Tizimda egiluvchanlik va ishonchlilikni yaratish, xodimlar va iste’molchilarni xizmat ko‘rsatish tizimiga sodiqligi, xizmat ko‘rsatish tizimini uzluksiz yaxshilash
3.Tizimda egiluvchanlik va ishonchlilikni yaratish, xodimlar va iste’molchilarni xizmat ko‘rsatish tizimiga sodiqligi, xizmat ko‘rsatish tizimini uzluksiz yaxshilash Hozirgi sharoitda respublikamizda o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan servis tizimi sohasi mutaxassislari xizmat ko‘rsatishning barcha sir atvorlari to‘g‘risida kasbiy bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim. Jumladan, restoran mijozlariga xizmat ko‘rsatishda, ofitsiant mijozlar bilan muomala qilish malakasiga, etiket bilimiga, taom va ichimliklarni uzatish va yig‘ish ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i shart. Xizmat ko‘rsatish sifati ko‘pchilik holatlarda xizmat ko‘rsatish uslublariga bog‘liq bo‘ladi. Xizmat ko‘rsatish uslublari korxonalar turlariga tegishli bo‘ladi. Masalan, tez xizmat ko‘rsatuvchi ommaviy ovqatlanish korxonalarida taomlarni tayyorlash va yetkazib berishning yuqori tezligi zarur bo‘ladi. Kechqurungi va kechki mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi restoranda esa taomlarni sekinlik bilan tortish, stolni servirovka qilish qoidalari, taomlarni tortish va etiket qoidalarini inobatga olgan holdagi yuqori sifatli xizmatlarni taqazo etadi. Iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish servis tizimi korxonasining ixtisoslashtirilgan xonalarida yoki xizmat turi va buyurtmachi talabiga taalluqli ravishda xizmatni bajarish uchun zarur bo‘lgan har qanday boshqa joyda amalga oshiriladi. Xizmat ko‘rsatish sifatiga xizmat ko‘rsatish sharoitlari bevosita bog‘liq bo‘ladi. Bu o‘z navbatida xizmat ko‘rsatish jarayonida iste’molchiga ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, servis faoliyatining asosi bo‘lib, xizmat ko‘rsatishni amalga oshiruvchi xodimlar, xizmat ko‘rsatish vositalari va xizmat ko‘rsatish sharoitlari hisoblanadi. Servis xizmatini amalga oshiruvchilarining o‘zlari ham iste’molchilar talablarini to‘liq qondira olmasliklarini yaxshi tushunar edilar. Bunday holatlarning vujudga kelish sabablaridan asosiylari, turli xil materiallarning yetishmasligi, xizmat ko‘rsatish tizimi sohasi korxonalardagi texnik xizmat ko‘rsatish takomillashmagan va boshqa bir qator ob’ektiv sabablarning vujudga kelishi hisoblanadi. Servis tizimi korxonalari ko‘proq e’tiborni iste’molchilarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirishga qarata boshlashdilar.Chunki bunday yo‘l tutishga ularni sohada vujudga kelayotgan raqobat muhiti majbur qiladi. Raqobat o‘z navbatida xizmatlar sifatiga qattiq talablar qo‘yadi. Lekin bu yerda shuni ta’kidlash joizki, bizda hozir to‘liq raqobat muhiti servis tizimi sohasida yaratilgan emas.