Urganch Davlat universitetida o‘tkaziladigan “Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining nizomi



Download 49 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi49 Kb.
#898494
Bog'liq
NIZOM Yosh notiqlar(1)


“Tasdiqlayman”
UrDU rektori__________B.I.Abdullayev
____ ______________ 2021- yil


Urganch Davlat universitetida o‘tkaziladigan
Yosh notiqlar” ko‘rik-tanlovining
NIZOMI

  1. Ko‘rik-tanlovning maqsadi, mazmuni

Bugungi kunda Respublikamizda ona tilimizga e’tibor Davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yana ham yuqori bosqichga olib chiqildi. Jumladan, O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini tubdan oshirish, unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarga sadoqat, ulug‘ ajdodlarimizning boy merosiga vorislik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini to‘laqonli joriy etishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktabrdagi PF-5850-son Farmoni bu boradagi islohotlarning asosiy negizi bo‘ldi. Ushbu farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va keng jamoatchilikning o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun — 21-oktabr sanasini “O‘zbek tili bayrami kuni” deb e’lon qilish to‘g‘risidagi taklifning ma’qullanishi esa o‘zbek millati uchun o‘z tilining qadr-qimmati yuksalishiga yana bir misol bo‘ldi.
Prezident farmonida mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan to‘liq va to‘g‘ri foydalanishga erishish; ta’lim muassasalarida davlat tilini o‘rgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish; davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish; davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmog‘ida munosib o‘rin egallashini ta’minlash, o‘zbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish; davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq holatlarni muntazam va har tomonlama o‘rganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish kabi masalalarga chuqur e’tibor qaratilgan. Ana shulardan kelib chiqib, universitetimiz talaba-yoshlarini ona tilimizga, xususan, o‘zbek tilida ravon va to‘g‘ri so‘zlashga, notiqlik san’atini egallashga bo‘lgan havaslarini yana ham kuchaytirish, o‘zbek tilimiz rivojiga hissa qo‘shgan notiq, so‘z san’atkorlari ijodini o‘rganish, targ‘ib qilish, ularning asarlaridagi notiqlik, nutq madaniyatiga oid bilimlarni egallash, davlat tilimizga bo‘lgan e’tibor va hurmatni yanada kuchaytirish ko‘rik-tanlovning asosiy maqsadi hisoblanadi.
II. Umumiy qoidalar
1. Ko‘rik-tanlov har oyda bir marta, har bir oyning so‘nggi o‘n kunligida o‘tkaziladi.
2. Har bir oy uchun ko‘rik-tanlov savollari moderator tomonidan yangilanib boradi.
3. Ishtirokchilar nutqining ravonligi, notiqlik mahorati va sahna madaniyati asosiy mezon hisoblanadi.
4. Tanlov 2 bosqichda amalga oshiriladi. (1-bosqich-fakultet bosqichi; 2-bosqich- universitet bosqichi)
5. Birinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan talaba universitet bosqichida qatnashadi.
6. Ikkinchi bosqichda g‘olib bo‘lgan talaba universitetimiz ma’muriyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
III. Ko‘rik-tanlov shartlari
1. Birinchi shartda har bir ishtirokchi o‘zi haqidagi barcha ma’lumotlarni she’riy yoki nasriy yo‘l orqali bayon qiladi. Bu shartdagi asosiy mezon talabaning notiqlik mahoratini qay darajada egallaganligiga qaratiladi. Vaqti 5 minutgacha.
2. Ikkinchi shartda konvertda oldindan tayyorlab qo‘yilgan, avvaldan ishtirokchilarga ma’lum qilinmagan nutqiy mahoratni yanada oshiruvchi va sinovchi savollar mavjud bo‘ladi. Asosiy maqsad notiq ishtirokchining oldindan hech kimga ma’lum bo‘lmagan, to‘satdan berilgan mavzuga qay daraja to‘g‘ri, aniq va tez javob bera olishi inobatga olinadi. Vaqti 5 minutgacha.
3. Talabalarni baholashda hakamlar hay’ati talabaning sahnadagi kiyinish madaniyati, nutq jarayonidagi qo‘l harakatlari, o‘zini tuta bilish odobi, savollarni to‘gri tushunib, aniq va tez javob bera olishi, fikrlash qobiliyati, kitob tanlash va kitob o‘qish madaniyati, so‘z boyligi, uslubiy va orfoepik xatolarni qilmasligi inobatga olinadi.


IV. G‘oliblarni taqdirlash
1. Ko‘rik-tanlovning universitet bosqichida 1,2,3-o‘rinlar aniqlanib, g‘oliblar kitoblar jamlanmasi bilan, yil yakunida o‘tkaziladigan final o‘yinida 1-o‘rinni olgan talaba noutbuk bilan taqdirlanadi.
2. Tanlovning fakultet bosqichi g‘oliblari dekanatlar tomonidan taqdirlanadilar.
3. G‘olib ishtirokchilarning ilmiy rahbarlari universitet rektorining faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi.


Filologiya fakultet dekani dots. G‘ayipov D.Q.
O‘zbek tilshunosligi” kafedra mudiri dots. Primov A.I.
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovini Yangiboyeva S.R
Ko‘rik-tanlov moderatori, o‘qituvchi Raximova M.X.
Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish