Mavzu: bozor mexanizmi, uning tarkibiy qismlari va amal qilish hususiyatlari. Bozor infraTUZILMASI VA UNING ASOSIY UNSURLARI
Reja:
kirish
I BOB. bOZOR MEXANIZMI
1.1 Bozorning ishlash mexanizmi
1.2 Bozor mexanizmining asosiy elementlari
1.3 Talab va uning o'zgarishini belgilovchi omillar
II BOB. Bozor infraTUZILMASI VA UNING UNSURLARI
2.1 Bozor infratuzilmasi va uning asosiy subyektlari
2.2 Bozor infratuzilmasini unsurlari
2.3 Kichik biznesni rivojlantirishda bozor infratuzilmasini o’rni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bozor munosabatlariga o’tish davrida iqtisodiyotdagi barcha bo’g’inlar qayta tiklanishuni, yangilanishini, yangicha munosabatlarga moslashishini zamon talab etmoqda. Zero, bozorga o’tish muqarrar. Bu – davr amri, obyektiv reallikdir.ayni vaqtda bozor faqat maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar, farovonligining sifat jihatidan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va vositasidir.
Bugungi iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan chuqur iqtisodiy islohatlarning bosh maqsadi kelgusida ishlab chiqarishni yuqori sur’atlar bilan rivojlantirish asosida aholining o’sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlash va turmush farovonligini yanada yaxshilashdan iboratdir.
Yuqoridagi muammoni muvaffaqiyatli hal etilish ko’p miqdorda baho (narx) ning to’g’ri belgilanishi tovarishlab chiqaruvchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini ko’paytirirsh, ularni raqobatbardoshligini oshiriishgina bo’lib qolmay, balki sotib olish qobiliyati yuqorilashi (yuksalishi)ga olib keladi.
Barcha sohalar kabi iqtisodiyotning baho tizimi va uning shakllanishi jarayonida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, oldingi davrdagi baho tizimi mohiyati va mazmuni, baho mexanizmining amal qilish jarayoni hamda iqtisodiy munosabatlardagi shakli va maqsadi birmuncha o’zgartirishlarni talab etmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ayniqsa, talab va taklif munosabatlari iqtisodiyotdagi asosiy mezon darajasiga ko’tariladi. Iqtisodiyotning qaysi tarmog’iga qaramang, bozor iqtisodiyoti sharoitida ular ma’lum talab, taklif munosabatlariga asoslanganligiga guvoh bo’lasiz. Chinakam talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlarining amal qilishi bozor iqtisodiyotning g’oyat muhim bo’g’ini bo’lib, bu bo’g’in mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning o’zaro jipslashuvini ta’minlaydi.
O’z o’rnida baho alohida iqtisodiy kategoriya bo’lishi bilan birga o’zi alohida iqtisodiy munosabatlarga kirisha olmaydi. Chunonchi, u boshqa marketing elementlari kabi bozorning talab, taklif, raqobat kabi elementlari bilan o’zaro bog’liq holda iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlar majmui sifatida harakat qiladi. Shuning uchun ishlab chiqaruvchi barcha korxonalarni, tijorat, vositachilik, xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi va boshqa turdagi korxonalarni obyektiv bozor qonunlari boshqarib turushi bozor iqtisodiyoti sharoitida qoida sifatida singib ketadi. Bozorning asosiy elementi sifatida esa talab, taklif, baho va raqobatni ko’rish mumkin.
Ilk bozor iqtisodiyoti nazariyasi bilan shug’ullangan taniqli iqtisodchilar A. Smit, Marshall, Samuelsonlar ham bozordagi obyektiv qonuniyatlarni, ya’ni talab qonuni, taklif qonuni, pul muomalasi, qonunlarini tabiiy hodisa siaftida qarash bilan birga, ular o’rtasidagi munosabatlarda bahoning rolini alohida ko’rsatib o’tganlar.
Baholarni shakllantirish va tartibga solishda Prezidentimiz I. A.Karimov ta’kidlaganidek, byudjet va soliq islohotlarini yanada chuqurlashtirish, iqtisodiyotni barqaror yuqori sur’atlar bilan o‘stirish, barqaror va balanslashtirilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni ta’minlash muhim o‘rin tutadi.1 Baholarni shakllantirish nazariyasi va amaliyoti talabalarga bozor munosabatlaridagi izdan chiqish hollari va davlatning iqtisodiyotini tartibga solish uchun aktiv ishtirok etish, bozor konyunkturasi ta’sir ko‘rsatishini chuqur anglab yetishga yordam beradi.
Bozor sharoitida baho raqobat, resurslar va kapitalni qayta taqsimlash instrumenti bo‘lib xizmat qiladi, chunki ular faqat talab va taklif ta’sirida shakllanib, ularni o‘zida turlicha mujassamlashtiradi, ya’ni bu jarayon aholining to‘lovga qobillik darajasidan to jahon baholarining belgilanishigacha davom etadi. Mulkchilik shakllarining tashkil topishi, xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi va bozor subyektlarining tashkil topishi natijasida faqat bozorda emas, balki ulgurji savdoda ham bozor baholari amal qiladi. Ishlab chiqariladigan va realizatsiya qilinadigan barcha tovar va mahsulotlarga baholarni bozordagi amal qilib turgan baholar belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |