Urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geodeziya, kartografiya, geografiya kafedrasi Geodeziya, kartografiya va kadastr yo`nalishi


O'rta Osiyo hududlari kartografiyasi tarixi



Download 2,94 Mb.
bet5/9
Sana30.04.2022
Hajmi2,94 Mb.
#599859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Документ

1.3. O'rta Osiyo hududlari kartografiyasi tarixi


O'rta Osiyo haqidagi ma'lumotlar keyinroq Aleksandr Makedonskiy yurishlari (mil.avv. 329-327 yillar) davrida to'plandi. Jumladan, antik davrning yirik geograf olimi Strabon (miloddan avvagi 63-milodiy 28 yillar) 17 ta kitobdan iborat «Geografiya» nomli asarini yaratdi. U «Miloddan avvalgi V asrdan milodiy I asrgacha bo'lgan barcha geograf va tarixchilarning asarlaridan tanqidiy foydalandi»8.
«Geografiya» ning XI kitobida O'rta Osiyoning Parfiya va Girkaniya kabi o'lkalari, Amudaryo, Sirdaryo haqida ma'lumotlar uchraydi. “Geografiya”ning (8 kitobdan iborat) birinchi kitobi, aniqrog'i uning 24-bobi jahon mamlakatlarini tavsiflashga bag'ishlangan va katta ilmiy qiymatga ega. Shunisi muhimki, asarda shaharlar, mamlakatlar va ularning koordinatalari keltirilgan va unga 27 ta xarita ilova qilingan.
Shuningdek, kitobda O'rta Osiyoda yashovchi sak, sug'd, skif, massaget qabilalari haqida ham ma'lumot bor9. Yaksart (Sirdaryo), Politimet (Zarafshon), Epard (Murg'ob) daryolari haqida yozilgan; Amudaryo Araks va Oks deb atalgan.
Uning suvlari esa botqoqliklarga emas «suvlar mamlakati» ga singadi. «Suvlar mamlakati» Shimoliy dengiz deganda, Strabon Orol dengizini tushungan,
Amudaryoning bir o'zani Girkan qo'ltig'iga qo'yilgan, deb o'ylagan
Ptolomeyning (milodiy II asr) “Geografiya”sida Girkaniya, Marg'iyona, Baqtriya, Sug'diyona hamda skiflar mamlakatining geografik holati, Baqtriya va Sug'diyonaning mashhur shaharlari, shuningdek o'sha mamlakatlar va ular bilan tutash o'lkalar va ularning aholisi haqida asl va qimmatli ma'lumotlar keltirilgan12.
Yunon va Rim olimlarining tarix va gografiyaga oid asarlari ma'lum darajada musulmon, shu jumladan yurtimiz olimlari Al-Xorazmiy, Al-Farg'oniy, Beruniy va boshqalarning ijodiga asos bo'lib xizmat qildi.
Ayni paytda Ibn Xavkalning X asrdagi Movaraunnahr kartasi hozirgacha ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Kartada:

  1. Hisor. Turkiston va Zarafshon tog'lari

  2. Iskandar ko'l.

  3. Zarafshon daryosi

  4. Qorako'l

  5. Orol dengizi

  6. Amudaryo

  7. Sirdaryo

kiritilgan bo'lib dunyoning markazi sifatida bular Makkayu Madinaga qaratilgan edi.
Shuningdek, Mahmud Qoshg'ariy (1029-yil) ning «Devoni lug'ati turk»
kitobida o'zi tuzgan dunyo xaritasini doira shaklidagi tasvirini ilova qiladi.
Mahmud Qoshg'ariy Qoraxoniylar davlatining rivoj topgan davrida yashadi. XI asrda toj-taxt uchun kurashlar davriga qaramay Mahmud Qoshg'ariy turkiy qabilalar orasida ko'p yurib o'zi tuzgan kartaga mamlakat, shahar, qishloq, tog', cho'l, dovon, dengiz, ko'l, daryo va hokazolarning nomlarini kiritadi. Karta asosan hozirgi sharqiy yarim sharga to'g'ri keladi. Bu xaqida Mahmud
Qoshg'ariyning o'zi shunday yozgan «Rumdan Mochingacha bo'lgan... shaharlar o'rnini aniqlash maqsadida ularning xammasini yer shaklidagi doirada ko'rsatdim» deydi. Kartaning diametri o'zbekcha bosma nusxasida 18 sm.
Doira chizig'i to'q yashil bo'yoqda (o'zbekcha qora) ko'rsatilganligi Yer yuzini hamma tarafdan okeanlar o'rab olganligini bildiradi. Karta o'rta asr Sharq xaritalarga qisman o'xshasada, lekin ko'p elementlarning tasvirlarlanishi va mazmuni ulardan ancha farq qiladi:

  1. Kartada doiraning, ya'ni yer yuzining markazi O'rta Osiyoga to'g'rilangan, aniqrog'i – Issikkul bilan Bolasog'un oralig'idir (o'rta asr arab kartalarida Yer yuzining markazi - Makka va Madina).

  2. O'rta Osiyo va Qashqar xalqlarining dunyo to'g'risidagi qadimdan mavjud bo'lgan tarixiy va an'anaviy (kun chiqish-old tomon) tushunchalariga asoslanib, Mahmud Qoshg'ariy Sharq tomonni kartaning yuqori qismiga joylashtirilgan.

Karta o'sha davrdagi joy nomlarini qanday nomlaganligi haqida bizga ma'lumot beradi. Bu esa o'sha davr XI asr tarixini o'rganishda qimmatli manba xisoblanadi. Masalan: Shosh (Toshkent), Samarqand, Xo'jand, Marg'ilon, Kubo (Quva), Koson, Qashg'ar, Yorkent tarixiy viloyatlarning mavjudligini isbotlaydi va xokazo.
Shuningdek, daryolar Jayhun (Amudaryo), Xavorazm (Xorazm), Bahri
Obiskun (Kasbiy dengizi), Rus, Sakoliba (Slavyanlar), Taroz (Jambul), Mochin (Xitoy), Javarqo (Yaponiya) kabi qadimiy nomlari haqida ham ma'lumot beradi. Lekin kartada kamchiliklar ham mavjud. Chunonchi, Amudaryo va Sirdaryoni yangilishib Kasbiy dengiziga quyiladi, deb ko'rsatilgan. Bu noto'g'ri. Umuman, M.
Koshg'ariyning XI asrda tuzilgan bu kartasi tariximizni o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
XIII asrga kelib Yevropa kartografiyasida tub burilish davri bo'ldi. Matn ma'lumotlari, grafik tasvirlar kartalarga ko'chdi. Bu esa xo'jalik ishlarini tashkil etish va sayohatlar uchun qulaylik yaratdi. Quruqlikda, davlatlar o'rtasidagi xalqaro munosabatlar, o'zaro kuchlar nisbati o'zga davlatlar ahvolidan ogoh bo'lishni talab qilar edi.
XIII asrda Osiyo qit'asida Chingizxon boshchiligidagi mo'g'ullarning kuchayishi va bu xavfning Yevropaga ham ta'siridan xavotirga tushish, ularning hurujlari haqida aniq, ma'lumotlarga ega bo'lish zaruriyatini tug'diradi. Yevropa davlatlarining maqsadi mo'g'ullar hujumini to'xtatish va mo'g'ullarni katolik diniga kiritishni bosh vazifa qilib olgan edilar.

  1. XIII asrda Inakentiy IV ning Chingizxon huzuriga yuborgan elchisi fransiyexan monaxi Plano Karpini 1246 yilda Rossiyaning janubi, O'rta Osiyo hududlaridan o'tib Qoraqrumga boradi va borgan joyni kartaga kiritali. Undagi ma'lumot:

Solanglik (Manjuriya)
Sarrasin (Afg'oniston, Eron)
Guirlar (mo'g'ullar)
Kaspiy dengizini okean deb ataydi. Tog'lari Iyerusalim va Balxiyaga tutashib ketgan deydi. Sayyohatnomasida karta ham bor.

  1. Fransuz qiroli Lyudovig IX tomonidan Vilgelm de Rubrug 1252-1253yil mo'g'ullar davlatiga yuboriladi. Kaspiyni okean bilan tutashgan emas deb yozadi. Uni dengizni 4 oyda aylanib chiqishi mumkin deydi.

  2. 1271-1272 yili Venetsiyalik Marko Polo Qoraqurumga yo'l oladi. 1295 yili Kirmon – Tebriz - Tarabzun orqali o'z yurtiga qaytadi. Kitobning IV bo'limida Buxoro xonligi xududi haqida ma'lumotlar bor. Amudaryoni-Gejon, Jon nomi bilan tilga oladi. Samaraqand shahrini ta'riflaydi.

  3. Venesiyalik Petr Viskonti 1320 yili O'rta Osiyo kartasini yaratadi. Unda Kaspiy dengizi Saroy deb berilgan. Orolni Kaspiy dengizi deb ko'rsatadi.

  4. Keyinchalik Venesiyalik geograf Andrey Biankoning 1436-yilgi qo'lyozma atlasi asosida, italyan kartografi Fra Mauro 1459-yilda karta tuzgan.

Mazkur kartada hududlar bir muncha to'g'ri berilgan.
Umuman XVI – XVIII asrlarda G'arbiy Yevropada keng tarqalgan dunyoning siyosiy xaritalarida o'rta Osiyo hududlari O'zbek, O'zbekiya, Buxara, O'zbek Movaraunnahr, O'zbek Turkistan deb umumiy nom bilan atalgan. Shuni qayd qilish kerakki, bu nomlarning barchasi xalq nomi sifatida emas, balki joy nomi, yana mamlakat nomi sifatida qo'llanilgan. Shunday xaritalardan biri,
«Kaspiy dengizi va o'zbek mamlakati xaritasi» deb nomlanadi. Bu karta 1735yilda Yoxannes van Gelen tomonidan Nyurenberg shahrida nashr etilgan. Xarita Gollandiyalik xaritashunos Abraham Maasning qo'lyozma xaritasi asosida amalga oshirilgan. Abraham Maas esa uni o'z navbatida 1723-yilda Pyotr I tomonidan Eron va boshqa Sharq mamlakatlariga yuborilgan elchilari uchun maxsus tayyorlangan rus xaritasining asl nusxasidan ko'chirgan.
Karta Shimolda Rossiyaga qarashli Qalmuqiya (Kalmuchia) viloyati va Qozoqlar viloyati, Sharqda Qoshg'ar viloyati, Janubda Hindistonga qarashli Qobul viloyati va Eronga qarashli Zabuliston, Xuroson hamda Astrabod bilan chegaradosh bo'lgan. Agar xaritaga diqqat bilan qaraydigan bo'lsak, Abraham Maas xaritasida XVI – XVII asrning birinichi yarmida o'zbeklar yashagan hududlar, ikkinchi tarafdan esa Shayboniylar (XVI asr) va Ashtarxoniylar (XVIIXVIII asrning birinchi yarimi) sulolariga tegishli o'zbek xonlarining siyosiy hokimiyatiga bo'ysungan hududlar aks ettirilgan. Shuningdek, kartada bu hududlar 11 ta o'lka va viloyatlarga bo'lingan. Bu ma'muriy birliklar xaritada uch qatorda joylashtirilgan. Yuqori qatorda 6 viloyat joylashgan. Turkiston, Farg'ona, Toshkent,
Axsikent, Farob, Orol, Turkman cho'li; o'rta qatorda 3 ta viloyat Samarqand, Buxoro, Xiva, pastki qatorda ikkita qator joylashgan. Badaxshon va Balx. Shuningdek, 2 ta viloyat – Buxoro va Xivaga nisbatan Propria (mulk) so'zi ishlatilgan. Fikrimizcha, bu xonlik ma'nosini anglatgan bo'lsa kerak.
Xaritaning asosiy xususiyatlaridan biri shuki, unda o'troq aholi yashaydigan joylar, (Bu joylar katta-kichikligiga qarab minorali masjid yoki 2 ta masjid shaklida maxsus belgilar bilan belgilangan) bilan bir qatorda ko'chmanchi chorvador aholi yashaydigan hududlar ham aks ettirgan bo'lib, ular qabilaning katta-kichikligiga qarab, bir necha o'tov shaklidagi belgilar bilan belgilangan.
Xaritada shahar va qishloqlar bir-biri bilan chiziqlar orqali birlashtirilgan bo'lib, bu chiziqlar karvon yo'llarini anglatgan. Xaritada qora rangli doiracha va uning ustidagi bayroq shaklidagi belgilari ham mavjud. Bu doirachalar karvon yo'llari yoqasida joylashgan kichik qishloqlarni, bayroqli doirachalar esa karvonsaroylarni anglatgan bo'lishi mumkin.
Xaritada ko'plab tog' tizmalari aks ettirilgan lekin ulardan faqat ikkitasining nomlari keltirilgan: karbadas montes (Samarqand viloyatida Keshdan sharqda va Termizdan shimolda) va Balchan montes (Xiva viloyatida Kaspiy dengizining Balxan qo'ltig'i qirg'oqlarida).
Xaritada ko'plab joy nomlari, shaharlar, aholi punkti nomlari ham qayd etilgan. Xaritadagi mazkur nomlarning ko'pchiligi o'rta asr yozma manbalarida ham qayd etilgan. Joy nomlarining yozilishi va ularni joylanishidagi ayrim noaniqliklarga qaramasdan bu xarita O'rta Osiyo tarixi va geografiyasi bo'yicha muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Xulosa qilishimiz mumkinki, kartorafiya o'tmishda yashagan xalqlarning davlatchilik tarixi va ularning joylashish o'rni, xalqlar etnografiyasi, shaharsozligi tarixini bugungi kun nuqtai nazarida gavdalantirishda muhim manba sanaladi. Shuning uchun bu fan haqli ravishda yordamchi tarix fanlari asoslari yo'nalishiga kiritilgan.
Ba’zi bir qadimiy manbalarda O‘rta Osiyo hududida yashab ijod qilgan bir qancha olim va ulamolarni «arab geografiyasi» vakillari deb kelingan. Prof. H.Hasanov va G.Yu.Krachkovskiylar bu talqin notugri ekanligini isbotlab berishgan. Bu to‘grida H.Hasanov «O‘rta Osiyolik geograf va sayyohlar» nomli kitobida «O‘rta Osiyo olimlari deyilganda, shu o‘lkadan etishib chiqqan va o‘z ilmiy faoliyatini shu erda yoki boshqa mamlakatlarda o‘tkazgan olimlar guruhi tushunilishi kerak» deb yozadi.
O‘rta Osiyolik Muhammad Muso Xorazmiy, Ahmad al Fargoniy, Jayxoniy, Balxiy, Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy, Hafizu Abru, Bobur, Haydar Mirzo kabi ajoyib olim va geograf sayyohlar geografiya va kartografiyaning rivojlanishiga juda katta hissa qo‘shganlar. Turkiston zaminida Xorazmning SHarq fani tarixidagi o‘rni juda muhimdir. Xorazmda aniq fanlar matematika, astronomiya, kartografiya, ximiya, minerologiya, geografiya IX asrlarda yuksak darajada taraqqiy etgan.
Ilk Xorazm vohasining ko‘zga ko‘ringan mashhur olimlaridan Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (qisqacha Muhammad Xorazmiy) Xorazmda tugilib Bog‘dodda vafot qilgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra u 780-yilda tugilgan va 847 yilda vafot qilgan deb taxmin qilinadi.
IX asrning boshlarida podsho Ma’mun hukumronlik qilgan davrda (813833 yillar) Bogdodda «Olimlar akademiyasi» - «Bayt al-xikma» (Donishmandlar uyi) tashkil qilinib, unda juda ko‘p O‘rta Osiyolik olimlar ijod qilgan, Shu vaqtda Muhammad Xorazmiy Bog‘dod rasadxonasining yer yuzi aylanasining uzunligini o‘lchash uchun 1° yoy uzunligini aniqlash bo‘yicha ekspeditsiyasiga (Mesopotomiyada) rahbarlik qilgan.
Prof. H.Hasanovning yozishicha, xalifa Ma’mun topshirig‘i bilan «Jahon kartalari» tuzishga kirishiladi va bu ishga M.Xorazmiy rahbarlik qiladi. Bu asarni «Dunyo atlasi desa ham bo‘ladi. Bunda 70 tacha olim shug‘ullangan. Kartalarni tuzish 840 yillarda tugallangan. Xorazmiyning mazkur kartalar yaratish munosabati bilan yozilgan «Surat al-arz» kitobi «Xorazmiy geografiyasi» bilan mashhurdir. Kitob bir necha o‘nlab kartalar va berilgan izohnomalardan iborat bo‘lgan. Bu kitobni «erning surati» deb ham yuritganlar.
Hrzirgi vaqtda atlasdan 4 ta karta saqlanib qolgan. Hozir Strasburg shahrida (Fransiyada) saqlanmokada. Kartalarga izoxlar asosan zij tarzda berilib, 537 ta eng muxum joylarning nomi va koordinatalari ko‘rsatilgan. Atlasdagi kartalardan birida Nil daryosi havzasi ta’svirlansa, ikkinchisida Azov va Qora dengizlar tasvirlanganyu. Muhammad Xorazmiy O‘rga Osiyoning buyuk geograf olimigina emas, balki Sharq geografiyasining va kartografiyasining asoschisi, uzoq
Ispaniyadan to Qashqargacha bo‘lgan barcha tabiatshunos, geograf va sayyoh olimlarga ilxom bergan namuna bo‘lgan rahnomasi hamdir. Ulug’ Beruniy ham uzidan 2 asr oldin o‘tgan vatandoshini katta ehtirom bilan tilga olgan. Italiya sharqshunosi K.Nallimo Xorazmiyga yuksak baho berib, «Yevropadagi hech bir xalq Xorazmiy erishgan yutiqqa erishishga va bunday asar yaratishga qobil emas edi deb yozadi. Muhammad Xorazmiyning zamondoshi bog’dod rasadxonasining xodimlaridan biri Ahmad ibn Muhammad al Fargoniy asli farg’onalikdir. Uning geodeziya sohasida kilgan ishlaridan «Al-Komil fil usturlob» («Usturlob tug’risida mukammal ma’lumot») va «Usturlob san’ati tug’risida» nomli asarlari geodezik va astronomik o‘lchash ishlarni bajarishda o‘sha vaqtdagi asosiy manbalardan biri xisoblangan. Al-Fargoniy Evropada ulug‘ Al-fraganus nomi bilan mashhur bo‘lgan. Fargoniyning xizmatlaridan yana biri shuki, 861-yilda u al-
Mutavakkilning buyrug‘i bilan Nil daryosi suv sathini o‘lchaydigan asbob yaratib uni o‘rnatish uchun Qoxiraga borgan va bu ishni qoyilmaqom qilib bajargan.
X asrda yashab ijod qilgan yana bir xorazmlik olim Abu Abdulla Xorazmiydir.
Uning kartografiya tarixiga qo‘shgan xissasi shundan iboratki, u o‘zining geografiyaga tegishli asarlarida Xo‘jand-SHifurkon (SHibirron) shaharlaridan utgan meridianni Bosh meridian deb qabul qilgan. Natijada bu meridian Xo‘jand meridiani nomini olgan.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish