1.2 TUROPERATORLIK XIZMATIDA ANIMATORLIK FAOLIYATI
Takidlash joizki, animatsion jarayon davomida animator turistlarga voqea sodir bo‘lgan ob’ektlarni ko‘rishga yordam beradi. Bu ma’lum mavzuda berilgan voqeani tomoshabin sifatida qabul qilish imkonini beradi. Zarur axborotlarni eshitish yoki ko‘rganlarini musiqa ostida to‘ldirish, o‘zi xuddi shunday qilib ko‘rishga urinish, jarayonga qo‘shilish, amaliy ko‘nikmalarni egallash.
Animatsion faoliyat mohiyatining tahlili unda o‘ziga xos uchta darajani belgilovchi turli xil elementlar mavjudligini aks ettiradi.Qaysikim, uni shunday klassifikatsiyalash mumkin:
• ijodiy – faoliyatda ijodiy momentlar ustunligi;
• reproduktiv – ilgarigi shakllari va usullarda qaysi ishlangan tayyorlarni oddiy takror ishlab chiqarish;
• reproduktivli – ijodiy – kishi o‘zi uchun yangi deb bilganni kashf etishi, qaysikim aslida ob’ektiv yangi hisoblanmaydi.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, animatsiyani to‘laqonli rekreatsion, ijtimioy-madaniy, bo‘sh vaqt va kishining boshqa faoliyatiga uning hayotiy kuchi ta’siri yo‘li bilan jonlantiruvchi va ruhlantiruvchi rag‘bat sifatida belgilash mumkin.
Turistik animatsiya – turistik xizmatlar bo‘lib, u ko‘rsatilishi chog‘ida turist ham birgalikda faol harakatga jalb etiladi. Turistik animatsiyada turanimator (animator) turist bilan shaxsiy insoniy aloqalarga asoslanadi, ya’ni insoniy yaqinlik, animator va turistni turkompleks taklif etgan animatsion dasturning ko‘ngil ochish tadbirlariga jalb etadi.
Animatsion mehmonxona xizmatlari mehmonlarni otelga jalb qilishning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi va turistning mehmonxona ishiga ijobiy baho berishiga ta’sir o‘tkazadi. Bu mehmonxonaning mehmonga o‘ziga xos qo‘shimcha xizmat ko‘rsatishi bo‘lib, uni shunday o‘ziga rom qilib oladiki, turistda ijobiy hissiyotlar uyg‘onadi, unda mehmonxonada dam olishdan qoniqish hosil bo‘ladi va unda ushbu mehmonxonaga yana kelish istagi tug‘iladi.
Turistik animatsiya – turistik korxonalar o‘xshash faoliyatining ajralmas muhim qismidir (mehmonxonada, restoranda, yirik teploxoda va h.k.). Bu nafaqat zavq-shavq, ko‘ngil-xushlik, turistik faoliyat kasbining yuqori darajadagi ifodasi va turistik mahsulotning muhim tarkibiy qismi hamdir. Shuning uchun, turistik korxonalar boshqa har xil faoliyatlar singari animatsiya rejalashtirilgan, aniq tartibga solingan va boshqariladigan faoliyatni tashkiliy jihatdan puxtaishlab chiqishga asoslanadi, moddiy, moliyaviy va kadrlar resurslari bilan ta’minlanadi.
Turistik animatsiyaning pirovard maqsadi bu turistning dam olishi, yaxshi kayfiyati, ijobiy taassuroti, aqliy va jismoniy kuchini tiklashi hisoblanadi. Turistik animatsiyaning muhim rekreatsion funksiyasi ana shundan iborat. Turistik animatsiyaning ahamiyati uning sifatini ko‘tarish, turistik mahsulotning xilma-xilligi va jozibadorligi, doimiy mehmonlar sonini ko‘paytirish, turistik mahsulotga bo‘lgan talabni rivojlantirish, turistik korxona moddiy-texnika bazasiga yuklanishni o‘stirishdan iborat. Shular orqali undan foydalanish samaradorligini oshirish va nihoyat turistik faoliyat rentabelligi va daromadligini ta’minlashdir.
Turistik animatsiyaning uchta asosiy funksiyasi mavjud bo‘lib, u (davolash, sog‘lomlashtirish va bilish) amalda bevosita ikki funksiyani bajaradi, ya’ni sport – sog‘lomlashtirish va bilishdir. Bilvosita tegishli tarzda davolash funksiyasini ham bajaradi. Animatsion ish tajribasida maqsadli konstruktiv dastur uchun turistik animatsiyaning quyidagi funksiyalarini ajratish mumkin:
• adaptatsiya funksiyasi, kundalik tashvishlardan erkin, holi bo‘lib, bo‘sh vaqtga moslashishga imkoniyat yaratadi;
• kompensatsiya funksiyasi, kishini kundalik turmushdagi ruhiy va jismoniy charchoqlardan xolos qiluvchi;
• barqarorlashtirish funksiyasi, ijobiy hissiyot va ruhiy barqarorlikka rag‘batlantiruvchi;
• sog‘lomlashtirish funksiyasi, kishining kundalik turmush faoliyatida (mehnatida) susaygan jismoniy quvvatini qayta tiklash va rivojlantirishga qaratilgan;
• axborot funksiyasi, odamlar, region (mintaqa)lar, mamlakatlar va h.k. haqida yangi ma’lumotlarni olishga imkon beruvchi;
• ta’limiy funksiyasi, atrof-muhit va olamdan olingan yangi bilim, ko‘nikmalar va yorqin taassurotlarni mustahkamlashga, bilimni boyitishga imkon beruvchi;
• takomillashtirish funksiyasi, jismoniy va intellektual takomillashuvga olib keluvchi;
• reklama funksiyasi, animatsion dastur orqali turistni mamlakat, region (mintaqa), turkompleks, mehmonxonalar, turfirmalar va h.k. haqida reklama tashuvchiga aylantirish imkonini beruvchi.
Olimlarning ta’kidlashicha, zamonaviy sivilizatsiya rivojlanishi ilmiy va texnologik taraqqiyotga juda ham bog’liq emas, balki balki insonlarni takomillashtirishga ko’proq bog’liq. Shu munosabat bilan, "...shaxsni rivojlantirish, uning barcha asosiy vakolatlari nafaqat insonparvar ideal, balki jamiyatni rivojlantirishning zaruriy masalasi bo'ladi".
Ishlab chiqarish va dam olish muassasalari sohasida shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni faol rivojlantirish shaxs manfaatlari, uning siyosiy, madaniy va ma'naviy rivojlanishehtiyojlariga bog'liq.
Bo'sh vaqtni tushunish uchun yondashuvlarning hech biri to'liq emas. Uning o'zida uchta pozitsiya bor:
1) ishlash uchun bo’sh vaqtning bo’lishi,bunda bo’sh vaqt tushunchasi "dam olish" uchun emas, balki biror bir ishni bajarish uchun qabul qilinadi;
2) "Bo'sh" va "bo'sh vaqt" tushunchalarini aniqlash;
3) hordiq–bo’sh vaqt, shaxsni rivojlantirish biln bog’liq bo’lmagan dam olish va o'yin-kulgi.
Bo'sh vaqt - (kun, hafta, yil davomida) ishdan tashqari vaqtning bir qismi, jamoaviy insonlar (guruh, jamoa) uchun doimiy, zaruriy xarajatlar. Bo'sh vaqt tarkibida faol ijodiy faoliyat (shu jumladan ijtimoiy), o'rganish; o'z-o'ziga ta'lim; madaniy (ma'naviy) iste'mol (kino, gazeta, kitob, ziyorat o'qish va hokazo); spor; bolalar bilan o'ynash; insonlar bilan aloqa kabilar bo’lishi mumkin.
Qadim zamonlardan beri madaniy hordiq, turli uchrashuvlar maqsad va ehtiyojlarni qondirishning bir yo'lidir, deb qaralgan.
Biz turistlarning bo'sh vaqtlarini tavsiflash imkonini beruvchi umumiy qoidalarni sanab o’tamiz:
1. Umuman olganda bo’sh vaqtning paydo bo’lishi, shuningdek ushbu vaqtda qilish lozim bo’lgan majburiy vazifalarning mavjud bo’lmasligi.
2. Insolarning bo’sh vaqtlardagi faoliyati ob'ektiv sharoitlar, atrof-muhit va moddiy xavfsizlik, madaniy dam olish muassasalari, sayohatlar, mehmonxonalar va boshqalar bilan belgilanadi.
3. Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda odamlarning bo'sh vaqtini samarali o’tkazisheng muhim zaruriyatdir, deb aytish mumkin, shuning uchun bizning hayotimiz ma'naviy yangilanishlardan iborat.
4. Hordiq kishining turmush tarzidagi ajralmas qismi hisoblanadi. Shu munosabat bilan, kishining to'liq va mazmunli dam olishiuning faoliyat ko’rsatishi uchun muhim ahamiyatga ega. Mavjud sharoitlar insonning barcha maqsadlariniamalga oshirish uchun etarli emas, chunki inson talablarining qiymati juda yuqori darajada.
5. Bundan tashqari, albatta shaxs individual bo'sh vaqtida faoliyatni erkin tanlash huquqiga egadir. Shuning uchun, sayyohlik, dam olish, o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini anglash, aloqa, reabilitatsiya qilish bilan bog'liq shaxsning manfaatlarini amalga oshirish kabi ishlar amalga oshiriladi.Bularning barchasi turistik madaniy tadbirlarning muhim ijtimoiy qismi hisoblanadi.
6. Albatta, dam olish turli xil, qiziqarli, kulgili va oddiy bo'lishi kerak. Bunda mavjud imkoniyat va sharoitlardan foydalangan holda faol dam olish va ko'ngilochar tadbirlar shakllaridan foydalanish orqali erishish mumkin.
7. Biz o’zimizning bo'sh vaqtimizni mazmunli o’tkazish bilan birga boshqalarning ham vaqtini samarali o’tkazishga yordamlashishimiz lozim. Binobarin, bo'sh vaqtdan foydalanish samaradorligi odamlarning shaxsiy madaniy manfaatlariga va boshqalarga bog'liq.
8. Turistlarning bo’sh vaqtdagi faoliyati ularning qiziqishi, ijodiy aloqa,shaxsiy tashabbusi, tadbirlarda ko'ngilli ishtiroki, manfaatdorligi asosida belgilanadi.
Shu munosabat bilan, shaxslarning dam olishlarida turli xillik vatipologik farqlar mavjud. Shuning uchunchora-tadbirlarni amalga oshirishda, uning mazmunini ishlab chiqishda guruhlar, jamoalar va shaxslarning psixologiyasi, dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish lozim bo’ladi.
Bugungi kunda, turizmda turli xil madaniy tadbirlar tobora keng ko'lamni qamrab bormoqda. Kishilarning ma’naviy salohiyati ham yuksalib borayotganligini ko’rish mumkin. Bugungi kunda insonlarning shaxsiy tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o'yin-kulgi, o’z-o’zini rivojlantirish dasturlari tayyorlanmoqda va amalga oshirilmoqda.
XIX asr oxirida Amerikada dastlabki 8 soatlik ish kuni, bayramlar munosabati bilan dam olish kunlari va “Rekreatsiya” tushunchasi joriy etildi. Bu aholining ommaviy dam masalalarini hal qilishda muhim qadam bo’ldi.
“Rekreatsiya” so’zi Lotinchadan olingan bo’lib, yangilash va qayta tiklash ma’nolarini anglatadi.
Rekratsion turizm (dam olish va davolanish) bir qator davlatlarda ko‘proq ommaviy shakllardan hisoblanadi. Sayyohlar Ispaniya, Italiya, Fransiya, Avstraliyaga safar qilishar ekan, avvalo dam olish va davolanishni ko‘zda tutadilar. Turizmning bu turiga xos harakter sayyohatning davomiyligidir. Yo‘nalishga kiruvchi shaharlar sonining kamligi turistning bir joyda uzoq muddatda bo‘lishga imkon yaratadi. Ommaviy safarning boshqa xususiyati esa dam olish safariga borganda, sayyohning joylashishida xonaga bo‘lgan talabidadir.
Ma’lumki, ko‘ngilochish turizmi butunjahonda mashhurdir. Turizmning bu turi rang-barangligiga qaramay, uning turlari davomiyligi uncha katta emas, boru-yo‘g‘I 3-4 kun hisoblanadi. Yevropada mamlakatlarida rojdestvo bayrami – turlari keng tarqalgan.Bu turlarda sturi asosan ko‘ngilochish (bayram tadbirlariga, restoranlar, konsertlar va boshqalarga tashrif buyurish) tadbirlaridan iborat.
Animatsiya texnologiyasi. Texnologiya deyilganda animatorning mehnat usullari to‘plamini, ushbu mehnatni tashkil etish, moslama va asboblardan foydalanishni tushinish kerak. Animatsion dasturlarni yaratish va sotish (realizatsiya qilish) – murakkab jarayon va ko‘p rejalidir. Chunki u quyidagi vazifalarni hal etadi:
• animatsiya dasturlarini tuzish;
• dasturlar iqtisodiy qiymatini hisoblash;
• dasturlarni reklama qilish;
• ularni realizatsiya qilish;
• animatsion dasturlarni tahlil etgan holda ijodiy ravishda uni amalga tadbiq qilish.
Ushbu texnologik jarayonlar o‘zida butun bir tizimni mujassamlashtiradi va barcha komponentlar o‘zaro harakatda bo‘ladi.
Animatsion dasturlarni tuzish va realizatsiya qilish tizimi sifatida o‘zaro bog‘langan bir necha tizim osti vazifalar ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
• tizim osti tashkiliy ishlari – iqtisodiy, texnik, reklama bo‘limlarining birgalikdagi animatsion faoliyati komandasi (guruhi)ni tashkil etish;
• instruktorlik-metodik tizim osti – tadbirlar ssenariysini tuzish va qayta ishlash, ekskursiya matnlarini ishlab chiqish, sport o‘yinlari va musobaqalarini tanlab olish, tajribalarni umumlashtirgan holda metodik tavsiyalarni ishlab chiqish bilan poxodlarning marshrutlarini tuzish;
• tizim osti rejissyorligi – rollarni taqsimlash, repetitsiya rejasi, sahnalashtirish;
• texnik tizim osti – animatsion tadbirlar uchun maydon (sahna), rekvizitlar, dekoratsiya, yoritqichlar, musiqa kuylari, kostyumlar va boshqalarni tayyorlash.
Barcha tizim ostilar texnologiya tizimini tashkil etadi va animatsion xizmatning ishlashiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Animatsion faoliyat o‘ziga xos bo‘lgan qoidalar asosida harakat qiluvchi real va mutloqa o‘zgacha olamdir. Bu harakatni professionallar ya’ni kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassislar amalga oshirish jarayonida imkon qadar ko‘proq odamlarni jalb qilish uchun qo‘llashadi. Bu yerda animatsion faoliyatni ishlashining o‘ziga xos qonuniyati mavjud.
Animatsion dasturlar tuzish texnologik jarayoni o‘z ichiga quyidagi elementalarni kiritadi:
• faoliyat obektlari xizmat ko‘rsatiladigan aholi tashrif buyuruvchilar (alohida shaxslar va odamlar jamoalari);
• faoliyat subektlari: animatsion xizmatlar rahbarlari, mutaxassislari;
• animatsion xizmatning o‘zi (sub’ektning sub’ektga o‘zaro tasir jarayoni) uning butun komponentlari bilan.
Texnologik jarayonning hamma ishlash elementlari birgalikda va o‘zaro harakatda bo‘ladi hamda yagona tizimni tashkil qiladi. Ushbu tizimda asosiy elementlar – faoliyat ob’ektlari, odamlar: turistlar, mehmonlar, dam oluvchilar, hamma narsa ularning jismoniy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Shuning uchun mutaxassis – animatorlar ushbu ehtiyojlarni bilishi lozim, har kuni ular auditoriyani, aholi turli guruhlari kayfiyatlari va qiziqishlarini o‘rganishlari zarur. Odamlarni bilmasdan turib, kutilgan natijaga erishish qiyin, auditoriyaga hissiy ta’sir etish va intellektual samaradorlikni oshirish mushkul bo‘ladi.
Animatsion dasturlarni ishlab chiqish va o‘tkazish bosqichlari. U yoki bu animatsion dasturlarni tayyorlash va o‘tkazish bo‘yicha ishlarni bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich (eng katta va mas’uliyatli bosqich) – tayyorgarlik bo‘lib, u o‘z tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
• taklif etilayotgan animatsion dastur tahlili;
• maqsad va vazifalarni aniqlash;
• dasturni o‘tkazish joyi va vaqtini tanlash;
• animatsion dasturlarni yoshi, etnik va ushbu xizmat iste’molchilarining boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalashtirish;
• dasturga kiritilgan animatsion tadbirlar ssenariylarini tanlash yoki tuzish;
• dasturlarni o‘tkazishga sarflanadigan harajatlar smetasini tuzish;
• ijodiy jamoani tanlab olish, animatsion komanda (gurux) ichida burchlarni taqsimlash;
• texnik tayyorlash: inventarlar sotib olish, dekoratsiya, kastyumlar, rekvizitlar va h.k. tayyorlash;
• tovush va yoritish apparatlarini va boshqa texnik vositalarni o‘rnatish, sahnani jihozlash, fonogramma va boshqalarni tayyorlash;
• repetitsiya o‘tkazish, o‘yin qoidalarini o‘rgatish va boshq.;
• belgilangan animatsion tadbirlarga reklama kompaniyasini o‘tkazish.
Ikkinchi bosqich – animatsion dasturni o‘tkazish, bu barcha ishtirokchilar uchun eng murakkab va mas’uliyatli ish hisoblanadi. Bu hamma animatorlarning kuchini birlashtirishni toqoza etadi, asabiy zo‘riqishni yengib o‘tish va qo‘yilgan vazifani bajarishni talab qiladi.
Uchinchi bosqich – yakunni chiqarish: o‘tkazilgan dasturni tahlil qilinadi; tahlil bilan birga iste’molchilar anketa so‘rovlari umumlashtiriladi; dasturni takomillashtirish ishlari olib boriladi. Shunday qilib, texnologik jarayon uch asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: tayyorgarlik qismi, dasturni o‘tkazish va o‘tkazilgan dasturni tahlil qilish.
Animatsion dastur reklamasi. Animatsion dasturning samaradorligi ko‘p jihatdan reklama kompaniyasining to‘g‘ri tashkil etilishiga bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, reklama tovarlarni iste’molchilik xususiyatlari va xizmat turlarini ularga talabni oshirshi maqsadida iste’molchilarga yetkazish hisoblanadi. Shunday bo‘ladiki, animatsion dasturlar juda past darajada reklama qilinadi. Hatto ushbu dastur bor turistik korxonalarda ham.
Animatsion dasturni reklama qilish – bu shunday vositaki, iste’molchida ularga qiziqish uyg‘otish maqsadida mazmuni, xususiyatlari, jozibadorligi haqida ma’lumot beriladi, iste’molchilar reklama qilingan tovarni sotib olish bilan animatsion dastur ishtirokchisiga aylanadi. Animatsion dasturlar reklamasini ishlab chiqishga kirisha turib quyidagilarga amal qilish zarur bo‘ladi:
• dastur realizatsiyasi, reklama materiallari narxlari va boshqalardan olinadigan foydaga ko‘ra o‘z moliyaviy imkoniyatlari hisobga olingan holda reklamaga moliyaviy harajatlarni baholash;
• potensial iste’molchilarni aniqlash va ularni demografik (yoshi, jinsi), etnik belgilari, ijtimoiy maqomi, daromad darajasi va boshqalari bo‘yicha ta’rifini tuzish;
• raqobatchilarni aniqlash, o‘z dasturlarining ustunligini aniqlash va unga reklamada e’tiborni tortish;
• reklamani tarqatish kanallari va usullarini aniqlash.
O‘z firma stilini ishlab chiqish juda muhim, qaysikim taklif qilinayotgan animatsion dasturlar sifatining kafolati sifatida qabul qilinadi. O‘z firma stilini ishlab chiqish chog‘ida quyidagilarni hisobga olish zarur bo‘ladi:
• faoliyatning asosiy yo‘nalishi;
• ishlab chiqiladigan dasturlarning mo‘ljallangan bozor sigmentlari;
• asosiy reklama vositalari;
• ishlab chiqilayotgan dasturlarning xususiyatlari yoki ustunligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |