qilish”, “Pulkredit siyosati: nazariya va amaliyot”, “Rossiyada va xorijda inflyatsion jarayonlar va pul-kredit orqali tartibga solish” mavzusidagi darslik va oʼquv qoʼllanmalarda yaqqol koʼrish mumkin. АQShlik, yaponiyalik va yevropalik iqtisodchi olimlar tomonidan nashr etilgan darsliklar, chop etilgan ilmiy maqolalarda “monetar siyosat” (monetary policy) tushunchasidan foydalaniladi. Masalan, taniqli iqtisodchi olim, АQSh FZT Prezidenti B.Bernanke oʼzining ilmiy-tadqiqot ishlarida va ilmiy maqolalarida faqat “monetar siyosat” tushunchasidan foydalangan Shuningdek, А. Bernsda ham shu holatni kuzatish mumkin M.Malkina pul-kredit siyosatiga quyidagicha taʼrif beradi: “Pulkredit siyosati – Markaziy bank tomonidan pul massasi va pullar qiymatini boshqarish boʼyicha kompleks chora-tadbirlar boʼlib, mamlakatda baholar, milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash va iqtisodiy oʼsishni ragʼbatlantirish maqsadida amalga oshiriladi”
S.Moiseevning fikriga koʼra, pul-kredit siyosati – bu davlatning iqtisodiyotni tartibga solish borasidagi siyosatining muhim yoʼnalishlaridan biri boʼlib, pul bozoridagi talab va taklif uning obʼekti hisoblanadi.
D.Vinogradov va M.Doroshenko hammuallifligida chop etilgan “Moliyaviy-pullik iqtisodiyot” (Finansovo-denejnaya ekonomika) mavzusidagi oʼquv qoʼllanmada pul-kredit siyosati pul massasi va foiz stavkalarining darajalarini tartibga solishga yoʼnaltirilgan siyosat sifatida eʼtirof etilgan.
R.Miller va D. Van-Xuz hammuallifligida yozilgan “Zamonaviy pullar va bank ishi” mavzusidagi darslikda monetar siyosat pul emissiyasi va pul massasi ustidan nazorat qilishga qaratilgan tadbirlar majmui sifatida talqin qilingan. Taniqli iqtisodchi olim N. Menkyu АQSh FZTning monetar siyosatini iqtisodiyotda muomalada boʼlgan pullar ustidan nazorat qilishni amalga oshirish sifatida talqin qilgan. U.Аzizovning fikriga koʼra, monetar siyosat bu davlatlarning pulkredit sohasidagi siyosati boʼlib, iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Monetar siyosat kontseptsiyasini fanda ilk bor klassik iqtisodchi olim Irving Fisher oʼzining “Pulning xarid quvvati” nomli asari bilan kiritdi. Yuqorida qayd etilgan xulosalar va taʼriflardan koʼrinadiki, koʼpchilik iqtisodchi olimlar tomonidan monetar siyosat pullarga boʼlgan talab va pullar taklifini tartibga solish va nazorat qilishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui sifatida eʼtirof etilgan.