Kartografiya va geografiya fanlarini ilmiy ildizlari qadimgi Yunoniston borib taqaladi. Dastlabki karta eramizdan oldingi V asrlarda yashagan grek matematigi va astronomi Pales tomonidan tuzilgan osmon yulduzlari kartasidir. Qadimgi Gretsiya va Misrda dastlabki kartografiyani ilmiy asoslarini yaratishida, shu davrdagi koloniyachilik siyosatini rivojlanish bilan bog‘liqlik tomonlariga borib taqaladi. Makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn sharq qa qilgan harbiy yurishlari vaqtida to‘plangan manbalar asosida zarur bo‘lgan oddiy kartalar yaratiladi va joylarni sodda topografik kartalari tuzilib foydalaniladi. Iskandar o‘zi bilan bilimdon kishilarni birga olib yurib, ularni qadam bilan yer o‘lchovchilar deb atagan.
Masofalarni qadamlab o‘lchash asosida o‘sha davrdagi o‘lcham birligi stadi (192.2 m) asosida qadam masshtabi yordamida hisoblash ishlari bajarilgan. Eramizdan oldingi IV asrlarda yerni sharsimonligi to‘g‘risidagi nazariyani Aristotel tomonidan yaratilishi kartografiyani asosi bo‘lgan matematik kartografiyani rivojlanishiga asos solindi desa bo‘ladi. Lekin shuni ham qayd qilish kerakki Yunoniston va Rimda antik davrda rivoj topgan qadimgi kartografiya Misr, Osuriya, Vaviloniya, Xitoy, Xindiston va O‘rta Osiyoda ilk bor vujudga kelgan fan va ma‘daniyat yutuqlaridan baxramand bo‘lgan deyishga to‘la asos bor. Chunki antik davr mamlakatlari Sharqning ko‘plab mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy va ma‘daniy aloqada bo‘lganlar, shu tufayli ular geografik tasavvurlarini kengaytirganlar va boyitganlar.
Qadimgi Gretsiyada topografik o‘lchash ishlarini rivojlanishida dehqonchilikni roli kattadir. Eramizdan oldingi II asrlarda astranomiyani rivojlanishi munosabati bilan kartografiya sohasida ham yangi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi.10 Masalan, Gipparx osmon yulduzlari kartalari uchun yangi proeksiyalar ishlata boshladi, shu asosda doirani 360 qismga bo‘lib o‘rganishni tavsiya qiladi. Eramizdagi II asrda Krates tomonidan Yerning dastlabki globusi yaratiladi, unda Yer shar shaklida bo‘lib, 2 ta okean tasvirlangan, biri ekvator bo‘ylab ikkinchisi meridional shaklida joylashgan.
Qadimgi dunyo geografiyasining bilimdonlaridan mashhur olim milodning II asrida yashagan iskandariyalik geograf, astronom va kartograf Klavdiy Ptolomeydir. Uning “geografiya” kitobini antik davrning o‘ziga xos geografik qomusi desa bo‘ladi. Ptolomey bu asaridan tashqari yana 27 ta kartadan iborat dunyo atlasini yaratgan. Atlas kartalarida graduslar to‘ri tasvirlangan, kartalar o‘z davriga nisbatan ilmiy jihatdan ancha yuksak darajada bo‘lgan. Ptolomey atlasidagi 22 kartada O‘rta Osiyo 810 -1470 sharqiy uzoqlik va 360-630 shimoliy kengliklar orasida tasvirlangan, unda respublikamiz hududi ham aks ettirilgan. Shuni aytib o‘tish joizki, Ptolomey bosh meridianni Kanar orollaridan o‘tkazgan. Klavdiy
Ptolomey atlasidagi kartalarda O‘rta Osiyodagi davlatlar - So‘g‘diyona va boshqalarning chegaralari berilgan va shu hududda yashovchi 12 ta qabila yashagan maydonlarning chegaralari ko‘rsatilgan.
Unga qadar “Geografiya” nomli dastlabki asar yunon geografi, kartografi, astronomi va matematigi Eratosfen tomonidan yozilgan. Eratosfenning dunyo kartografiyasi rivojiga qo‘shgan xissasi juda katta bo‘lib, uni rahbarligida yer yuzasidagi joylarning o‘rinlarini, kenglik va uzoqliklar orqali aniqlash va gradus o‘lchash yo‘li bilan aniq o‘lchash usullari ishlab chiqilgan. Eratosfen yer yuzidagi 10 yoy uzunligini aniqlash uchun oddiy usuldan foydalangan. Masalan, u 22 iyunda Misrdagi ikkita shahar, ya‘ni Iskandariya bilan Asuan (ilgargi Siena) shaharlarda quyosh zenitda bo‘ladigan vaqtda yarim doiraviy skafis yasab (kosaga o‘xshagan) uni 180 bo‘lakka bo‘lgan, o‘rtasiga tik tayoqcha o‘rnatgan. Bir vaqtning o‘zida 2 shaharlarning tush paytida (soat 12 larda) tik o‘rnatilgan tayoqchalardan tushgan soyalar ko‘rsatkichlarning farqi 70 12΄ ga teng bo‘lgan, bu esa yer aylanasining 1/50 qismini tashkil qilishini aniqlab bergan. Yer aylanasining uzunligi o‘sha vaqtda (250000 stadiy - 1 misr stadiy uzunligi 158 metr) 39375 kilometr ekanligi (hozirgi o‘lchami 40008 kilometr), yer radiusining uzunligi 6287 kilometr. 10 yoyning uzunligi taxminan 110 kilometr ekanligi aniqlangan.
Hozirgi aniq ma‘lumotlarga qaraganda Iskandariya shahrining kengligi 310 11,7‘ Asvon (Siena) ning kengligi 2405,1΄ ga teng bo‘lib, farqi 70 6,7΄. Demak, o‘sha davrda aniqlangan 10 yoy uzunligi hozirgiga nisbatan farqi juda kam bo‘lgan.
Eratosfenning “Geografiya” nomli 3 qismdan iborat kitobida o‘sha davr uchun juda zarur bo‘lgan geografik va kartografik ma‘lumotlar berilgan. Lekin uning kitobi saqlanmagan. Uning kitoblari to‘g‘risidagi ma‘lumot mashhur olim Strabon tomonidan yozib qoldirilgan. Birinchi kitobida qadimgi davrdan o‘sha vaqtgacha ma‘lum bo‘lgan joylarning geografik tasvirlari berilgan. Anaksimandr va Gekateylar tomonidan tuzilgan dastlabki geografik karta to‘g‘risida ma‘lumot keltirilgan. Ikkinchi kitobida yerning sharsimonligi va uni o‘lchash usullari to‘g‘risida, uchinchi kitobida o‘sha davrda ma‘lum bo‘lgan hududlarning kartalari va ularni geografik tasviri bayon etilgan ekan.