Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti geodeziya, kartografiya va geografiya kafedrasi



Download 1,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana25.02.2022
Hajmi1,09 Mb.
#464977
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
kurs ishi javlon

 
 
 
 
 
 
 
1:1000 000 Masshtabli xalqaro karta. 
Sobiq Ittifoq va uning hududlarini
1:1mln masshtabli kartaga tushirishning ahamiyati kattadir. Unda parallelar orasi 
4°,meridianlar orasi 6°ga teng bo’lib,sobiq Ittifoq hududi 183 varaqni, ya’ni 54m 
2 maydonni tashkil etgan.1:1 mln masshtabli kartani yaratish ҳarbiy soha uchun 
katta ahamiyatga ega bo’lib, 1920—30-yillarda dastlabki varaqlar chop etila 
boshlandi, 1941—45-yillarda esa chop etish tugallandi. Urush davri bo’lishiga 
qaramasdan uni tuzish va nashr qilish tezlik bilan amalga oshirildi. Lekin kartaning 
ba’zi joylarida kartografik manbalar yo’qligi uchun «oq dog’lar» ham 
qolgan 
edi. Bu kartada xarbiy strategik ob’ektlar tasvirlangani uchun ham uni «operativ 
strategik karta» deb yuritiladigan bo’ldi. 
Mazkur karta Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishda 
ham keng qo’llanilgan. 1950-yilda sobiq Ittifoq territoriyasi 1:1 000 000 
masshtabli karta bilan to’liq ta’minlanganidan so’ng 1950—60-yillarda 1:1 mln 
masshtabli kartaning 2-nashri chop etila boshlandi. Yangi karta yer yuzasini, tabiiy 
boyliklarning geografik joylashishini o’rganishda, davlat tomonidan yirik qurilish 
ishlarini olib borishda,ayniqsa aeronavigatsiya ishlarida foydalanilib, karta 
mavzusiga o’zgarishlar kiritildi, ҳududdagi «oq dog’lar» bartaraf etildi. Kartadagi 
ba’zi shriftlar almashtirilib, ranglarga ham o’zgarishlar kiritildi, natijada uni o’qish 
osonlashdi. Bunday masshtabdagi karta dunyoning boshqa ҳududlari uchun ҳam 
tuzilgan (Antarktida, Kanadaning ba’zi joylari). Bu kartani tuzib, nashr qilish 
nazorati BMTga yuklatilgan. 1:1 mln masshtabli kartaning matematik elementlari 
(masshtabi,proeksiyasi, komponovkasi) hamma joyda bir xil bo’lib, jihozlanishi 
ham bir hildir.
Deyarli hamma varaqlarida o’simliklar dunyosi ko’rsatilmagan, aҳoli 
yashaydigan joy va yo’llar yaxshi tasvirlangan. 1:1 mln masshtabli kartada ham 


12 
boshqa obzor-topografik kartalar kabi zarur elementlar tasvirlangan. Lekin 
ulardan farqi yirik tabiiy geografik rayonlar to’g’risida etarli darajada ma’lumot 
olish mumkin.Shu bilan birga bu masshtabda generalizastiya jarayoni juda 
murakkab kechadi. Chunki tasvirlanayotgan hududda har xil geografik 
landshaftlar, masalan tog’lar,tog’oldi tekisliklari, qumliklar, botqoqliklar, doimiy 
muzlagan ҳududlar va ҳokazolar bo’lishi 
mumkin. 
Kartada miqdor ko’rsatkichlarga asoslangan sifat ko’rsatkichlar ham 
berilgan.Ba’zi aҳoli yashaydigan joylar masshtabga to’g’ri kelmay қolsa ham, 
shakli saqlanib tasvirlangan. Bu kartaning o’ziga xos xususiyati yozuvlarining 
ko’pligidir. Aҳoli yashaydigan joylar aҳolining soniga qarab aҳoli siyrak va 
o’rtacha zich joylashganda 1 dm 2 da 60—140 tagacha, aҳoli zich joylarda 180— 
190 tagacha tasvirlanishi ham mumkin. Generalizastiya vaqtida aҳoli yashaydigan 
joyning ahamiyati, tarixiyligi, tipi va boshqa xususiyatlari hisobga olinadi.
Bu ayniqsa aloqa yo’llarini tasvirlashda sezilarlidir. Yo’llarning bo’linishi 
saqlanib ularning ahamiyati e’tiborga olinadi. Tog’li rayonlarda, cho’llarda, 
o’rmonlarda hamma yo’llar tasvirlanishi kerak. Dengiz qirg’oqlarida orientir bo’lib 
hisoblangan joylar saqlanishi ko’zda tutilgan. Masalan tirsaklar, quruqlikka kirgan 
joylar, yarim orollar va orollar. Umuman qirg’oqlar klassifikastiyasi saqlanib 
qoladi. 

Download 1,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish