5-AMALIY MASHG‘ULOT Imlo qoidalaridan foydalanishning ahamiyati. Hujjat matni tahririda e’tiborga olinadigan holatlar. Matnning asli va uning ko’chirmasi o’rtasidagi bog’liqlik. Ma’lumot-axborot hujjatlari (tavsifnoma va tavsiyanoma, tarjimayi hol)
Reja: Imlo va grammatik me’yor.
Talaffuz va semantik me’yor.
Punktuatsion va uslubiy me’yor.
Me’yor – jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, ma’qullangan va ularga tushunarli bo‘lgan til birliklarining nutq jarayonida qo‘llanish holati va imkoniyatidir.
Til va nutq tizimida me’yor o‘ziga xos o‘ringa ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar kun tartibiga qo‘yilgan. Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy holatlarni o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-marifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi, urf-odatlari singari qator omillar e’tiborga olingan.
Til hodisalarini, uning me’yoriy jihatlatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo mumkin emas. Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini qilish har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati doirasida o‘rganilishi bejiz emas. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir.
Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy bo‘lgan bir qolipga keltirish tilshunoslikning muhim vazifasi hisoblanadi. Me’yor masalalari shu sohaning o‘rganish obyekti bo‘lib qoladi.
Til birliklarining adabiy shaklda me’yorlashuvida badiiy adabiyotning o‘rni ham aloohida. Badiiy ijod jarayonida shoir va yozuvchilar o‘z fikr va hissiyotlarini boshqa ijodkorlardan farq qiladigan ifodalarda berishga intiladilar. Bu yo‘lda ular yangi so‘z va iboralar yaratadilar. Bu tilning boyishi va me’yorllashuviga sabab bo‘ladi.
O‘zbek adabiy tili me’yorlari. Nutq madaniyati uchun adabiy til me’yori o‘lchovi kerak bo‘ladi. Xo‘sh, adabiy til me’yori nima? B.N.Golovin ta’kidlashicha: “Til me’yori – bu til birliklari va uning qurilishini o‘zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli paydo bo‘lgan, undan foydalanuvchi xalq tomonidan yaratilgan amaldagi qoidalar yig‘indisidir”. Ya’ni adabiy til me’yori bu, til unsurlarining xalq o‘rtasida ko‘pchilikka ma’qul bo‘lgan variantini tanlashdir. Me’yor o‘zgaruvchandir. Umumiy va xususiy me’yor mavjud. Professor E.Bekmatov va boshqalar tomonidan nashr qilingan “Adabiy norma va nutq madaniyati” kitobida o‘zbek adabiy tilining quyidagi me’yorlari qayd etilgan:
Fonetik me’yorlar
Lesik-semantik me’yorlar (so‘z qo‘llash)
Talaffuz (orfoepik) me’yorlar
Aksentologik (urg‘uning to‘g‘riligi) me’yorlar
Grammatik me’yorlar
So‘z yasalish me’yorlari
Imloviy me’yorlar
Grafik (yozuv) me’yorlari.
Punktuatsion me’yorlar
Uslubiy me’yorlar
Fonetik me’yor. Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun 6 ta unli, undosh tovushlarning qo‘llanishi me’yor hisoblanadi.
Talaffuz me’yorlari. Til birliklarining og‘zaki nutq jarayonida adabiy til me’yorlariga muofiq kelishidir. Ammo og‘zaki nutq, ya’ni talaffuz me’yorlari o‘zbek tilshunosligida qat’iy belgilanmagan. Talaffuz me’yorlarni egallashda orfoepik lug‘atlarning ahamiyati katta.