K I R I SH
Ko‘pgina rahbarlar va tadbirkorlar o‘z biznes muammolari va kundalik
faoliyatlari bilan shunchalik band bo‘ladilarki, bozordagi o‘z holatlarini
baholash uchun vaqt sarflashni xohlamaydilar yoki vaqt topa olmaydilar.
Shuni anglash kerakki, marketing tadbirkorlar uchun o‘z biznesini
yaxshi anglash, o‘z mijozlariga yaqinlashish, yangi bozorlarni zabt etgan
holda muvaffaqiyatli raqobatlashish va rivojlanish uchun muhim ahamiyatga
ega. Shuni inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
Vazirlar Mahkamasining majlisida qilgan ma’ruzalarida: «Turli korxona va
tarmoqlar faoliyatini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, qayerda rahbarlar
marketing va marketing tadqiqotlari bilan jiddiy shug‘ullanayotgan bo‘lsalar,
o‘sha joyda barqaror faoliyat ta’minlanmoqda, foyda va dividend olinmoqda, o‘z vaqtida ish haqi to‘lanmoqda»1 – deb ta’kidlagan edilar.
Marketing – iste’molchilarning hozir va kelajakdagi talablarini qondirishga
qaratilgan tovarlar ishlab chiqarish va sotish, xizmatlar tashkil etish, natijada
foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir. Bularning barchasi endi ish
boshlayotgan biznesmenlardan tortib, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan tadbirkor, siyosatchi, san’atkor, sportchiga qadar marketing – bozor jarayoni
to‘g‘risida chuqur bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. Marketingning nazariy va amaliy asoslarini chuqur bilish tijorat xavf-xatarini o‘z vaqtida his qilish va
kamaytirish, uning variantlarini hisoblashda mavjud bo‘lgan turlardan eng
maqbulini tanlash, raqobat sharoitida bozorni yuqori sifatli tovar va xizmatlarbilan to‘yintirish, doimiy talab mavjud bo‘lgan sharoitda xaridorlarning turli guruhlari uchun sotish, narxini aniqlash va oqibatda ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beradi.
Bizning iqtisodiy adabiyotimizda marketing muammolariga bag‘ishlangan
izlanishlar yetarli darajada emas. Chunki tom ma’nodagi bozor munosabatlari mamlakatimizda asta-sekin rivojlanib bormoqda. Sobiq sotsialistik jamiyatdagi ishlab chiqarish, savdo va umuman milliy iqtisodiyotning ko‘pgina sohalarida yakkahokimlik, reja va yuqoridan boshqarishning hukmronligi sababli marketing tushunchasi tom ma’noda amaliyotga kirib kelmagan edi. Lekin keyingi yillardagi o‘zgarishlar – iqtisodiy taraqqiyotimiz bozor iqtisodiyotisiz mumkin emasligini har tomonlama isbotlab berdi.
1 «O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 1998-yilgi yakunlari va 1999-yildaiqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari». «Toshkent oqshomi» gazetasi. № 19, 1999-yil 17-fevral.
Bu esa o‘z navbatida qisqa davrda uning asoslarini o‘rganishimiz zarurligini
ko‘rsatmoqda. Mana shunday biz uchun qiyin davrda, xorij marketing
masalalarini yechishda to‘plangan boy tajribasidan foydalanmaslik kechirib
bo‘lmas xato bo‘lar edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, biz eng katta
taqchillikni – vaqt taqchilligini ham yengishimiz zarur. Ayrim iqtisodchilar
marketing faqat rivojlangan bozor sharoitidagina faoliyat ko‘rsatishi
mumkin deb hisoblashishadi. Bizning fikrimizcha, aynan shu marketing
jamiyatga tez, tejamli va talafotlarsiz bozor iqtisodiyotining kirib kelishi
uchun ko‘proq yordam beradi. O‘tish davrida bozor iqtisodiyoti holatini
aks ettiruvchi marketing prinsi plari bizga vaqtni boy bermasdan bozorni
o‘zlashtirishda o‘z mustaqil yo‘limizni aniqlab olishimizga va huquqiy davlat
qurishimizga yordam beradi deb umid bildiramiz. Qo‘lingizdagi qo‘llanma
keyingi yillarda mamlakatimiz va xorij marketingini tashkil etish va amalga
oshirishda to‘plangan boy bilimlarni o‘rganish asosida yuzaga keldi.
Bu qo‘llanmaning maqsadi tadbirkorlarga marketing rejasini tayyorlashda,
uni ishlab chiqishda foydalaniladigan asosiy tamoyillar bilan tanishishga
yordamlashishdan iborat.
Mamlakatimizda kichik tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarni
bozorda o‘zlarining munosib o‘rinlarini egallashlarida marketingni samarali
tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Iste’molchilarning didiga mos
tovarlarni va xizmatlarni shakllantirishda, raqobat kurashida muhim va hal
qiluvchi ahamiyatga molik bo‘lgan marketing faoliyatini amalga oshirish
hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.
Marketing – bozorda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni faollashtirish
shakllarini, tovarlarni ishlab chiqarish hamda sotish muammolarini
yechish, bozorda vujudga keladigan o‘zgarishlarga tezda moslashish,
iste’molchilarga tabaqali yondoshish, raqobatbardosh yangi tovarlarni vujudga keltirish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, bozor konyunkturasini o‘rganish va bashorat qilish hamda ta’sirchan reklamani rivojlantirish masalalarini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Marketing iste’molchilarning hozirgi va kelajakdagi talablarini qondirishga qaratilgan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish hamda sotish natijasida foyda olish bilan bog‘liq faoliyat turidir.
Marketing fani raqobatni, iste’molchilar xulqini modellashtirishni,
tovarning sifatini, uning raqobatbardoshligini, mijozlarni rag‘batlantirishni,reklamani va bozorni chuqur o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |