Urganch Davlat universiteti “Turizm va Iqtisodiyot “ fakulteti


Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalari va



Download 1,3 Mb.
bet11/13
Sana18.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#820423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KUrs ishi

2.4.Yaponiyaning tashqi iqtisodiy aloqalari va
O'zbekiston-Yaponiya munosabatlari

O‘zbekiston va kunchiqar yurt xalqlarining do‘stlik rishtalari, savdo va madaniy aloqalarining tarixi Buyuk Ipak yo‘li davrining boshlanishiga borib taqaladi. Ushbu mamlakatning eng sharqiy nuqtasi yapon imperatorlarining ko‘hna poytaxti Nara shahri bo‘lib, 2010 yilning oktyabr oyida ushbu shaharning 1300 yilligi keng nishonlandi. Kushon davlatining eng e'tiborli dinlaridan biri bo‘lgan buddaviylik eramizning I-VI asrdarida O‘zbekiston hududida tarqalib, keyinchalik O‘rta Osiyo xalqlarining qadriyatlari va an'analalri bilan boyigan holda, Xitoy va Koreya orqali Yaponiya orollarigacha borib yetgani ikki xalq o‘rtasidagi umumiy tarixiy ildizlarning mavjudligiga dalildir. Yaponiyaning mashhur musavviri, Toshkent shahrining faxriy fuqarosi Ikuo Xiroyamaning - “ agar Yaponiya buddaviylik madaniyatining sharqiy tomoni bo‘lsa, u holda ko‘hna O‘zbekiston


zamini uning g‘arbiy tomonidir” , degan so‘zlari muhim ahamiyatga egadir. Xalqlarimiz o‘rtasidagi uzoq o‘tmishga borib taqaluvchi yaqin aloqalar O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili sifatida bugungi kunda ham davom etib kelmoqda.

Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini 1991-yil 28-dekabrda e'tirof etdi va 1992-yil 26 -yanvardan boshlab mamlakatlarimiz o‘rtaisda diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Mustaqillik e'lon qilingandan so‘ng O‘zbekiston-Yaponiya munosabatlari sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarildi. 1994-yilning may oyida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga uyushtirgan dastlabki rasmiy tashrifi o‘zaro ishonch va ikki mamlakat xalqlarining ma'naviy qadriyatlariga nisbatan hurmatga asoslangan do‘stona aloqalarni rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.


Mamlakatimiz Prezidentining 2002-yil iyul oyida Yaponiyaga uyushtirgan ikkinchi tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida do‘stlik, Strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risida qo‘shma bayonot imzolandi. Hujjatda tomonlarning do‘stona munosabatlar va strategik sheriklikni tenglik, o‘zaro hamjihatlik
tamoyillariga muvofiq va xalqaro huquqning umume'tirof etilgan
me'yorlari asosida rivojlantirishga tayyorligi o‘z ifodasini topgan.
Savdo-sotiq, sarmoyalar, ta'lim va boshqa sohalardagi aloqalarni kengaytirish ustvor vazifa sifatida belgilagan.

2010 yilning dekabrida Tokioda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining delegatsiyasi ishtirokida birinchi parlamentlararo forum o‘tkazildi.


Savdo-iqtisodiy sohadagi hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ham ijobiy an'analar kuzatilmoqda. 2009 yilda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 139 million AQSh dollarini tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonga Yaponiya tomonidan ajratilgan m oliyaviy mablag‘lar hajmi 2,3 milliard AQSh dollaridan iboratdir.
Iqtisodiy hamkorlikka doir 1994-yilda tuzilgan O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalari iqtisodiy munosabatlarning rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Ushbu ikki qo‘mita tomonidan doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan qo‘shma tadbirlar doirasida savdo-iqtisodiy hamkorlikka doir keng qamrovli masalalar muhokama etiladi hamda O‘zbekiston bilan Yaponiyaning ushbu yo‘nalishlardagi aloqalarini chuqurlashtirishga oid aniq takliflar o‘rtaga tashlanadi. O‘zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O‘zbekiston qo‘mitalarining navbatdagi o‘ninchi yig‘ilishi joriy yilning 8 fevral kuni Tokio shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

1999-2001 yillar davomida Toshkentda Yaponiyaning xalqaro hamkorlik bo‘yicha agentligi (LSA) va Yaponiya tashqi savdo tashkilotining (JETRO) mintaqalararo vakolatxonalari hamda beg‘araz texnik yordam ko‘rsatish, ikkala tomon ishbilarmon va ijtimoiy doiralar vakillari o‘rtasida aloqal ar o‘rnatish va gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi loyihalarni amalga


oshirishga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Yaponiya markazi ochildi.
O‘zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida ko‘plab yirik loyihalar hayotga tadbiq qilinmoqda. “Mitsui” ,”Mitsubisi”, “Itochu”, “Marubeni” va boshqa shu kabi yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochildi. Iqtisodiyot yo‘nalishidagi so‘nggi muvafaqqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biri sifatida Samarqand avtomobil zavodida ―Isuzu‖ rusumli avtobus va yuk
mashinalarining ishlab chiqarilayotganligini ko‘rish mumkin.
Yaponiyalik mutaxasislar bilan hamkorlikda bir qator infratuzilma loyihalari amalga oshirildi va foydalanishga topshirildi, xususan, bu boradagi ishlar qatorida yaqinda qurib bitkazilgan “Toshguzar-Boysun-Qumqo‘rg‘on” yangi temir yo‘l yo‘nalishini sanab o‘tish o‘rinlidir.
Ikki davlat o‘rtasida sarmoyalar kiritish bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy asosni mustahkamlash ishlari davom etmoqda. 2009 yil sentyabr oyida “Sarmoyalarni liberalizatsiya va o‘zaro himoya qilish hamda rag‘batlantirish to‘g‘risidagi” hukumatlararo kelishuv kuchga kirdi.

2010 yil aprelda Tokio shahrida ―Yaponiyalik hamkorlar uchun


O‘zbekistondagi yangi sarmoyaviy imkoniyatlar‖ mavzusidagi taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Yaponiya korporatsiyalari, vazirliklari, muassasalari va siyosiy doiralarining 400 nafardan ortiq vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida 2010-yil may oyida Tolimarjon issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilishni moliyalashtirishga mo‘ljallangan 300 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratish borasidagi bitimning imzolanishi generatsiyaning samaradorligini 30 foizdan 50 foizgacha oshirish hamda uglerodlar emissiyasini qisqartirish imkonini yaratadi.


2001-yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi xalqlarimizning yaqinlashuvi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvining o‘sishiga xizmat qiluvchi omillaridan biri bo‘ldi.


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011-yilning 8-10 fevral kunlari Yaponiyaga amalga oshiriladigan rasmiy tashrifi davomida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va kengaytirish masalalari, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va halqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilinadi. Tashrif yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonning Yaponiya bilan turli sohalardagi hamkorligini chuqurlashtirishga qaratilgan qator


hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning Yaponiyaga tashrifi ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli muvaffaqiyatli hamkorlikni yangi ufqlarining ochilishiga xizmat qiladi. O‘zbekiston va Yaponiya xalqlarining do‘stlik rishtalari hamda savdo va madaniy aloqalarining tarixi ko‘hna Buyuk Ipak yo‘li davriga borib taqaladi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi ko‘p asrlarlik tarixga ega bo‘lgan yaqin aloqalar bugungi kunda davom etmoqda hamda ular O‘zbekiston va Yaponiya


o‘rtasidagi samarali hamkorlikning muhim omili sifatida qolmoqda.

1991 yil 28 dekabrda Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan kundan boshlab davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojiga asos solindi. 1992 yil 26 yanvarda diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan edi. Shundan e'tiboran O‘zbekiston Respublikasi va Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatdan yangi pog‘onaga ko‘tarildi va qator yuqori darajadagi uchrashuvlar mamlakatlarimiz o‘rtasida faol siyosiy muloqot olib borilayotganini tasdiqlaydi.


O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2011-yil 8 -10 fevral kunlari Yaponiyaga buyurgan rasmiy tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga yangi kuchli turtki berdi. Tashrif chog‘ida yuqori texnologiyalar sohasiga ixtisoslashgan yirik kompaniyalar bilan qator kelishuvlarga er ishildiki, ular neft-gaz, kimyo, neft-kimyo, energetika, mashinasozlik, to‘qimachilik sanoati kabi mamlakatimiz iqtisodiyotining jadal rivojlanayotan sohalariga yapon texnologiyalari va sarmoyalarini jalb etishga yo‘naltirilgan.


Zamonaviy bosqichda har ikki davlat mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik qator masalalarda bir-birini siyosiy jihatdan o‘zaro qo‘llab-quvvatlamoqda. Xususan, O‘zbekiston Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashi doimiy a'zoligiga qabul qilinishini ma'qullaydi. Yaponiya, o‘z navbatida, Prezident Islom Karimovning O‘rta Osiyoda yadro qurolidan xoli hududni yaratish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.


Bugun Yaponiya - O‘zbekiston Respublikasining yirik investorlaridan biridir.


Neft-gaz sohasi, transport jabhasi, telekommunikatsiya, sog‘liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlardagi ustuvor loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun yotqizilgan moliyaviy mablag‘larning umumiy hajmi 2,3 milliard dollardan ziyodni tashkil etdi.

Davlat imtiyozli yena kreditlari yo‘nalishi bo‘yicha - 1,2 milliard dollardan ziyod, beg‘araz yordam yo‘nalishi bo‘yicha - 280 million dollardan ortiqroq, texnikaviy ko‘mak yo‘nalishi bo‘yicha 110 million dollardan ziyod, tijorat kreditlari yo‘nalishi bo‘yicha 720 million dollardan oshiq mablag‘ shular jumlasidandir.


Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston - Yaponiya va Yaponiya -O‘zbekiston qo‘mitalari savdo-iqtisodiy aloqalar rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.


O‘zbekistonda yapon kapitali ishtirokida ko‘pgina yirik loyihalar muvaffaqiyat bilan hayotga tadbiq etilayotir. «Mitsui», «Mitsubishi», «Itochu», «Marubeni» singari va boshqa yirik yapon korporatsiyalarining vakolatxonalari ochilgan. Samarqand avtomobil zavodida «Isuzu» rusumli avtobuslar va yuk mashinalari ishlab chiqarilayotgani iqtisodiyot sohasidagi muvaffaqiyatli hamkorlikning yorqin misollaridan biri hisoblanadi.


Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, barcha sohalarda yo‘lga qo‘yilgan ikki tomonlama munosabatlarning darajasi, O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi iliq va do‘stona aloqalar, o‘tgan davr ichida o‘zaro hamkorlik borasida erishilgan yuqori natijalar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi diplomatiya aloqalarining yanada rivojlanishi, kengayishi va mustahkamlanishi uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish