Urganch filiali



Download 472,88 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi472,88 Kb.
#416206
Bog'liq
Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi (Autosaved)


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Urganch filiali


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi 921-19 guruh talabasi Yo‘ldasheva Go‘zalning Dinshunoslik fanidan “Beruiy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi” mavzusida

MUSTAQIL ISHI
Topshirdi: Yo‘ldasheva Go‘zal
Qabul qildi: Ahmedov G‘ulomjon

Urganch_2020


Abu Rayhon Beruniy asarlarida diniy marosimlarning yoritilishi.

Reja:



  1. Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi.

  2. Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy tabiatni bilish, o`rganishda asoslangan kuzatishlari.

  3. Abu Rayhon Beruniyning ta`limotalri va asarlari haqida.

1.Abu Rayhon Beruniyning hayoti va ijodi.



O`rta asrlarda yashab ijod etgan olimlardan biri, Abu Rayhon Beruniy 973-yilning 4-sentabrida Xorazmning qadimiy Kot(hozirgi Beruniy shahri)ga yaqin joyda dunyoga kelgan. Uning ismi Muhammad, otasining ismi esa Ahmad bo`lib, Beruniy so`zi uning kelib chiqishini bildiruvchi nomdir. “Beruniy” forscha “Berun” (“Tashqari”) so`zidan olingan va shahar tashqarisida yashovchi degan ma`noni bildiradi. Abu Rayhon esa uning laqabi bo`lib, fors tillida “Rayhonli kishi” degan ma`noni anglatadi.Beruniy ota-onadan yetim qolgach, uni o`sha davrnin mashhur olimlaridan Xorazmlik astronom va matematik Abu Nasr Ibn Irok (taxminan 1035-yilda vafot etgan) o`z tarbiyasiga oladi va unga astronomiya hamda matemmatikani o`rgatadi. Beruniyning “Geodeziya” deb atalgan yirik aarida keltirilgan estaliklaridan quyidagi so`zlarni keltirib o`tish o`rinlidir:
“ Ko`p kunlarim yaxshi odamlar soyasida o`tdi. Iroqlar oilasi oq sut berib katta qildi. Oilaning Mansuri meni o`z tarbiyasiga oldi. Hurmat pog`onasidan asta-asta yuqoriladim”.
Bu so`zlar olimning birinchi ustozi Abu Nasr bo`lganidan dalolat beradi. Shuning uchun Beruniy qarilik chog`imda ham o`z ustozi va murabbiysining tabarruk nomini cheksiz minnatdorchilik va hurmat bilan tilga oladi. Beruniy feadal tuzumi va islom dini hukmron bo`lgan bir davrda yashab ijod etgan. Bunday sharoitda fanda yangiliklar ijod etish g`oyat og`ir va hatarli edi. Shunga qaramay u o`zining butun kuchi va hayotini ilm-fan yo`lida hizmat qilishga sarfladi. Bunda olimning quyidagi so`zini eslab o`tish o`rinlidir:
“Mening hamma istaklarim, butun vujudim ilm olish va tarqatishga qaratilgandir va men buni o`zim uchun ulug` baxt deb bilaman”.
Shunday oliyjanob g`oyalar bilan qurollangan Beruniy dastaval o`zining ustozi Abu Nasr tomonidan yozilib, unga qo`llanma sifatida taqdim etilgan satranomiya va matematikaga doir 15 ta risolani mutolaa qiladi. Beruniy o`rta asr Sharq uyg`onish sharoitida haqiqiy ilmiy tabiatshunoslikka asos soldi, u tabiatshunoslikning turli sohalarida o`z davri uchun taajubga soluvchi shunday ilmiy va faraziy fikrlarni olg`a surdiki, ular bir necha asrlardan so`ng Evropa ilmida o`z isbotini topdi.

2.Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy tabiatni bilish, o`rganishdda asoslangan kuzatishlari.




Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy tabiatni bilish, o`rganishdda asoslangan kuzatish, taqqoslash, tajriba, mantiqiy umumlashtirish tahlil kabi metodlarni o`z to`g`ri qo`llash asosida ularni ilmiy mazmun jihatidan boyitdi. U o`z ilmiy faoliyati jarayonida tabiatni bilishning tajriba ilmiy metodini ishlab chiqdi. Beruniyning bu metodiga ko`ra, tabiatni bilishda eskilik, fanatizm, aqidachilik, shaxsiy g`araz, sub`ektvivmdan ozod bo`lish, aksincha, tabiatning o`ziga, uni kuzatishda tajribaning rad etib bo`lmaydigan dalillariga asoslanish lozim. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Beruniy asarlarida, uning tabiiy- ilmiy qarashlari bilan bog`liq chuqur ijtimoiy-falsafiy mulohazalar, umumlashmalar ham o`z ifodasini topgan. U Farobiy falsafiy ta`limotiga asoslanib ollohni hamma narsaning birinchi sababi deb hisoblaydi. Uning tushunishicha ham hudo hamma narsaning yaratuvchisi ekanligi e`tirof qilinadi. Lekin Beruniy shu birinchi sababdan kelib chiqqan hamma narsaning rivojlanish va o`zgarish huquqini tabiatga beradi.

3.Abu Rayhon Beruniyning ta`limotlari.



Uning ta`limoticha, tabiatda hamma narsa tabiiy qonunlar asosida yaratiladi, tabiat o`zining tabiiy kuchiga ega bo`lib, shu kuch ta`sirida tabiatda to`xtovsiz harakat, o`zgarish, o`sish, rivojlanish, vujudga kelish, emirilish, halok bo`lish jarayonlari sodir bo`ladi. Bulardan shunday xulosaga kelish mumkinki, Beruniy o`z falsafiy qarashlarida deizmga yaqin pozitsiyada turgan. U modddiy dunyoning abadiyligi haqida gapiradi. Beruniy fikricha, xudo va boshlang`ich modda, ya`ni materiyadan boshqa hech narsa bo`lmagan. Borliq abadiy, u o`zgarish va taraqqiyotdadir: Materiya muayyanlik libosiga burkanadi, u faoldir, harakat tamomila materiyaga tegishli, u ruhni modda bilan bog`laydi va uni turli shakllarda kezib yurishiga majbur etadi.


Beruniy yunon faylasuflari Levkipp va Demokrit qarashlariga qo`shilib, atomistika ta`limotini tan oladi, lekin ulardan faeqli o`laroq borliqda bo`shliqning mavjudligini inkor etadi. U atomlar sifat jihatdan o`garish xususiyatiga ega, degan fikrni bildiradi. Beruniy nuqtai nazaricha, makon va zamon borliqning muhim hususiyatidir. Beruniyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari insonparvarlik g`oyalari bilan sug`orilgan. U insonni eg sharafli borliq sifatida tushuntiradi. Inson faqat o`zi uchun yashamasligi, insonlar bir-birlariga yordam berishlari kerakligini ta`kidlaydi. Uning fikricha, insonlar o`rtasidagi tafovut ko`proq tashqi jihatdan mavjud bo`lib, ular ichki tuzilishi va tashkil topishi jihatdan bir umumiylikka ega. Lein inson maymunga o`xshasa ham, ular o`rtasida tub farqlar mavjud. U “Hindiston” asarida insonlarda tillarning turlicha ekanligi to`g`risida to`xtalar ekan: “Tillarning turlicha bo`lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoqda yashashlaridir”,-deydi. Berubiy jamiyatda ijtomoiy hayotning o`ziga xos “shartnoma” asosida tuzilishini e`tirof etadi. U:”Inson o`z ehtiyojlarini tushunib, o`ziga o`xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o`zaro kelishuvchanlik qabilidagi “sartnoma” tuzishga kirishadi. Odamlarning birgalikdagi turmushi bu hali insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun (ular) yana mehnat qilishlari ham zarurdir”,-deydi. Berubiy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, balki podshoh jamiyatga xizmat qilishi lozimliogini aytadi. “Tabiatan boshqarishga moyil” bo`lgan hokim,- deb yozadi, u o`z fikri va qarashlarida qat`iy bo`lishi kerak, o`z ishlarini amalga oshirishlarida faylasuflarning…fikrlariga amal qilishi lozim; “shohning o`zi ham” yaratuvchilik ongiga ega bo`lmog`i, ayniqsa, dehqonlar to`g`risida ko`proq g`am yeyishi kerak. “Podshohlik” dehqonchiliksiz yashay olmaydi, - deb yozgan edi.
Beruniy mamlakat ravnaqi, el – yurt faravonligini ilm – fan taraqqiyoti bilan uviy bog`liq bo`ladi. U:”har bir olim o`z muhokamasida amaliyotga asoslanishi,, o`z tadqiqotida aniq maqsadga ega bo`lishi, tinimsiz mehnat qilishi, hatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydurma, yuzakichilikka qarshi kurash olibb borishi zarur”,-deb yozgan edi. Beruniy mamlakatda xalqlar do`st, inoq, ittifoq bolib yashashi uchun kurashib, insoniyatga qirg`in keltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi va kishilarni tinchlikka chaqiradi. Vatandoshimiz Beruniyning bu g`oyalari bugungi kunda ham o`z ahamiyatini yo`qotgani yo`q. Aksincha uning juda ko`p g`oyalari Prezidentimiz Islim Karimov tomonidan qo`llab-quvvatlanib, ular yurtboshimizning nutqlari va maqolalarida, ilmiy risolalarida yanada rivojlantirilmoqda, hamda ular O`zbekistonning o`ziga xos va o`zia mos mutaqil taraqqiyot yolida rivojlanib borishda xizmat qilmoqda. Bugungi kunda Beruniyning Ona Vatan Mustaqil O`zbekistinda uning ijodiga juda katta e`tibor berilib, uni har tomonlama chuqur o`rganilmoqda. O`zidan oldin yashagan olimlardan matematik, astronom va geograf Muhammad Xorazmiy (780-850), astronom Abdul Abbos Ahmad Farg`oniy (IX asr), Ahmad Ibn Abdulloh Morvoziy (IX asr), Abbos Ibn Said Javhariy (IX asr), faylasuf va tabiatshunos Abu Nasr Muhammad Farobiy (880-950), Abu Jafar al-Xazin (tahminan 970-yillarda vafot etgan), eronlik Abu Said as-Sijiziy (951-1024), Abu Muhammad Hamid Xo`jandiy (tahminan 1000-yilda vafot etgan) va boshqalarning asarlarini mustaqil o`rganib, ularni chuqur analliz qilish bilan egalladi. Beruniyning o`z ona tili bo`lmish xorazm tilidan boshqa arab, fors, grek, suriya, keyinchalik hind va qadimiy yahudiy tillarini egallaydi va tillarda yozilgan asarlarni chuqur o`rganadi. Beruniy taxminan 1005-yildan boshlab Xorazmning markazi Ko`hna Urganchdagi ilmiy muassasa (“Akademiya”)da Abu Ali Ibn Sino, faylasuf Abu Sahl Masahiy, Abu Nasr Ibn Iroq, mashxur hakim va tarjimmon Abul Hammor va boshqa olimlar bilan birga 7 yil ilmiy tadqiqotchilik va rahbarlik lavozimlarida xizmat qilib, ilm ahlining zo`r hurmatiga sazovor bo`ladi. U 17 yoshida ilk astronomic kuzatishlarni o`tkazadi. U 150 dan ortiq ilmiy asarlar yozadi. Buyuk bobokalonimiz 1084-yil 13-dekabrda G`aznada vafot etgan. “Berun” yoki “Birun” so`zi “tashqari” degan ma`noni anglatadi. Ma`lumotlarda yozilishicha uning 152 ta kitobining nomi noma`lum. Bizgacha ularning 27 tasigina yetib kelgan. Uning bir qancha kitobi tibbiyot ilmiga bag`ishlangan. Bu sohaning rivojlanishida Beruniyning tibbiyot va tabiat hodisalarini o`rganish usullari, harakat, tovush, issiqlik, yorug`lik, elektr, magnetism, atmosferadagi hodisalar, modda tuzillishi haqidagi ijobiy ishlar katta ahamiyatga ega bo`ladi. Berunniyning o`sha davrda yaratgan kashfiyotlaridan biri – globus ixtiro etganidir.

Asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (taqvim va yil hisobi, shuningdek, sug`diylar, qadimgi xorazmliklar, forslar, yunonlar, yahudiylar, xristianlar va musulmonlarning bayramlari, urf-odatlari to`g`risida ma`lumot beruvchi asar ), “Geodeziya”, “Quyosh harakatini aniqlash yo`li”,“Mineralogiya”, “Saydana”, “Hindiston” va boshqalar. Abu Rayhon Beruniy Shamassiya rasadxonasida Yahyo ibn Abu Mansur tomonidan 828-829 yillarda ekliptikaning (Quyoshning yulduzlar oralab yurgan yillik ko`rina yo`li) osmon ekvatoriga og`maligini o`lchaganini va bu kuzatishlarda al-Xorazmiy ishtirok qilganini o`zining “Geodeziya” asarida keltradi. Ma`mun saroyida Xorazmiydan tashqari o`rta osiyodan yana bir nechta olimlar al-Marveziy, al-Farg`ooniy va al-Javhariylarning ishlagani ma`lum. Bulardan al-Marvzey Marvlik bo`lgan. Beruniy O`rta Sharq olimlari orasida birinchi bo`lib yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotladi va Yer Quyosh atrofida aylanadi, degan fikrga keladi. U Yer shari o`lchamini aniqladi, 5 metrli globus yasadi, dunyo xaritasini chizdi. Dunyoning qayerida qanday boyliklar borligini, dengiz suvining har kuni ikki marta qalqib-qalqib turishini, Oy va Quyosh tutilishlarining sababini soddaina qilib izohlab berdi. Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muhlisi edi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog`liq, odamning baxti esa uning bilim va ma`rifatida, deb yozadi. Beruniy ma`rifat dushmanlariga, qoloq urf-odatlariga, adolatsizlikka murosasiz edi. Buyuk olimning ko`pgina asarlari o`sha zamonlarda yashab o`tgan xalqlarning ijtimoiy, xo`jalik, siyosiy hayotida butun bir qomus bo`lib xizmat qilgan. Beruniyning jahon fani oldidagi buyuk xizmatlari jamoatchilik tomonidan e`tirof etilgan. Uning yubileylari ko`p mamlakatlarda nishonlanadi. Tug`ilgan shahri, O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institute, Toshkent texnika universiteti Beruniy nomi bilan atalgan.
Download 472,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish