Kirish
Mavzuning dolzarbligi. “Ta’lim to’g’risida” gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlari ta’limning ilg’or yangiliklarini aniqlash, ularning jamg’armalarini tashkil etish, sinab ko’rish, pedagogik amaliyotga tadbiq etishning ilmiy xulosalarini ishlab chiqishning dolzarbligini oshirib yubordi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol, intelektual salohiyatini avlodni tarbiyalashga qaratilgan. Kadrlar taayyorlash milliy dasturida ta’lim tarbiya tizimidagi masalalarni tubdan isloh qilish davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalardan biri ekanligi ta’kidlangan.
Matematika fanining boshqa fanlarga nisbatan murakkablik tomonlarini hisobga olib, darsda o’rgatiladigan bilimlar o’qituvchi tomonidan qayta o’rganilib chiqilishi va mustahkamlanilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunga ko’ra boshlang’ich sinf o’quvchilarini matematikadan mustaqil ishlashga o’rgatish o’ta muhim. Shu sababli boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematik tayyorgarliklari davlat ta`lim standartlari talablari darajasida bo`lishi uchun o`quvchilarni fanga oid misol, masalalar va qo`shimcha adabiyot bilan ishlash tashkil qilingan bo`lishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |