Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti


Kurs ishining ob’ekti va predmeti



Download 0,78 Mb.
bet2/5
Sana03.06.2022
Hajmi0,78 Mb.
#631948
1   2   3   4   5
Bog'liq
J,Bikajon

Kurs ishining ob’ekti va predmeti. Diniy turizm tasnifi o’rganish ob’ekti bo’lsa, turizmni rivojlantirish usullari kurs ishi predmetidir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi turizmda diniy turizmni rivojlantirish va uni mukammal o’rganish va umumiy, kengroq ma’lumot berishdan iborat.
Qo’yilgan maqsad quyidagi vazifalarni bajarishni taqozo etadi:

  • Diniy turizmni o’rganish;

  • Diniy turizmni rivojlantirish imkoniyatlari o’rganish;

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi. Ish kirish, ikki bob, xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 44bet, shundan asosiy matn 27 bet. Matnda jadval, 2 ta rasmlar joy olgan, 15 nomdagi adabiyotlar va 8 dan ortiq internet manbalari keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishning ob’ekti va predmeti, maqsadi va vazifasi yoritilgan. Ishning xulosa qismida kurs ishi natijalari umumlashtirilgan.


I BOB O'ZBEKISTON HUDUDIDAGI TUROPERATORLARNING FAOLIYATI

    1. Turoperatorlik xizmatida axborot

Turoperator bu– tijorat maqsadi uchun turizm mahsulotini sotishga taklif etuvchi, uni tayyorlash va rejalashtirishda bevosita ishtirok etuvchi turizm bozorini faol sub’ekti hisoblanadi. Turoperator o‘z faoliyati davomida vakolat imtiyoziga ega haridor agentlari nomidan turistik xizmatlarni bir necha muddat ilgari harid etish, bronlashtirish, o‘zlashtirish, turpaketlar hozirlash jarayonlarini ham amalga oshiradi.
Turoperator – turistik paket ishlab chiquvchi sifati u turistik yo‘nalishlar ishlab chiqish va turlar komplektatsiyasi bilan shug‘ullanadi, ularning amal qilishini ta’minlaydi, reklamani tashkil qiladi, bu yo‘nalishlar bo‘yicha narxlarni hisoblaydi, turlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki turistik agentliklar vositasida turistlarga sotadilar. Turoperator turistlarni turli turistik xizmatlardan tanlash imkonini ta’minlab beradi va bir vaqtning o‘zida boshqa shahar va joylarda xizmat ko‘rsatishga buyurtma berish vazifasini o‘z zimmasiga olib osonlashtiradi.
Turoperatorlar turizm industriyasida maxsus rolni bajaradilar. Ular turmahsulotlarni (joylarni-samolyotda, nomerlarni-mehmonxonada) sotib oladilar, turistik xizmatlar paketini shakllantiradilar va foyda olish maqsadida turli to‘g‘ri yoki bilvosita foydalanuvchilarga (turistlarga) sotadilar. Turoperator turistik xizmatlarni alohida ham sotishi mumkin. Bu yo foyda olish, yoki zaruriyat yuzasidan qilinadi. Masalan, imtiyozli narxlarda sotib olingan samolyotdagi joylar sonini to‘ldirish uchun u chiptalarni ham sotishi mumkin va bunda u vositachi sifatida bo‘ladi.
Birinchi holda turoperator turistik paketni shakllantirayotganda u turmahsulotlar ishlab chiqaruvchisi sifatida faoliyat yuritadi. Ikkinchi holda, turoperator xizmatlarini alohida sotayotganda turistik xizmatlarning ulgurji dileriga aylanadi. Bu holat turoperator ishlab chiqaruvchidan turistik paketni shakllantirish uchun keragidan ortiqcha turistik xizmatlar sotib olganda bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, hozirda ommaviy (ko‘p) sotib olgani uchun mehmonxonalar va xizmatlar yetkazib beruvchilar orasida tegishli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsuslashgan ulgurji turoperatorlari mavjud.
O‘zbekiston Respublikasi «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turistik firma bajaradi. Yo‘llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat – vaucherdir).
Turoperatorlik faoliyatida xizmat ko‘rsatishni shakllantirish va sotish jarayonlarida turoperatorlarning turni ishlab chiqishdagi tashkiliy bosqich ishlari quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi:
1. Imkoniyatlar tahlili;
2. Talabni o‘rganish;
3. Istiqbolni rejalashtirish;
4. Xizmatlarini ta’minlovchilar bilan shartnomalar tuzish;
5. Tashuvchilar bilan shartnomalar tuzish;
6. Putyovka (yo‘llanma) bahosini ishlab chiqish va realizatsiya qilish;
7. Turni tovar-metodik jihatdan ta’minlash;
8. Turistlarni o‘tuvchi hujjatlari bilan ta’minlash;
9. Realizatsiya;
10. Reklama va axborotlar;
11. Mutaxassis kadrlar tayyorlash;
12. Marshrutga kadrlar tayyorlash;
13. Turni o‘tkazish va xizmat ko‘rsatish sifati yuzasidan nazorat o‘rnatish.
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik safarlarni sotish hajmini o‘stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan, chiqish turizmining hududiy bozoriga kirib boradi. Bu bilan o‘z xodimlarini ta’minlash harajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. O‘z navbatida turagent safarlarni oxirgi iste’molchisiga sotib bergani uchun vositachiligiga komission mukofat oladi.
Uning hajmi odatda sotilgan turistik mahsulot bahosiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko‘paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko‘proq turistik xizmat sotilganda). Komission mukofat turagentlikning asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Turoperator har doim sotish uchun turmahsulot resursiga ega bo‘ladi, turagent bo‘lsa mijoz sotib olish istagini bildirgan holdagina ma’lum xizmatlarni talab etadi. Biroq amaliyotda ba’zan turoperator va turagent orasidagi farqni ajratib bo‘lmaydi, chunki har ikkalasi o‘xshash vazifalarni hal qilishlari mumkin. Masalan, firma turoperator sifatida yo‘nalishlar ishlab chiqishi, turistlar va boshqa agentliklarga sotishi ham mumkin. Xuddi shu vaqtda aynan shu turistik tashkilot turagent sifatida boshqa firmalardan xizmatlar sotib olishi va turistlarga sotishi ham mumkin.
Turistik agentliklar (turagent) – bu iste’molchiga, ya’ni turistga yoki mijozlarga ayrim turistik xizmatlar va turlarni chakana sotish funksiyasini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Agentlashtirish sohasida faoliyatning bir nechta turlari farqlanadi, shaxs nomidan va korxonaning topshirig‘i bo‘yicha turlarni sotish. Mohiyatan bu turli xildagi turoperatorlarning «turistik yo‘llanmalar do‘koni» dir.
Turoperatorning yana bir ahamiyatli jihati shundaki, u turistlar uchun iqtisodiy qulay bo‘lgan turistik paketlarni shakllantirish uchun oladigan xizmatlarining narxi o‘zgarishidan kafolatlana olish qobiliyatiga ega. Ulgurji turoperator narxlari har doim mehmonxonalar narxlaridan arzon bo‘ladi. Ammo baribir turoperatorlar mahsulotlarning keng ko‘lamining ulgurji sotuvchisi sifatida emas, balki yangi mahsulotlar ishlab chiqaruvchi sifatida ko‘rib chiqish lozim. Shunda u haqiqatga to‘g‘ri bo‘ladi, turoperatorning asosiy faoliyati turlar yoki turpaketlarni shakllantirishdan iboratdir.
Turistik yo‘llanmada doimo bunday sotishni amalga oshirgan turoperator va turagentning barcha rekvizitlari to‘liq ko‘rsatiladi, agentlik foizi tushunchasi bor bo‘lgan mamlakatlarda, agentlik foizining summasi doimo turistik xizmatlarning cheki yoki vaucherida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday mamlakatlarda yo‘llanmalar vaucheri bo‘lib, unda kassa apparatidagi ma’lumotni yozib qo‘yish uchun maxsus xoshiya mavjud. Bunday holda agentlikning o‘zi barcha oqibatlari va javobgarlikni bo‘yniga olgan holda turoperatorlik funksiyasini bajaradi.
Valyuta operatsiyalarida imtiyozlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch-Xiva yo‘nalishlarida yo‘llarni obodonlashtirish, servis xizmatlarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish, shahardan tashqarida joylashgan turistik ob’ektlar uchun kommunikatsiya tarmoqlari to‘lovi bo‘yicha imtiyozlar berish, turistik inshootlar qurilishi bo‘yicha tenderlar o‘tkazish, turistlar bo‘ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at, xalq ijodkorligi buyumlari, reklama mahsulotlarini tayyorlash-sotishda shahobchalar tashkil etish, xorijda turistik vakolatxonalar ochish ham mazkur qarorda belgilab qo‘yilgan vazifalar edi.
Shuningdek, xalqaro turizmni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarning o‘z vaqtida hal etish uchun javobgarlik «O‘zbekturizm» MK, «O‘zbekiston havo yo‘llari», «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyalarining, Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklarining, chegara va bojxona xizmatlarining rahbarlari zimmasiga yuklatildi.
Sivilizatsiyaning rivojlanishi dam olishning uzayishi va uning davomli tarkibiy o‘zgarib turishi bilan chambarchas bog‘liq. Ayni damda ish suratining oshishi, hayot ritmining tezlashishi, ekologik holatning o‘zgarishi insonni tang holatga solmoqda, jismonan hamda ruhan toliqtirmoqda. Shu sababli animatsiyaga ehtiyoj sezilmoqda, ya’ni uning yordamida kishining ichki va jismoniy kuchini qaytadan tiklash mumkin. Shu sababdan u keyingi yillarda barqirab rivojlanib bormoqda.
Kishining ma’naviy, ruhiy, jismoniy tiklanishida ko‘ngil ochar dasturlar yuqori saviyada, mohirlik bilan ijro etilishi talab etiladi. Xordiq chiqarish professional va oilaviy masalalarni hal etishda, o‘ziga ishonch hosil qilishda, hayotga ijobiy qarashda, shu bilan birga inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashda yaqindan yordam beradi.
O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi animatorlik xizmatlari zamonaviy xizmat turlari sifatida talqin qilinib, unga talab turistik firmalar tomonidan ortib bormoqda. Bunda teatr va folklor guruhlari tomonidan tashkil etilayotgan turli xildagi dasturlar fikrimizning isbotidir. Hozirgi zamonda turizm nafaqat tinchlik elchisi, balki xalqlar o‘rtasida madaniyat va san’at namunalarini targ‘ib qiluvchi kuch hisoblanadi.
Mustaqillikka erishgach boshqa sohalarda bo‘lgani kabi turizm sohasida ham malakali kadrlarni yetishtirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Shu munosabat bilan respublika oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollejlarida mutaxassis kadrlarni tayyorlash dolzarb masala hisoblanadi.
Ushbu fan dasturi animatorlik xizmatini tashkil etishning asosiy tushunchalarini yoritishga qaratilgan.
«Animatorlik xizmatini tashkil etish» fanini o’qitishdan maqsad – animatorlik xizmati mohiyatini ochib berish, uning rivojlanishi, hozirgi kundagi ko‘rinishlarini aniqlab olish, animatorlik xizmatining iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy ahamiyatini yoritib berish, mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda animatorlik biznesining yo‘lga qo‘yilganini o`rgatish hamda egallangan bilimlar bo`yicha ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning asosiy vazifalari ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda talabalarga fan bo`yicha o`qitiladigan asosiy mavzulari va ularning mohiyatini o`zlashtirish, fanning boshqa fanlar bilan bogliqligini aniqlash va bugungi sharoitda oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida, animatsiyaning tipologiyasi, tarixi, ijtimoiy-madaniy servis va turizmdagi o‘rnini belgilab berish. Animatsiya turlari va animatsiya dasturi tarkibiy qismlarini izoxlashdan iborat. Shu bilan birga animatsiyaning texnologiyasini ishlab chiqish bilan birga animatsion dasturini ishlab chiqishdan iborat. Jumladan, yosh bolalar, o‘smirlar, kattalar hamda nuroniylarga qaratilgan animatsion dasturlarni o‘rgatish vazifa sifatida aks ettirilgan. Bundan tashqari animatsiya dasturini mehmonxona, restoran, bar, muzey, park va xiyobonlarda tashkil etish haqida chuqur bilimlarni egallash hisoblanadi.
«Animatsiya» so‘zilotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, (anima-shamol, havo, jon; animatus – jonlantirish) ya’ni jonlantirish, ruhlantirish, hayotiy kuchga rag‘batlantirish, faollikka undash degan ma’noni anglatadi.
«Animatsiya» atamasi birinchi marta XX asrda Fransiyada turli assotsiatsiyalar tuzish haqidagi qonun joriy etilishi munosabati bilan badiiy ijodiyotga, madaniyatga jonli qiziqishni uyg‘otishga qaratilgan faoliyat sifatida talqin etildi.
Animatsiya – bu o‘ziga xos xizmat turi bo‘lib, u xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadini nazarda tutadi va shu bilan birga u mehmonlarni ularning tanish bilishlarini qayta jalb etib, turistik biznesning foydali va daromadligini oshirish uchun turizm bozorida turistik mahsulotlarning sotilishini tezlashtirish maqsadini ko‘zlagan o‘ziga xos reklamaning biror shakli bo‘lib hisoblanadi.
Turizm sohasida animatsiya o‘zida animatorlarning turistlar bilan birga bo‘ladigan bo‘sh vaqtida rasmiy va norasmiy rahbarlikning qo‘shilishi asosida o‘zaro hamkorlikni amalga oshiruvchi mutaxassislar yo‘l boshchiligini anglatadi. Bunday o‘zaro hamkorlik natijasida ushbu jarayon ishtirokchilarining sog‘lomlashtirish, madaniy-ijodiy, ta’limiy ehtiyojlari va qiziqishlari qondiriladi.
Shaxsning atrof-muhit voqeyligini o‘zida his etish unga munosabatini shaklalntirishda ijtimoiy faolligi uchun sharoit yaratadi.
Animatsiya – bu turistik faoliyatning xilma-xilligi bo‘lib, u turistik korxonalar (turkomplekslar, mehmonxonalar, sayohat kemalari, poyezdlar va h.k.)da amalga oshiriladi. Qaysikim, u bo‘sh vaqt uchun ishlab chiqilgan maxsus dasturda ishtirok etish orqali turistlarni turli xil tadbirlarga jalb qiladi.
Animatsiya turli xil harakterli qirralarga ega bo‘lib, u quyidagilardan iborat bo‘ladi:

  • bo‘sh vaqtda amalga oshiriladi;

  • erkin anglanishi, ko‘ngilligi, ham bir kishi, ham turli ijtimioy guruhlar tashabbusi, faolligi bilan farq qiladi;

  • milliy, diniy, hududiy xususiyatlari va an’analar bilan bog‘langan;

  • kattalar, yoshlar, bolalar turli qiziqishlari asosida xilma-xil turlari bilan harakterlanadi;

  • o‘ta shaxsiyligi, rivojlanuvchanligi, sog‘lomlashtirish va tarbiyaviy harakterdaligi bilan ajralib turadi.

Animatsion faoliyatning to‘liq mohiyatini tushunish uchun uning mazmuni, maqsadi va vazifasini qarab chiqish zarur. Chunki animatsion xizmat o‘zida alohida jarayonni mujassam etib, qaysikim u mohiyati aniq qonuniyatlar bilan shartlanadi (mavzuyeligi, hissiyotliligi, faolligi, maqsad sari intiluvchanligi va h.k.). Animatsion jarayonlar, ular oldida turgan maqsad va vazifalar quyidagi tarzda ifodalanishi mumkin (1-rasm).



A nimator




Turist




Samara, manfaat (tanishish, madaniy-oqartuv, sog‘lomlashish, takomillashish
















Ta’sir vositasi




























Hayotiy kuch, faollik, ruhlantirish, ma’naviy oziqqa rag‘batlantirish







Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish