Yaponiya aholisi va davlat tuzumi
Yaponiyaning aholisi 126 mln kishi. Aholisining soni bo‘yicha jahon mamlakatlari orasida 10-o‘rinda turadi.
Yaponiya tipik Sharq davlatlaridan bo‘lishiga qaramasdan, Osiyoda birinchi bo‘lib, demografik ko‘rsatkichlarga ko‘ra 11 tipdan 1 tipga o‘ta oldi. Unda har 1000 aholi hisobiga tug‘ilish 10 kishiga, o‘lim esa 7 kishiga to‘g‘ri kelmoqda yoki mamlakat aholisi yiliga o‘rtacha 275 ming kishiga ko‘paymoqda. Unda bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari jahonda eng pastdir.Shu bilan birga aholisi o‘rtacha 80 yoshdan ortiqroq umr ko‘radilar.Ko‘rsatkichlarga erishishda mamlakatda olib
borilayotgan optimal, demografik siyosat, aholining yetuk ijtimoiy hayot tarzi, oilani rivojlantirish yo‘nalishlari, qo‘lga kiritilgan yutuqlar muhim rol o’ynamoqda.
Yaponiya bir millatli davlatdir. Uning aholisining 99 % yapon millatiga mansubdir.Yaponiyada aholining o‘rtacha zichligi 1km
maydonga 2338 kishi to‘g‘ri keladi. Agar mamlakat aholisining asosiy qismi umumiy maydonning 10 % yashashini hisobga olsak, amalda aholiyashaydigan hududlarda bu ko‘rsatkich ming kishini
tashkil qiladi.
Yaponiya yuqori darajada urbanizatsiyalashgan davlatlar qatoriga kiradi. Unda jami aholining 76 % ko‘prog‘i shaharlarda yashaydi.
Mamlakatda yirik shaharlar soni 200 dan ortiq. Eng yirik shahri
mamlakatning poytaxti Tokio bo‘lib, unda 30,2 mln. dan ortiq aholi istiqomat qiladi. Aholisi 1mln. dan ortiq bo‘lgan yana 6 ta shahri bor. Mamlakatda yirik shaharlar aglomeratsiyalari saqlanmoqda Tokio-Nagoya-Osaka yo‘nalishi bo‘ylab 600 km. dan ortiq masofaga cho‘zilgan hududida dunyodagi eng yirik megalopolislardan biri Tokaydo tashkil topgan. Yirik shaharlari, bu jumladan, 1869-yildan mamlakat poytaxti hisoblanadigan Tokio (Sharqiy poytaxt demakdir) shahri, asosan, yangidan qurilgan. Seysmiklikdarajasi nihoyatda yuqori bo‘lgan 50-60 qavatli bino-imoratlar shaharning asosiy ko‘rinishlarini tashkil qiladi.
Foydalanadigan yer nihoyatda qimmatli, taqchil resurs bo‘lganligi sababli Yaponiyada hozirgi vaqtda binolarni “osmono‘par” qilib qurish bilan birga, ularning qator qavatlarini yer ostida joylashtirishga ham erishilmoqda. Alohida texnopolis-ilmiy-injenerik komplekslari, asosan, dengizning sayoz qo‘ltiq va ko‘rfazlarini turli axlat va chiqindi jinslar bilan to‘ldirish hisobiga hosil qilingan
hududlarida qurilmoqda.Yaponiya aholisining deyarli hammasi dengiz sohili bo’ylab cho’zilgan ensiz serunum tekislikda yashaydi. Sholipoyalar, mevali bog’lar, choyzorlar yil sayin o’zining katta qismini tobora o’sib borayotgan yirik shaharlarga bo’shatib bermoqda. Yaponiyaning poytaxti – Tokio jahondagi eng katta shaharlardan biri. Unda 12 millionga yaqin kishi yashaydi.
Aholining beshdan to’rt qismi shaharlarda yashaydi. Kema to’xtaydigan joylari va zavodlari bo’lgan, bir-biriga tutashib ketgan shaharlar qirg’oq bo’ylab turnaqator tizilgan. Mamlakatda foydali qazilmalar va tabiiy resurslar oz, shu sababdan uning xo’jaligi tashqi savdoga juda bog’liq. U turli mamlakatlarga mashina, apparat, gazlama va boshqa sanoat mollari chiqaradi, chetdan neft, ruda,
yog’och, don va boshqa xom ashyolar keltiradi.
Yaponiya kun chiqish tomondagi orollarda joylashgan. Shuning uchun uni azaldan Kunchiqar mamlakat deb ataydilar. Yaponlar uni Nippon deydilar. Quyosh mamlakat bayrog’ida ham tasvirlangan, uning gerbi – oltin xrizantema ham quyosh ramzi.\
Davlat tuzumi. Yaponiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1947 yil 3-mayda kuchga kirgan (keyinchalik tuzatishlar kiritilgan). Davlat boshligʻi — imperator (1989-yildan Akixito). Konstitutsiyaning 1-moddasiga koʻra, u «davlat va xalq birligi ramzi»dir. Imperator oilasining er aʼzolari imperatorlik taxti uchun merosxoʻr hisoblanadi. Konstitutsiyaga muvofiq, imperator mustaqil hokimiyatga ega emas. Imperatorning davlat ishlariga aloqador boʻlgan har qanday faoliyati Vazirlar mahkamasi maslahati va maʼqullashi bilan amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi oliy hokimiyatni 2 palatali parlament (Vakillar palatasi va Maslahatchilar palatasi), ijroiya hokimiyatni Bosh vazir boshchiligidagi hukumat (Vazirlar mahkamasi) amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |