8-jadval
Tovarning sifatiga nisbatan iste’molchining talabini qondirish muddatlari
Iste’molchining talablari
|
Bajarilish muddati va Qonun moddalari
|
Tovarda nuqsonlarni tuzatish
|
Sotuvchi 20 kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa 10 kun muddatda (15-modda)
|
Nuqsonli tovarni yangi tovarga almashtirib berish
|
Talab qo‘yilgandan 7 kun ichida; qo‘shimcha tekshirish zarur bo‘lganda esa 20 kun ichida; tovar bo‘lmaganda esa 1 oy muddatda (14-modda)
|
Sotib olingan tovardan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmaslikda ma’lumot berish
|
Sotib olingan tovardan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmaslikka sabab bo‘lsa, tegishli ma’lumot ko‘pi bilan 3 kun ichida berilishi kerak (7-modda)
|
Iste’molchilarning huquqlarini davlat organlaridan tashqari jamoatchilik tashkilotlari ham himoya qilish mumkin. Dunyoda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish harakati konsyumerizm (consumerism) dab yuritiladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda ixtiyoriylik asosida iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Xalqaro miqyosda “Iste’molchilar uyushmasi xalqaro tashkiloti” (IOCU) ish olib bormoqda. Unga 80 mamlakat vakillari birlashgan. Xususan, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya iste’molchilar assotsiatsiyalari shular jumlasidandir. Bu tashkilot iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilot sifatida BMT tomonidan tan olingan tashkilot hisoblanadi. Bu tashkilot o‘zining huquqi doirasida xalqaro savdo tashkiloti (VTO) ga va FAO/VOZ ga tegishli hujjatlar tayyorlab beradi.
Bozor iqtisodiyoti va tovar bozorida narxsiz raqobatlar rolining tobora oshib borishi sharoitida potensial is’temolchilar tovarlar va xizmat-larning sifatiga katta talablar qo‘yadilar. Shu sababli ularga beriladigan axborotlar haqqoniy va ishonchli bo‘lishi talab etiladi. Iste’molchilarga mah-sulotning sifati bo‘yicha ma’lum kafolatlarni sertifikatlashtirish beradi.
Respublikamizda sertifikatlashtirish milliy tizimi mavjud bo‘lib, sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari ham yaratilgandir. Mamlakatimiz-da “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonunning 1993 yil 28 dekabrda qabul qilinishi bu fikrimizni yaqqol tasdiqlaydi. Qonunda ko‘rsatib o‘tilganidek, sertifikatlashtirish deganda mahsulotlar (ish, xizmatlar) ning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlashga doir faoliyat tushuniladi. Sertifikatlashtirish milliy tizimi deganda esa – davlat miqyosida amal qiladigan, sertifikatlashtirish o‘tkazish o‘z tartib va boshqaruv qoidalariga ega bo‘lgan tizim tushuniladi.
Sertifikatlashtirishning maqsadi va vazifalari asosan quyidagilardan iboratdir:
odamlarning hayoti, sog‘ligi, yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki hamda atrof muhit uchun xavfli bo‘lgan mahsulotlar realizatsiya qilinishini nazorat etib berish;
mahsulotlarning jahon bozorida raqobat qila olishini ta’minlash;
mamlakat korxonalari, qo‘shma korxonalar va tadbirkorlar xalqaro miqyosdagi iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlikda xalqaro savdo-sotiqda ishtirok etishlari uchun sharoit yaratish;
iste’molchilarni tayyorlovchilarining (sotuvchining, ijrochining) vijdonsizligidan himoya qilish;
mahsulot tayyorlovchisi ta’kidlagan sifat ko‘rsatkichlarini tasdiqlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Xalqaro amaliyotda sertifikatsiya muvofiqlikni tasdiqlovchi sifatida majburiy va ixtiyoriy turlari mavjud va ular quyidagi shakllarga bo‘linadi:
o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish (birinchi tomondan sertifikatlash-tirish). Sertifikatlashtirishning bu shaklida tayyorlovchi (sotuv-chi) mahsulotning sifati bo‘yicha javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi, ya’ni deklaratsiya to‘ldirib, unda mahsulot yoki sifat menejmenti sistemasi ma’lum mezonlar talabiga javob berishi keltiriladi;
ikkinchi tomondan sertifikat mijozlar, buyurtmachilar, mahsulotni ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan o‘tkaziladi;
uchinchi tomondan sertifikatlashtirish deganda hech kimga bo‘ysunmaydigan akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organi tomonidan sertifikat o‘tkazilishi va berilishi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
ixtiyoriylik;
sertifikatlashtirish jarayonlariga qatnashishga to‘siqning yo‘qligi;
baholashning ob’ektivligi;
baholash natijalarini ko‘rish mumkinligi;
konfidensiallik;
informativlik;
sertifikatlashtirish organlarining ixtisoslashganligi va boshqalar;
Konfidensiya axborotlariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarishni tashkil etish va uning texnologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar, “nou-xau” lar, raqobatchilar uchun mavjud bo‘lgan tijrat sirlari;
tashkilotdagi kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar korxonaga moddiy va ma’naviy zarar yetkazish mumkin bo‘lgan kelishmovchiliklar, moddiy, tashkiliy, texnik qiyinchiliklar;
sertifikatlashtirish bo‘yicha o‘zaro hisob-kitob ishlari haqidagi ma’lumotlar va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |