Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Download 6,6 Mb.
bet10/141
Sana03.01.2022
Hajmi6,6 Mb.
#315126
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141
Bog'liq
Turistik xizmatlar bozori(1)

1-jadval

O‘zbekiston Respublikasiga 2005-2012 yillarda tashrif buyurgan fuqarolarning oqimi (rasmiy ravishda deklaratsiyadan o‘tgan, kishi hisobida)





Davlatlar

nomi


O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan fuqarolarning soni

2005-2012 yillardagi

o‘sish (marta)



2005 y

2007 y

2008 y

2009 y

2012 y







MDH mamlakatlari



Qozog‘iston

85466

234237

530203

864438

2461566

28,8



Qirg‘iziston

21104

66720

161422

234407

402682

19,1



Rossiya

30534

186169

820366

1065471

1456311

47,6



Tojikiston

93005

118085

162002

189209

442042

4,7



Turkmaniston

60507

93658

166894

231375

321317

5,3




Uzoq chet el mamlakatlari



Afg‘oniston

4396

13561

50823

50789

51108

11,6



Buyuk BRITANIYA

903

2112

4475

6895

5243

5,8



Germaniya

2549

9196

14858

22150

17358

6,8



Isroil

699

4796

7209

7533

9519

13,6



Hindiston

368

2177

5397

10728

36217

98,4



Eron

3681

5087

7163

7859

8446

2,2



Italiya

839

7264

9398

8831

7620

9,0



Malayziya

133

4890

6441

5966

14790

111,2



Janubiy Koreya

422

3166

37957

34713

65534

155,2



AQSH

3602

6456

5618

6461

9175

2,5



Turkiya

7053

28695

58461

75518

114718

16,2



Fransiya

1635

8676

11920

12959

10790

6,5



Yaponiya

1317

4809

5441

5127

3751

2,9

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasidan olingan ma’lumotlar asosida, muallif tamonidan tayyorlangan.

Kiruvchi turistik oqimlarning tarkibiy tuzilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tahlili bo‘yicha O‘zbekiston uchun ustuvor tashqi turizm xizmat bozorlari MDH mamlakatlaridan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Rossiya va Turkmaniston davlatlari hisoblanadi, uzoq mamlakatlardan esa Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston, Afg‘oniston, Germaniya, Fransiya, Italiya, Malayziya va boshqa mamlakatlarni ko‘rsatish mumkin. Tadqiqot davrida (2005-2012 yillarda) MDH mamlakatlaridan O‘zbekistonga fuqarolar tashrifining 2005 yilga nisbatan 2012 yilda miqdoriy o‘sish bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinda bo‘lsa (47,6 martaga), Qozog‘iston (28,8 martaga) va Qirg‘iziston (19,1 martaga) keyingi o‘rinlarni egallaydi. Uzoq mamlakatlardan kelgan fuqarolar soni 2005 yilga nisbatan 2012 yilda Janubiy Koreyadan 155,2, Malayziyadan 111,2, Hindistondan 98,4, Germaniyadan 6,8, Buyuk Britaniyadan 5,8 va Turkiyadan esa 16,2 martaga oshganini kuzatish mumkin.

Shunday qilib, turizm milliy iqtisodiyotning daromadli sohasi bo‘lib, kelajakda O‘zbekistonning yalpi yillik daromadining eng muhim qismini tashkil etishi mumkin. Turizm xizmat bozorida muvaffaqiyatga erishish uchun iste’molchilarning turistik xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlariga asoslangan holda turmahsulotni ishlab chiqish va uni sotishni tashkillashtirish, halqaro huquq normalari va qoidalari, turizm menejmenti va marketingi sohalaridagi amaliy faoliyat hamda bozor konyukturasini hisobga olish talab qilinadi. Shularni hisobga olib, O‘zbekistonda turistik xizmatlar bozori shakllanish va rivojlanishining quyidagi zamonaviy tendensiyalari aniqlandi:


  1. turistlar tashrif buyuradigan destinatsiyalarning turistik (tabiiy, madaniy va tarixiy) resurslari holatini hisobga oladigan turistik xizmat va bozorlarini rivojlantirish hamda yangilarini yaratish;

  2. turistik faoliyatni rejalashtirish va rivojlantirishga mahalliy jamoatchilik va mahalliy hokimiyatni jalb qilish hamda uning xavfsizligini ta’minlash;

  3. mahalliy aholi farovonligi oshishi, soliq, bojxona xizmati bilan bog‘liq va boshqa turizmning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tish;

  4. asosiy e’tiborni turizm sohasidagi xizmatlar narxini turistlar uchun ma’qul va turizm industriyasi uchun foyda keltiradigan darajada saqlab qolishga qaratish;

  5. mablag‘larni investitsiya qilishda atrof-muhit himoyasi masalalarini (qurilish, arxitektura, antropogen holatlarni) hisobga olish;

  6. turizm xizmat bozorida marketingni amalga oshirish va xizmatlarni yurgizish uchun qo‘prok miqdorda mablag‘lar ajratish, muayyan guruhlarga kiruvchi turistlarni izlash va ular uchun taklif qilinayotgan xizmatlarning maqsadli bo‘lishini ta’minlash;

  7. turizm xizmatlar bozorida faoliyat yurituvchi xodimlarning kasbiy malakasini oshirish.


5-MAVZU. TURIZM XIZMATLAR BOZORIDA TALAB VA TAKLIFNING SHAKLLANISHI.

Reja:

  1. Turizm xizmatlar bozoridagi talab va taklif va ularning shakllanish jarayonini o‘rganish.

  2. Turizm xizmatlarini belgilovchi turli xil bozorlar tarkibini o‘rganish.

Turistik talab deganda-to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan aholining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistlik talab amaldagi narx-navolarda aholi tomonidan aniq bir turistlik-ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.

Bozordagi talabga muvofiq turizmda taklif vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Taklif-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi. Bu holatda takliflar ishlab chiqarish bilan bir xil bo‘lmagan holda undan soni jihatidan farq qiladi. Aniq bir turistlik mahsulot (marshrut) ning taklif qilinadigan soni bozordagidan yuqori bo‘lishi mumkin. Turistlik mahsulotga bo‘lgan taklif - ishlab chiqarilgan mahsulot soni, turistlik industriyaning rivojlanish darajasiga va turistlik resurslar hajmiga bog‘liq bo‘ladi. Turistik mahsulotga bo‘lgan taklif quyidagi asosiy omillarga bog‘lik: turistik ta’minotchilarning soni(joylashtirish, ovqatlantirish, ko‘ngil ochar korxonalar), sotuvchi firma soni, turistik tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish samaradorligi darjasi, ilmiy-texnik taraqqiyot darajasidan, soliqqa tortish tizimidan, narx-navo va kelgusi daromadlarni va talabning istiqbolini baholash.

Talab va taklif o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi: talab faqatgina taklifni yuzaga keltirmaydi, bundan tashqari taklif aniq bir tarzda talabga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: turistlik xizmatga bog‘liq bo‘lgan talab hajmi unga bo‘lgan narx ko‘tarilganda ortib boradi, narx tushsa takliflar soni ham kamayadi.

Turizm xizmat bozorida turistning xizmatga bo‘lgan talabi uchun pul vositasining almashinuvi sodir bo‘ladi. Muvofiqlashtirilgan holatdagi almashinuvda bir tomondan turistlik mahsulot ikkinchi tomondan esa turistlik industriyaning kirib kelishi uchun sharoit yaratiladi.



Download 6,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish