ILOVALAR
1- ilova
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX KAFEDRASI
HAYITBOYEVA CHAROSNING
(F.I.Sh)
O`ZBEKISTON TARIXI FANIDAN
KURS ISHI
Ilmiy rahbar:
___________________________
Urganch – 2022
Mavzu: O’rta Osiyoda Eneolit davri yodgorliklari
Reja:
Kirish Asosiy qism
1.1Eneolit davri xronologiyasi, tavsifi va o'rganilishi.
1.2Oʻrta Osiyoning eneolit davri tabiiy shart-sharoitlari
II-bob.Eneolit davri tabiiy-iqtidodiy makonlari va ularning oʻrganilishi
2.1Eneolit madaniyatining rivojlanish bosqichlari.
2.2Eneolit davri yodgorliklari
2.3Eneolit davri san'ati.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Eneolit davri haqida umumiy tushunchaga ega bo’lish. O’rta Osiyoda Eneolit davri manzilgohlarini o’rganish. Eneolit davrida jamiyatlar turli taraqqiyot darajalarida bo’lganlar.Ba’zi mintaqalarda dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelgan,ba’zi urug’ jamoalari ovchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. Eneolit davrida ibtidoiy qabilalar o’troq turmush tarziga o’tganlar. Doimiy yerto’la,loy,guvaladan qurilgan kulbalarda yashaganlar.O’troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga,cho’l mintaqalarida esa,o’troq ovchilik xo’jaligining qaror topishiga olib kelgan. Keyinchalik ovchilik xo’jaligi zamirida chorvachilik paydo bo’lgan.Eneolit davrining eng katta yutug’i ham dehqonchilik va chorvachilikning vujudga kelishi edi. Ibtidoiy qabilalar ishlab chiquvchi xo’jalikka o’tishdi. Bu uzoq va mashaqqatli davom etgan jarayon bo’lgan. Termachilik zamirida dehqonchilik yotgan,ovchilining zamirida esa,chorvachilik yotgan.Tadqiqotchilarning fikricha, dehqonchilik va chorvachilikning paydo bo’lishiga ayollarning mehnati va sinchikovligi sabab bo’lgan. Neolit davrida toshni ishlash texnikasida yangi usullar-silliqlash,arralash, va parmalash usullari ixtiro etiladi. Bu esa ibtidoiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni yanada tezroq rivojlanishiga olib keladi. Bu usullar hamma qurollarga nisbatan qo’llanilmagan. O’tkir tig’ beruvchi qurollar yasashda kertma va yorma uslubidan foydalanganlar. Eneolit davrida qurollarning turi ko’paygan: tosh boltalar,ponalar,tosh teshalar,iskanalar, og’ir cho’qmorlar paydo bo’lgan. Tosh boltalar Eneolit davrida barcha og’ir yumushlarni bajargan. Markaziy va shimoliy hududlarida , eneolit davri jamoalari ovchilik va baliqchilik xo’jaligi bilan shug’ullanganlar. Mintaqalararo rivojlanishning o’ziga xos jihatlari tabiiy iqlim sharoitidan kelib chiqqan.
Do'stlaringiz bilan baham: |