Urganch Davlat universiteti “Turizm va Iqtisodiyot “ fakulteti



Download 1,3 Mb.
bet12/13
Sana18.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#820423
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
KUrs ishi

Xulosa


Xulosa o`rnida shuni aytish joizki, jahondagi ko`plab rivojlanayotgan
mamlakatlar Yaponiya iqtisodiyoti tajribasini, uning “bosib o`tgan yo`llari” va bosqichlarini tahlil qilgan holda o`z mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanishida tatbiq qilgan. Jumladan, Tailand, Malayziya, Singapur, Indonеziya, Janubiy Korеya, Tayvan, Filippin kabi mamlakatlarda olib borilgan iqtisodiy islohotlar va dasturlarda aynan ―yaponiya tajribasi‖ning ba'zi jihatlaridan unumli foydalanilgan.
Yaponiya XX asrning ikkinchi yarmida jahon xo`jaligida eng еtakchi mamlakatlar qatoridan munosib o`rin egalladi.

Yaponiya yuksak darajada rivojlangan mamlakatdir. U dunyo aholisining 2,4% va quruqlik yer maydonining 0,3% iga egaligiga qaramay, iqtisodiy potensiali jihatidan AQSH dan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Uning yalpi ichkimahsuloti 5,46 trln. dollarga yetadi. Bu jahon ishlab chiqarishining 14,3 % ni tashkil qiladi. Mamlakat ichki yalpi mahsuloti hajmi aholi jon boshiga 34 ming dollardan oshadi. «Iqtisodiy mo`jiza» sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda


hukumatning kuchli nazorati ostida vujudga kеldi. Shuning uchun ham, mamlakat iqtisodiyotida davlat sеktori ustuvor hisoblanadi.
Yaponiya kema, avtomobil, traktor, maishiy xizmat ko`rsatish tеxnikalari, stanoklar, kompyuterlar, rangli tеlеvizorlar, vidеomagnitafonlar, elеktr-tеxnika asboblari,sanoat robotlari,optika asboblari, sun'iy ipak tolasini ishlab chiqarish, baliq ovlash bo`yicha bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda ,elektr energiyasi, kimyoviy tola, alyumin va mis eritish, neftni qayta ishlash bo’yicha esa ikkinchi o’rinda turadi.

Yaponiya iqtisodiyoti tashqi savdoga juda bog’liq. Mamlakat o’ziga zarur paxta, jun, boksitning 100%, miss rudasi, neft, temir rudasining 99 % ini, toshko’mirning 82 % ini import orkali oladi.Yaponiya xalqaro savdoda AQSH va Yaponiyadan keyin uchinchi o‗rinni egallaydi. Jahon eksportida qariyib 8,9 %, importda esa 6,3 % ulush uning hissasiga to’g’ri keladi. Dengiz mahsulotlarini olish bo’yicha


Yaponiya oltin valyuta zahiralari hajmi bo’yicha ham jahonda birinchi o’rinda turadi. Jahon bank aktivlarining 40% uning ulushiga to’g’ri keladi. Olti yapon banki jahonning o’n yirik banklari qatoriga kiradi. Yaponiya Uning to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalari 310 mlrd. dollardan ortiq bo’lib, bu jahon investitsiyasining qariyib 12,7 % ini tashkil qiladi.


Yaponiya dunyodagi eng yirik kredit beruvchi mamlakat bo’lib qolmoqda. Taraqqiyotga rasmiy ko’mak doirasida endi rivojlanayotgan mamlakatlarga imtiyozli iqtisodiy yordam ko’rsatish bo’yicha u dunyoda birinchi o’ringa chiqdi. Uning rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam ko’rsatishga ajratilgan ularning mablag’i hajmi yiliga taxminan 11 mlrd. dollardan ortadi.


Ilm –fan va tajriba – konstruktorlik (NIOKR)ga harajatlari bo’yicha


Yaponiya AQSH dan keyin ikkinchi o’rinni egallaydi. Hozirgi kunda NIOKRga xarajatlar mamlakat ichki yalpi mahsulotda 4 % dan ko’proqni tashkil etadi. Jahonda ro’yxatga olingan jami patentlarning 40% yapon patent boshqarmasi ulushiga to’g’ri keladi. Yaponiyada Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) jahonning juda ko’p mamlakatlariga boshqaruvchi kadrlar menejerlar tayyorlab beradigan Universiteti joylashgan.


Taklif va tavsiyalar. Jahon xo`jaligi tarixidan bizga ma'lumki, Yaponiya 50-yillargacha agrar mamlakat sifatida tan olinar edi. Ammo 60 - yillarga kеlib, jahonda eng еtakchi davlatlar hisoblangan AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya kabi mamlakatlar Yaponiyaning jahon xo`jaligida ―iqtisodiy mo`'jiza‖ga erishganini tan oldi. Yaponiya sanoat tarmoqlarida mahsulot ishlab chiqarishning hajmi va iqtisodiy salohiyati bo`yicha jahonda AQSHdan so`ng ikkinchi mamlakatga
aylandi. U bozor iqtisodiyotiga o`tganligi tufayli, dеyarli bir avlod hayoti davomida iqtisodiy jihatdan o`zini tiklabgina qolmay, jahonda eng yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin oldi.

Yaponiya savdo dialoglarida tashabbus o’zidan chiqishini ma‘qul ko’radi. Muzokaralar chog’ida sheriklariga ham shunday yo’lni taklif qiladi.


Rivojlanayotgan mamlakatlar bilan iqtisodiy munosabatlarda Yaponiyaga xos xususiyatlar-ularning ichki bozorini qayta o’rganadi, erkin savdo imkoniyatlari mavjud hududlarga, davlatlarga ular uchun ham manfaatli bo’lgan xizmatlar, texnologiyalar, tovarlar taklif qiladi. Sharqiy Yevropa bilan munosabatlarda (Chexiya, Vengriya) Yaponiya tomoni ularning yuksak darajada rivojlangandan kelib chiqib siyosat yuritadi.XXR, MDH davlatlari, Osiyo mamlakatlari bilan esa Yaponiya firmalari infratuzilmalari rivojlanmaganligi, mamlakatlar ichida kooperatsion yetkazib berishlar uyg’unligi, energiya, xom ashyo taqchilligi omillarini hisobga oladi.Keyingi o’n yilda Yaponiya iqtisodiyotining o’sishi sifatini ta‘minlovchi asosiy yo’nalishlar quyidagilardan iborat:



  • fantalab sanoat ulushining bosqichma-bosqich o’[sishi iqtisodiy modeli intensivligi va katta tarkibiy siljishi;

  • resurslar va energiyani tejash texnologiyasi evaziga ishlab chiqarish bazasining yangilanishi;

  • barcha ishlab chiqarish jarayonlarida elektronika taraqqiyoti va uning joriy etilishi.

Yaponiya iqtisodiyotini, uning rivojlanish modelini tahlil qilgan holda uning ayrim jihatlarini O‘zbekistonda ham qo‘llash mumkin. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishida “Yaponiya modеli”ning ahamiyati juda kata. «Yaponiya modеli» dеyarli 150 yil davomida o`z xususiyatiga ega bo`lib tashkil topgan. Ushbu modеlning Yevropa mamlakatlari va AQSH modеllaridan farqi jamiyatning


iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishida davlatning yuqori darajada qatnashuvidir.
Yapon modеli - vatanparvarlik tuyg`usi asosida yaratilib, eng avvalo, sanoat mahsulotlarining eksport qilinishi evaziga xorijiy valyutasini tushirish va tushgan valyuta evaziga еtakchi xorijiy mamlakatlardan eng zamonaviy tеxnologiyalarni sotib olish, yuqori mеhnat unumdorligiga erishish va tadbirkorlikni qo`llabquvvatlash kabilarni o`z ichiga oladi.



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish