Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm kafedrasi


Hozirgi davrdagi respublika iqtisodiy



Download 248,04 Kb.
bet15/17
Sana01.06.2022
Hajmi248,04 Kb.
#626393
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
BOZOR MEXANIZMI, UNING TARKIBIY QISMLARI VA AMAL QILISH HUSUSIYATLARI. BOZOR INFRATUZILMASI VA UNING ASOSIY UNSURLARI

Hozirgi davrdagi respublika iqtisodiy

ahvolning tahlili

Ma’lumki, O’zbekiston tabiiy ne’matlarga boy jannatmakon o’lkadir. Respublikamizda mineral xom ashyoning 95 turi mavjuddir. Markaziy Osiyo bo’yicha O’zbekistonga gaz kondensati zaxiralarining 71%, neftning 31%, tabiiy gazning 40%, ko’mirning 55%, gidroenergetika resurslarining 14%, foydalanilayotgan gidroenergetika resurslarining 21% to’g’ri keldi. Respublikada keyingi 2005-2006 yillar ichida garchan paxta ekin maydoni 1,7 foizga kamaygan bo’lsada, etishtirilayotgan paxta miqdori 3600,3 ming tonnani tashkil etadi. Bular bizning respublika juda boy zaxiralarga ega ekanligidan dalolat beradi.

Mustaqil davlat sifatida bizning asosiy vazifa, bu zaxiralardan oqilona foydalangan holda respublika iqtisodiyotini ko’tarish, xalq turmush darajasini yaxshilashdir.

Respublikada islohotlarni olib borishda engil yo’l qidirilmadi. Shuning uchun isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste’mol bozori biroz cheklandi.

Ayni chog’da mablag’ va zaxiralarni iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarga sarflab, xorijga mahsulot tayyorlaydigan, ilg’or texnologiya bazasi bilan jihozlangan zamonaviy korxonalarni barpo etib, ichki bozorni o’z mollarimiz bilan ozmi-ko’pmi to’ldirishga erishdik. Bu yo’lda xukumat tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonalarga turli imkoniyatlar berilmoqda.

Respublikada ishlab chiqarishni tashkil qilish va rivojlantirish uchun investisiyalar ko’paytirildi.

Qisqa vaqt ichida bu tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu Asakadagi avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlovchi zavodning ishga tushirilishi, Кo’kdumaloq, Mingbuloq va shu kabi konlarning ishga tushirilishi, Andijon, Qo’kon va Yangiyulda spirt ishlab chiqaruvchi korxonalarni, Xorazmda qand zavodi, Qizilqum fosfor kombinati, Qo’ng’irot soda zavodini qurish, O’zbekiston qiyin eriydigan va o’tga chidamli materiallar kombinati, Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinati va boshqa ko’pgina korxonalar mustaqilligimiz mevasi bo’lib, respublikamiz ravnaqiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda.

O’zbekiston Respublikasi mustaqil bir davlat sifatida o’zining iqtisodiy aloqalarini davlat, xalq manfaatlaridan kelib chiqqan holda o’rnatadi.

Кo’pgina xalqaro tashkilotlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Evropa tiklash va taraqqiyot banki, Evropa Ittifoqi Кomissiyasi va boshqalarga a’zo bo’ldi.

2006 yilda Respublikada xorijiy sarmoya ishtirokida 2919 ta korxonalar faoliyat ko’rsatdilar. Bu o’tgan yildagiga nisbatan 242 taga ko’pdir.

Qo’shma korxonalarning 53,8 foizi sanoat tarmoqlarida faoliyat ko’rsatadi. Shulardan 16,6 foizi iste’mol buyumlari ishlab chiqarish bilan shug’ullanadilar. 20,8 foizi savdo va umumiy ovqatlanish bilan, 4,2 foizi transport va aloqa bilan 4,8 foizi qurilish bilan va 2,4 foizi qishloq va o’rmon xo’jaliklari bilan shug’ullanadi27.

Respublika tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish, uning huquqiy negizlarini yaratib berish maqsadida «Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida», «Chet el investisiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolati to’g’risida» qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining ikkinchi bosqichida eng ustuvor vazifalar bo’lib davlat xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, raqobatchilik muhitini yaratish, xorijiy investisiyalar va texnologiyalarni jalb etish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdan iboratdir.

Iqtisodiy islohotlarning ikkinchi bosqichida xalq xo’jaligining tarkibiy tuzilishiga katta e’tibor beriladi. Bundan maqsad, ichki ishlab chiqarishni rivojlantirish hisobiga chet eldan kamroq mahsulotlar keltirish, aholining iste’mol talabini ichki ishlab chiqarilgan mahsulot evaziga qondirish, ishlab chiqarishni yakuniy mahsulotlarga o’tkazish, chetga eksportni rivojlantirish, mehnat resurslaridan unumli foydalanishni ta’minlash va tarmoqlar, iqtisodiy rayonlar o’rtasidagi notenglikni tugatishga erishishdan iboratdir.

Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrining ikkinchi bosqichining maqsadi respublikada kuchli ijtimoiy kafolatni ta’minlovchi demokratik davlatni uzil-kesil toptirishdir.


Download 248,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish