Bu paytda Aminak avlodidan bo’lgan Avaneshxon Bu paytda Aminak avlodidan bo’lgan Avaneshxon (1535-1539)ga tegishli bo’lib, Berka Sulton avlodidan bo’lgan taxt da’vogarlari Buxoroga qochishga majbur bo‘Jgan edilar. Avaneshxon- ning katta o‘g‘li Dinmuhammadning Eron bilan hududlarni o‘z ta’siriga olish borasidagi maxfiy muzokaralari Buxoro hukmdori Ubaydullaxonning Xorazm yurishiga rasman sabab bo'ldi. Ubaydullaxon bilan Xorazm yurishida Toshkent hokimi Baroqxon (Navro‘z Ahmadxon), Samarqanddan Juvonmardalixon Hisordan Mahdiy Sulton va Hamza Sultonlar ham o‘z harbiy bo’linmalari bilan ishtirok etdilar. Avaneshxon qo’shini zarbaga uchrab, o‘zi Biyotqir degan joydagi jangda o’IdiriIdi. Ubaydullaxon o'gli Abdulazizni Xorazm noibi etib tayinlab, hududni to‘rt qismga bo‘ldi. Ubaydullaxon 1538-yilda yana Xorazmga qo‘shin tortdi. Hazorasp bilan Xiva shaharlari oralig‘idagi Kardaronxos degan joyda Buxoro qo‘shinlari mag‘ iubiyatga uchradi. Shayboniylardan ozod bo‘Igan Xorazmda endi ichki kurashlar avj olib ketdi. Shuningdek, Urganch, Kat Yangi shahar, Xiva, Hazorasp kabi shaharlar va viloyatlar hukmdorlarining markazdan uzoqlashuvchi harakatlari kuchayib, ular amalda o’zlarini mustaqil hisoblashardi. Ayrim shaharlar bir vaqtning o‘zida ikkita hukmdor tomonidan (masalan, Xivada Po’lat Sulton va Temir Sulton) boshqarildi. 0’zaro sulolaviy, taxt uchun kurashlar ayniqsa Elbarsxon va Anushaxon avlodlari o‘rtasida kuchayib ketdi. XVl asrda Abulg‘oziy ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kurashlar natijasida qisqa muddatga hokimiyatdan o‘nlab xonlar almashishgan. Natijada markaziy hokimiyat deyarli inqirozga uchragan edi. 0 ‘zaro kurashlar va siyosiy tanglik, o‘z navbatida iqtisodiy hayotning ham izdan chiqishiga sabab bo'ldi. XVI asrning ikkinchi yarmida hojimxon (Hoji Muhammadxon, 1558-1593, 1598~602-yy.) hukmronligi davrida Xorazmdagi o‘zaro urushlarga biroz barham berilib, tinchlik va osoyishtalik o‘rnatildi. Tarixiy manbalarda Hojimxonga ijobiy ta’rif berilib, «uni tajribali, adolatli, taqvodor hukmdor» bo'lganligi ta’kidlanadi. Uning hukmronligi davrida sug'orish va dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlariga jiddiy e’tibor qaratilib, tashqi savdo hamda munosabatlar rivoj topdi. Hojimxon hukmronligi davrida poytaxt Urganchdan Xivaga ko‘chirildi. Bunga asosiy sabab birinchidan, Amudaryo o'zanining o’z o’zanini o’zgarib Kaspiy dengizga oqmay qo‘yishi natijasida Urganch va uning atroflaridagi suv tanqisligi bo‘lsa, ikkinchidan, Xivaning bu davrda siyosiy va iqtisodiy mavqeyi ancha kuchayib, asosiy savdo markaziga ayIanishi edi. Poytaxt Xivaga ko‘chirilgattidan so‘ng davlat ham Xiva xonligi deb atala boshlandi1. Bu orada Buxoro hukmdori Abdullaxon2 shayboniylar davlatini qayta tiklashga muvaffaq bo'lib. Xorazm hududlarini shayboniylar ta- sarrufiga olish uchun harakat boshladi. Chunonchi, bir necha yurishlardan so‘ng, 1593-yilda Xorazm shayboniylar qo‘liga o‘tdi. Abdullaxondan mag‘lubiyatga uchragan Hojimxon Xivani tashlab, bir guruh navkarlari bilan Eronga qochdi va shoh Abbos (1587—1623) saroyidan panoh topdi. 1598-yilda Abdullaxon Il vafot etganidan so‘ng Hojimxon shoh Abbosdan ruxsat olib, Xorazmga qaytdi. Yangi sharoitda Urganch bilan Vazirni boshqarishni o‘ziga olib, Xiva bilan Katni Arab Muhammadxonga, Hazoraspni lsfandiyor Sultonga berdi. 1600-yilda Hojimxon Urganch va Vazir qa’lalari boshqarishini o'g‘illariga topshirib, o‘zi Xivada kichik o‘g‘li Arab Muhammadxon bilan qoldi. 1601-yilda Hojimxon 83 yoshda vafot etgach, taxtga uning o‘g‘li Arab Muhammadxon (1602-1621 -yy.) o'tirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |