9-MA’RUZA
GRAMMATIK MEYOR VA TARJIMA
REJA:
1. Asl matn tili va tarjima tili orasida grammatik o’xshashlikning kamdan-kam uchrashi.
2. Asl matn tili va tarjima tili o’rtasidagi grammatik tafovutlar turlari.
3. Rod kategoriyasi va tarjima
4. Sifatdosh va infinitiv konstruksiyalar tarjimasi
1. Asl matn tili va tarjima tili orasida grammatik o’xshashlikning kamdan-kam uchrashi
Biror bir tilning grammatik hodisalar majmuasi o’sha tilning qurilish qonuniyatlari bilan bog’liq bo’lib, boshqa bir tilning grammatik hodisalaridan farq qiladi. Ayrim hollardagina ikki tilning grammatik hodisalari o’rtasida o’xshashlik yoki bir xillik uchrashi mumkin. Tarjimaning morfologiya hamda sintaksis sohasidagi grammatik vazifalari shundan kelib chiqadi. Tarjimachilik sohasidagi tadqiqotlarda tillarning grammatik qurilishidagi farqlarning alohida o’rin tutishi ham shu bilan belgilanadi. Tarjima jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadigan bunday farqlar har bir tilning o’ziga xos xususiyatlari borligidan kelib chiqadi.
Tarjimaning maqsadi ma’no birlamchiligini hisobga olgan holda asl matnning grammatik shaklini emas, balki bu shakl orqali ifodalangan fikrni qayta tiklashdir. Bu jarayonda boshqa grammatik vositalar qo’llanilishi mumkin. Ayrim hollarda asl matndagi grammatik shaklining ba’zi xususiyatlari – masalan, shaklning qisqaligi, u yoki bu so’z turkumining ko’’ qo’llanilishi, so’z birikmalari yoki ga’lar tuzilishining bir xilligi – ma’lum bir stilistik vazifani bajarib kelishi mumkin. Bunday hollarda tarjimaning maqsadi ushbu xususiyatlarni to’g’ridan-to’g’ri tiklash bo’lmasada, bu xususiyatlar funktsiyasini tarjima tilining o’xshash vositalari yordamida qayta tiklashdan iborat bo’ladi.
Tillarda shunday xususiyatlar ham borki, ular chet tilni o’rganishda, u yoki bu matn ma’nosini tushunishda birmuncha qiyinchiliklar tug’dirishi mumkin. Ammo ularni tarjima qilish ancha oson kechadi, chunki bunday grammatik shakllarini tarjima qilishning ma’lum darajada bir xil usuli mavjuddir. Bunday grammatik shakllarga roman va german tillarida mavjud Accusativus cum Infinitivo deb atalmish to’g’ri to’ldiruvchi bilan infinitivning birikuvi kiradi, masalan:
(137) frantsuzcha: Je le vois venir.
tarjimasi: Ya viju, kak on idet.
Men uni borayotganini ko’ryapman.
(138) nemischa: Ich sah ihn arbeiten.
tarjimasi: Ya videl, kak on rabotal.
Men uni ishlayotganini ko’rdim.
Bunday shakllar rus tiliga odatda ergashgan qo’shma gap bilan tarjima qilinib, ergash ga’ning egasi sifatida asl matnning to’g’ri to’ldiruvchisiga monand ot (olmosh) kelsa, kesim sifatida asl matnning infinitiviga mos fe’l turadi. O’zbek tiliga esa bunday shakllar sodda ga’ bilan tarjima qilinadi, asl matnning to’g’ri to’ldiruvchisi to’g’ri to’ldiruvchi bilan, infinitiv esa sifatdosh bilan o’giriladi.
Tarjima nazariyasida shak-shubhaga o’rin qoldirmaydigan bir umumlashma borki, uni tarjimaning konkret grammatik masalalarini tahlil qilishdan oldin aytib o’tish lozim: formal-grammatik nuqtai nazardan aniq tarjima qilib bo’lmaydi, chunki tillarning grammatik shaklllari orasida absolyut o’xshashlik bo’lishi mumkin emas. Ko’’ hollarda tarjima tilning so’zlar birikuvi normasiga to’g’ri kelmaydi, ba’zan stilistik jihatdan farq qiladi. Asl matn bilan tarjima matnida biron bir gap tarkibidagi so’z tartibi, so’zlar soni, ularning grammatik kategoriyalari va asosiy lug’aviy ma’nolarining bir xil bo’lishi yanada kamroq uchraydigan holdir.
Shuning uchun tarjimada grammatik aniqliqdan chekinish juz’iy va tasodifiy emas, balki umumiy va tabiiy hodisadir.
Formal-grammatik jihatdan aniq tarjima deb ikkala matn (asl matn va tarjima matni) da so’z tartibi, so’zlarning grammatik bog’lanishlari va grammatik kategoriyalarining bir xilligini tushungan holda tarjimaning konkret grammatik masalalarini tahlil qilishga o’tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |