MAHALLIY O’ZINI O’ZI BOSHQARISH – mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan masalalarni aholining manfaatlari, uning tarixiy, ijtimoiy-etnik va boshqa xususiyatlaridan kelib chiqib, shu davlat konstitutsiyasi va qonunlari asosida mustaqil (mas’uliyatni zimmasiga olib) hal qilish uchun fuqarolar faoliyatini tashkil etish tizimi. Mahalliy o’zini o’zi boshqarishni aholi hokimiyat vakillik organlari (munitsipal majlis, kengashlar, qo’mitalar va boshqalar), muvofiq keluvchi boshqaruv organlari, mahalliy referendumlar, fuqarolar kengashlari, bevosita demokratiyaning boshqa hududiy shakllari, shuningdek, aholining hududiy ijtimoiy o’zini o’zi boshqarish organlari orqali amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |