Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan; ko'pincha ikki, ba'zan 3-6 tavaqali bo'ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi va ikki yadroli amyobasimon murtak, kapsula ichida esa otiluvchi ip o'rami joylashgan. Shu sababdan bunday sporani dafatan ko'p yadroli deyish mumkin. Sporalar tashqi tomondan qattiq po'st bilan qoplangan, ko'pincha uzun o'simtalari bo'ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta’sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. - Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan; ko'pincha ikki, ba'zan 3-6 tavaqali bo'ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi va ikki yadroli amyobasimon murtak, kapsula ichida esa otiluvchi ip o'rami joylashgan. Shu sababdan bunday sporani dafatan ko'p yadroli deyish mumkin. Sporalar tashqi tomondan qattiq po'st bilan qoplangan, ko'pincha uzun o'simtalari bo'ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta’sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi.
- Sporaning tavaqalari ochilib, amyobaga o'xshash parazit chiqadi va ichak epiteliysi orqali qonga o'tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo'linishi natijasida ko'p yadroli plazmodiy hosil bo'ladi. Keyinchalik plazmodiyda generativ yadrolar shakllanadi va spora hosil bo'ladi
Miksosporalilarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo'ladi. Faqat spora hosil bo'lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo'lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (jumladan amyobasimon murtak, otuvchi kapsula va tavaqalarning yadrolari) gaploid bo'ladi. Faqat amyobasimon murtakning spora ichidan chiqishidan oldin murtak yadrolari juft-juft bo'lib qo'shilishi natijasida diploid yadro hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish ana shunday sodir bo'ladi va uni avtogamiya deyiladi. - Miksosporalilarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo'ladi. Faqat spora hosil bo'lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo'lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (jumladan amyobasimon murtak, otuvchi kapsula va tavaqalarning yadrolari) gaploid bo'ladi. Faqat amyobasimon murtakning spora ichidan chiqishidan oldin murtak yadrolari juft-juft bo'lib qo'shilishi natijasida diploid yadro hosil bo'ladi. Jinsiy ko'payish ana shunday sodir bo'ladi va uni avtogamiya deyiladi.
- Shunday qilib, jinsiy ko'payish xususiyati hamda hayot siklida yadrosining gaploid va diploid fazalari nisbati o'ziga xos bo'lishi bilan miksosporalilar boshqa sporalilardan keskin farq qiladi. Ularda xivchinli stadiyasi bo'lmaydi. Bu bilan miksosporalilar boshqa sporalilar singari xivchinlilarga emas, balki soxta oyoqlilarga yaqin turadi
Do'stlaringiz bilan baham: |