Urganch davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti gid hamrohligi va tarjimonlik yo


Buxoro - Islom madaniyati poytaxti



Download 0,76 Mb.
bet7/10
Sana04.06.2022
Hajmi0,76 Mb.
#636595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Buxoro shahridagi madaniy meros obyektlari

Buxoro - Islom madaniyati poytaxti


Muqaddas Buxoro O‘zbekistonning sayyohlik durdonalaridan biridir. Tarixiy shahar markazi YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Shaharning yoshi 2500 yildan oshgan.

Eng yaxshi diqqatga sazovor joylar


Qadimiy sharqona ertakning muhitiga tushib qolishni istasangiz, Buxoroning eng diqqatga sazovor joylarini ziyorat qiling:
✔️Poi-Kalon meʼmoriy yodgorlik;
✔️Ark qalʼasi;
✔️ Somoniylar maqbarasi;
✔️ Chashmai Ayub maqbarasi;
✔️ Magaki-Attari masjidi.
✔️ Mirzo Ulug‘bek madrasasi,
✔️ Miri-Arab madrasasi,
✔️ Lyabi-Xauz ansambli va boshqalar.
Buxoroning 7 piri
Buxoro – Naqshbandiya tariqati yettita buyuk so‘fiylarining vatanidir. Tasavvufning buyuk vakillari bu yerda yashab, diniy va ijtimoiy faoliyat olib borib, muborak Buxoroning vujudga kelishi va gullab-yashnashi, maʼnaviy tarbiya va hissiy ruhni yuksaltirishga o‘z hissalarini qo‘shganlar. Bu yerda muqaddas so‘fiylarning dafn etilgan joylari – pirlar, islomiy ziyoratgohlar saqlanib qolgan. Buxoroga ziyoratga kelganlarning ko‘pchiligi o‘z safarlarini Naqshbandiya taʼlimotiga asos solgan maʼnaviy ustoz Xo‘ja Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasini ziyorat qilishdan boshlaydilar. Abduxoliq G‘ijduvoniy payg‘ambarning o‘ninchi avlodi bilan maʼnan bog‘liq. Maqbara ayvonining o‘nta ustun va tayanchi o‘ninchi avlodga ishora.
Xo‘ja Abdulxoliq G‘ijduvoniy davrida maqbara chillaxona vazifasini o‘tagan bo‘lib, u yerda qirq kunlik jazirama issiq davrda odamlar ibodat qilish uchun kelgan. Vaqt o‘tishi bilan muqaddas ibodat joyi ardoqli ziyoratgohga aylanadi.
Aqin o‘tmishda maqbara tashlandiqqa aylangan edi. Maqbara bugungi namunaviy shaklga ega bo‘lishi uchun bir necha zamonadan omon o‘tib kelishi kerak bo‘ldi. Hozirda Abduxoliq G‘ijdunoniy maqbarasi qadimgi Sharqning bir qismi, er va osmon orasidagi rishta hisoblanadi.
Xo‘ja Muhammad Orif ar-Revgari maqbarasi murshid Xo‘ja Orif Revgariyning dafn etilgan joyidir. U XII asrning o‘rtalarida Revgar qishlog‘ida tug‘ilib, buyuk murshid Abduxoliq G‘ijduvoniyning muridi bo‘lgan. Buyuk ustozning vafotidan so‘ng, u qolganlarga ruhiy murabbiy bo‘lish uchun ruxsat olgan. Umrining oxirigacha faol diniy faoliyat bilan shug‘ullangan. Baland ovozda zikr qilishni xush ko‘rgan. Xo‘ja Orif 150 yil umr ko‘rganligi haqida afsonalar mavjud. U Buxoro viloyatining Shofirkon qishlog‘ida dafn etilgan.

Download 0,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish