlarini, tuman ichkarisidagi toponimlarni, tumandagi ariq, kanal, hovuz, quduq, ko‘l va boshqa suv obyektlarining nomlari, o‘tmishda janglar, qirg‘inlar bo‘lgan joylar nomlarini, bog‘, saylgoh, yo‘lak va ko‘prik nomlari, tumanimizga kiriladigan va chiqiladigan darvozalar nomi, tuman atrofidagi odamlar to‘planadigan, yashaydigan joylar nomlarini, etnonimlarni o‘rgandim. Dialektologik amaliyotning ikkinchi haftasida kundalik turmushda ishlatiladigan kiyim-kechak, zargarlik, ko‘rpa-to‘shak nomlarining shevada ishlatiladigan nomlarini, kundalik hayotda ko‘p qo‘llaniladigan buyumlar, oshxona jihozlari nomlarini, beshik ustiga yopiladigan chit, mato nomlari, beshik ustiga yopiladigan paxtalik yupqa ko‘rpacha nomlarini, ekin ekiladigan maydonlarning qadimiy nomlarini to‘pladim. Dialektologik amaliyotning uchinchi haftasida to‘y, marosimlarda ishlatiladigan shevaga oid so‘zlar, dehqonchilik, bog‘dorchililk leksikasi va sifat, fe’l so‘z turkumiga oid sheva materiallaridan ko‘plab yig‘ishga muvaffaq bo‘ldim. Bu hafta juda barakali bo‘ldi. Dialektologik amaliyotning to‘rtinchi haftasida fe’l turkumiga doir so‘zlarni, xalq og‘zaki ijodiga doir maqol, ibora, qo‘shiq, laparlarni, nikoh to‘yidagi marosimlarida ishlatiladigan so‘zlarni guruhlarga bo‘lib, qarindoshchilik va quda-andachiik leksikasini, dehqonchilik, bog‘dorchilik, meva nomlari va navlarini, sifat turkumiga doir so‘zlarni to‘plab, audio tarzda yozib olishga erishdim. Dialektologik amaliyotning yakuniy haftasida harakat dasturida ko‘rsatilgan yordamchi so‘z turkumlariga oid so‘zlarni, shevadagi o‘tgan zamon fe’llarini, fe’l mayllarini, taqlid, undov, modal so‘zlarni, undalmali gaplarni, qo‘shma gaplarni, uyushiq bo‘laklar qatnashgan gaplarni, so‘kish, qarg‘ishlarni to‘pladim.
Shevaga oid so‘zlarni to‘plashimda yaqindan yordam bergan onam Yaqubova Gulbaxor, otam Madraximov Xo‘jamurat, qo‘shnilarim Bekchanova Xojarjon, Sharipova Poshshaxon, Ismailova Dilbar, Yusupova Zamira va ustozim Matchanova Muboraklarning xizmatlari katta bo‘ldi.
Amaliyot davomida aholi orasidan Xorazm hududida ishlatiladigan shevaga oid materiallar va yo‘qolib borayotgan sheva elementlarini tilshunos sifatida to‘plab, ularni ilmiy yozuv (transkripsiya)da yozib olib, sof sheva elementlarining saqlanib qolinishiga hissa qo‘shganimdan xursandman.
Dialektologik amaliyot 30-aprel kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Men kafedraga topshirish uchun dialektologik amaliyot hujjatlari yig‘ma jildini tayyorladim.



Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish