Urganch davlat universiteti tarix fakulteti



Download 3,85 Mb.
bet85/245
Sana31.12.2021
Hajmi3,85 Mb.
#227170
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   245
Bog'liq
Узб рив стр Fuqarolik jamiyati MAJMUA

Birinchidan, qonun nafaqat jamiyat uchun, balki davlat boshqaruv organlari faoliyatini samarali tashkil etish uchun kerak. SHuningdek, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish orqali inson huquqlari va erkinlarini hurmat qilishga da’vat etadi. Ikkinchidan, jamiyatda ijtimoiy faollikni rivojlantirib, qonun orqali huquqiy asos paydo bo‘lmoqda.

Uchinchidan, jamiyat qo‘llabquvvatlashiga erishgan davlat ham ishlarni samarali tashkil etish imkoniyati ortib boradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida, bu yo‘nalishdagi yana bir dolzarb muammoga to‘xtalib o‘tdilar. Bugungi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmaganligi aytib o‘tildi. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini xolisona baholashga xalaqit berayotganligi hamda shundan kelib chiqib, davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish zarurligi hamda barcha davlat organlari qoshida faoliyat olib boradigan jamoatchilik kengashlari tashkil etishni taklif qildilar. Mazkur jamoatchilik kengashlarining davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlaydigan, ularni aholi bilan bevosita bog‘laydigan ko‘prik vazifasini bajarishi lozimligiga urg‘u berildi123.

Jamoatchilik nazorati institutini yanada rivojlantirish va uning huquqiy asosini mustahkamlashda Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi muhim tarixiy voqea bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF4947sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ning Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishi uchinchi bandida jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirishning bir qator quyidagi vazifalari belgilab berildi:

xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish;

jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;

fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;

mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyati samaradorligini oshirish;

ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning kasbiy faoliyatini himoya qilish kabi bir qator masalalar o‘rin olgan va besh yilda yillarga beriladigan nomlardan kelib chiqib bosqichmabosqich hayotga tadbiq etiladi124.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF5308sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llabquvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturining 33bandida “Davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning ta’sirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini qabul qilish belgilab berilgan125.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalasida olg‘a surilgan g‘oyaviy va nazariy masalalari barcha fan sohalari namoyondalari tomonidan qizg‘in o‘rganilib, mavjud muammolarning echimlari qidirilib, keng jamoatchilik muhokamasi asosida 21 moddadan iborat O‘zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati” to‘g‘risidagi O‘RQ474 sonli Qonuni 2018 yilning 12 aprelida qabul qilindi. Unda jamoatchilik nazorati tushunchasi, uni amalga oshiruvchi sub’ektlar, nazoratga tortiladigan ob’ektlar qiyofasi, nazoratga tortish shakli va uslublari belgilab berildi.

SHu tariqa, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining shakl va usullarini takomillashtirish jarayoni umumjahon ilg‘or tendensiyalariga hamohang holda uzluksiz va izchil rivojlanib bormoqda.


Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish