14
II BOB UMUMGEOGRAFIK KARTALARNI LOYIHALASHDA VA
TUZISHDA MASSHTABNING AHAMIYATI
1.1 Bosh masshtab va xususiy masshtab
Geografik xaritalarda sonli masshtab xaritadagi bir nuqtaga yoki birorta
chiziqqa tegishli bo‗ladi. Bu bosh (asosiy) masshtab deb ataladi. Mayda
masshtabli xaritalarda bosh masshtab ekvator va boshlang’ich 114 meridianda
o’zgarmay saqlanib qoladi. Xatoliklar bilan tasvirlangan maydonlarda masshtablar
o’zgaruvchan bo’ladi va u xususiy masshtab deyiladi.
Bu joylardagi uzunliklar
xususiy masshtab asosida aniqlanadi.
Geografik xaritalarda, odatda, bosh masshtab yozib qo’yiladi va u xarita
janubiy ramkasi tagiga yoki shimoliy ramkaning tepasida beriladi. Geografik
xaritalardagi masofalar xususiy masshtab bilan maxsus formula yordamida
hisoblab chiqariladi. Buni tushunishning eng yaxshi
usuli uni ikki bosqichli
jarayonda ko’rib chiqish hisoblanadi. Birinchidan, Yer tekis xarita uchun tanlangan
o’lchamgacha kichraytirilgan (masshtab) xaritaga tushirilgan, deb faraz qiling.
Bunday faraziy yer shari referens shar deb ataladi. Ikkinchidan, faraz qiling, Yer
shari yuzasi tekis yuzaga nuqtadan nuqtagacha matematik o’zgartirilgan. Yer
shariga tegishli uch o’lchamli axborot endi ikki o’lchamli yuzada ko’rsatiladi.
Referens sharda bosh (asosiy) masshtab deb ataluvchi berilgan
tasvirlash darajasi
bo‗ladi. Asosiy masshtabni olish uchun Yer radiusini shar radiusiga bo‗lamiz.
Referens sharda berilgan masshtab biror joyda asosiy masshtab sifatida saqlanadi.
Xususiy masshtab asosiy masshtabga bo‗lingan amaldagi masshtab hisoblanadi.
Shunday qilib, ta‘rifga ko’ra, xususiy masshtab sharda hamma joyda 1.0 bo’ladi.
Shar yuzasi butunlay yoki uning biror qismi tekis xaritaga o’tkazilganda, amaldagi
masshtab xaritaning turli qismlarida asosiy masshtabga nisbatan yirik yoki mayda
bo’ladi. Bu – shar va tekislikning bir-biriga mos kelmasligidandir. Shu jihatdan,
tasvirni cho’zilish, qisqarish yoki uzilishlarsiz o’tkazib bo’lmaydi. Demak, xususiy
masshtab tekis xaritada joydan-joyga doimo o’zgaradi.1 Shubhasiz, xaritalar
voqea-hodisalarni amaldagidan ko’ra kichikroq qilib tasvirlaydi. Kattalik yoki
uzunlikni o‗lchashda foydalanayotgan xarita masshtabini bilishimiz zarur.
Xarita
masshtabi Yerdagi masofalar orasidagi nisbat ifodasi bo‗lib, bu masofalar xaritada
qanchaga teng ekanligini bildiradi. Ko’pchilik xaritalarda masshtab va xaritaning
qaysi qismi uchun bu masshtab qo’llanilishi ko’rsatiladi. Xarita masshtabini bilish
masofani aniq o’lchash va hududlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Xaritalar tez-tez mayda, o’rta yoki yirik masshtablar ko’rinishida
ta‘riflanadi. Mayda masshtabli xaritalar katta hududlarni nisbatan kichik o’lchamda
ko’rsatadi, o’zida kichik tafsilotlarni qamrab oladi va ancha taniqli
bo’lgan
katta
qismlarni tasvirlaydi. Yirik masshtabli xaritalar Yer yuzasi kichik hududlarining
15
yirik tafsilotlarini ko’rsatadi va taniqli bo’lmagan kichik qismlarini aks ettiradi.
Shu o‗rinda alohida jihatga e‘tibor qaratish lozim. Yirik masshtab va mayda
masshtab to’g’risida ayrim tushunmovchiliklar mavjud. Kundalik lingvistik
foydalanishda mayda masshtab kichik o’lkalar bilan bog’liq; kartografiyada bu
teskari ma‘noda qo’llaniladi: kartografiyada mayda
masshtab xaritaning kichik
sohasida tasvirlanadigan katta hududlar bilan bog‗liq. Kartografiyadagi yirik
masshtab xaritaning nisbatan katta sohasida batafsil ma‘lumotlar keltirilgan kichik
o’lkalar bilan bog’liq. Texnik jihatdan kartografiyada lingvistik foydalanish
quyidagi tarzda to’g’ri bo’ladi: yirik masshtab maxrajida nisbatan kichik son
bo’lgan daraja sifatida; mayda masshtab
kichik qiymatni ifodalaydi, demak
maxrajda kattaroq son bo’ladi.1 Masshtab o’zgarganda, generalizatsiya zarur
bo’lib qoladi, yirik masshtabli xaritadagi butun axborot mayda masshtabli xaritada
aniq tarzda aks etmasligi mumkin. Ijtimoiy-iqtisodiy mavzuli xaritalarda bu
generalizatsiya, odatda, to’planish shaklini oladi: mayda birliklar katta birliklarni
hosil qilish uchun birgalikda qoshib yuboriladi.2 Xaritaning to’laqonli
ekanligi
nafaqat uning mazmuniga, balki masshtabiga ham bog’liq. Istalgan turdagi xaritani
yaratishda uning masshtabi maqsadi kabi kuchli ta‘sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: