TIKUVCHILIK USTAXONASINI JIHOZLANISHI:
№
|
Nоmlanishi
|
Miqdori
|
1.
|
O`qituvchi stоli
|
1 dоna
|
2.
|
O`qituvchi stuli
|
1 dоna
|
3.
|
Sinf taхtasi (dоska)
|
1 dоna
|
4
|
O`quvchi stuli
|
20 dоna
|
5.
|
Tikuv mashinasi
|
15dоna
|
6.
|
Bichish stoli
|
10 dоna
|
7.
|
Dazmol stoli
|
10 dоna
|
8.
|
Dazmol
|
10 dоna
|
9.
|
Qaychi
|
20 dоna
|
10.
|
Leneyka
|
20 dоna
|
11.
|
Chizg’ich
|
20 dоna
|
12.
|
Bo’r
|
20 dоna
|
INSTRUKSION-TEXNALOGIK HUJJATLAR
№
|
Ish ketma ketligi
|
Tasvir
|
Jixozlar
|
1
|
110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagining qirqimlariga tikuv mashinasida ishlov beriladi.
|
|
Tikuv mashinasi,
Stol,
Stul,
Qaychi,
Santimetr lenta
|
2
|
Belbog‘ning to‘rt tomonidan bir xil kenglikdagi hoshiya chiziladi. Belbog‘da gulning naqshi, asosan, 4 ta chetki qismining hoshiyasida joylashgan bo‘ladi.
|
|
Zanjirsimon popop chok namunalari,
|
3
|
Avval naqsh guli qiyiqchaga tushirib olinadi, belbog‘ bo‘lib-bo‘lib gardishga tortiladi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi. Bunda mulina iplarini ikki qavat qilib ishlatish tavsiya qilinadi.
|
|
Gardish,
Har xil rangli mulina iplar, Igna,
Angishvona
|
4
|
Nusxa tikib bo‘lingach, belbog‘ning avval teskari, so‘ngra o‘ng tomonidan dazmollanadi.
|
|
Dazmol stoli,
Dazmol
|
O’QITVCHINING DARSGA TAYYORGARLIGI
Biz o’quvchilarni 3 ta kichik guruhga ajratamiz va guruhlar o’zlariga nom va guruh sardorini tanlashadi. So’ng guruhlarga savol-javob va skanvord, B-B-B metodlarini qo’llaymiz.
Har bir guruh 5 tadan savollarni navbat bilan tanlab oladi. Har bir to’liq javob uchun guruhga 1 balldan beramiz savolga tayyorlanishlari, guruh azolari bilan mahlahatlashishlari uchun 1 minut vaqt beramiz.
Savollar:
Kashtachilikda qanday chok turlari ishlatiladi?
Popop chok qanday chok?
Nimalarni kashtalar bilan bezatish mumkin?
Suv chok qanday chok?
Qiyiqcha qanday shaklda bo’ladi?
Erkaklar va ayollar ham qachon belbog’ bog’lashadi?
Qiyiqcha qanday matolardan tayyorlanadi?
Yoshlar qanday belbog’ bog’lashadi?
Belbog’ qanday vazifalarni o’tagan?
Qayerda kashtachilik keng tarqalgan?
Kashtachilikda qanday chok turlari ishlatiladi?
Kashta tikish uchun qanday asboblar kerek?
Qiyiqchaning naqshi asosan qaysi qismida joylashgan?
Nimalarni kashta bilan bezash mumkin?
Qaytma chok deb qanday chokga aytiladi?
Javoblarga qarab guruhlarga ball berib boramiz.
Skanvord yechish
a
|
t
|
l
|
a
|
s
|
ch
|
q
|
s
|
d
|
z
|
x
|
j
|
p
|
v
|
b
|
f
|
y
|
e
|
u
|
b
|
q
|
a
|
y
|
t
|
m
|
a
|
ch
|
o
|
k
|
m
|
r
|
k
|
t
|
sh
|
o
|
y
|
i
|
r
|
a
|
g
|
u
|
k
|
i
|
a
|
f
|
k
|
m
|
h
|
s
|
k
|
h
|
z
|
d
|
v
|
n
|
y
|
l
|
a
|
l
|
k
|
a
|
ch
|
y
|
q
|
i
|
y
|
i
|
q
|
ch
|
a
|
r
|
ch
|
s
|
o
|
g
|
sh
|
q
|
f
|
m
|
x
|
l
|
p
|
a
|
r
|
q
|
a
|
y
|
ch
|
i
|
a
|
t
|
z
|
e
|
t
|
h
|
o
|
l
|
y
|
v
|
sh
|
q
|
d
|
b
|
p
|
r
|
a
|
a
|
v
|
sh
|
p
|
l
|
a
|
ch
|
n
|
q
|
e
|
t
|
m
|
k
|
d
|
ng
|
n
|
a
|
q
|
sh
|
q
|
r
|
i
|
p
|
b
|
o’
|
z
|
r
|
e
|
i
|
i
|
j
|
ch
|
k
|
g
|
a
|
l
|
a
|
m
|
e
|
d
|
v
|
f
|
s
|
sh
|
a
|
i
|
g
|
n
|
a
|
s
|
m
|
y
|
b
|
l
|
a
|
s
|
x
|
u
|
k
|
k
|
r
|
d
|
h
|
z
|
x
|
t
|
n
|
y
|
b
|
o
|
u
|
z
|
v
|
n
|
s
|
ch
|
s
|
g
|
l
|
f
|
s
|
p
|
l
|
o
|
sh
|
l
|
u
|
ch
|
d
|
d
|
o
|
ch
|
v
|
a
|
l
|
o
|
s
|
g
|
g’
|
d
|
v
|
d
|
o
|
q
|
o
|
k
|
f
|
n
|
m
|
t
|
i
|
q
|
e
|
ch
|
b
|
ng
|
l
|
k
|
z
|
l
|
a
|
h
|
s
|
a
|
n
|
t
|
i
|
m
|
e
|
t
|
r
|
m
|
s
|
t
|
b
|
z
|
x
|
v
|
r
|
i
|
o
|
p
|
e
|
a
|
v
|
p
|
a
|
t
|
o
|
p
|
o
|
p
|
o
|
p
|
ch
|
o
|
k
|
q
|
f
|
n
|
o
|
p
|
b
|
y
|
Skanvordda 18 ta so’z bor topilgan so’zlarga qarab guruhlarga ball beramiz.
BBB metodi:
Savollar
|
Bilaman
|
Bilishni hohlayman
|
Bilib oldim
|
Qiyiqcha nima?
Kashta turlari?
Naqsh nima?
Kashta nima?
Qiyiqcha qayerlarda ishlatiladi?
Qiyiqcha qanday tikiladi?
Qiyiqchani qanday choklarda tikish kerak?
|
|
|
|
DARS O’TISH METODIKASI
Mavzu uchun dars ishlanma
Mavzu: Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash
Dars maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga tikish texnologiyasini o’rgatish. Tikish mashinasining ishga yaroqlilik, uni ishga tayyorlash va ular bilan ishlash qoidalari haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda intizomlilik, mas’uliyatlilik sifatlarini, o‘zaro hurmat hissini shakllantirish, mehnatni ilmiy tashkil etish, texnika xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda ish asboblarini ta’mirlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, ilmiy izlanishga, ijodkorlikka yo‘naltirish.
Dars turi: amaliy. Yangi tushuncha bilimlarni shakllantiruvchi
Darsda qo’llaniladigan metodlar: og’zaki, ko’rgazmali, savol-javob, skanvord, B-B-B-metodi
Darsda foydalaniladigan jihozlar: slaydlar, videolar, ko’rgazmalar, tarqatma materiallar
Darsning borishi:
Tashkiliy qism-4
O‘tilgan mavzuni takrorlash-8
Yangi mavzuning bayoni-20
Yangi mavzuni mustahkamlash-10
Uyga vazifa berish-3
1.Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash, navbatchini tayinlash, o‘quvchilarning mashg‘ulotga tayyorgarlik darajasini nazorat qilish
2. Uyga berilgan vazifalarni tekshirish.
3. Yangi mavzu bayoni.
MAVZU: Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash
Belbogʻ, chorsi, qiyiqcha — belga bogʻlanadigan toʻrtburchak shakldagi mato, milliy kiyimning tarkibiy qismi. Turkistonda erkaklar kiyimi (toʻn, yaktak va boshqalar) ustidan belga bogʻlanadi, baʼzan ikki va undan ortiq belbog’ bogʻlab yurish odati bor. Qiyiqcha gulli, gulsiz matolar (boʻz, las, shoyi, atlas va boshqalar)dan tayyorlanib kashta bilan bezatiladi. Belbog’ bogʻlash qadimdan mavjud boʻlgan, kishilar uchun zeb, milliy urfodat tusiga aylangan. Marosimlarda, jumladan toʻyda kuyovga tun kiydirib belbog’ bogʻlanadi. Erkaklar, ayollar ham yaqin kishilaridan biri vafot etganda belbog’ bogʻlashadi. Yoshlar bezakli, rangdor belbog’, qariyalar esa oq matodan tikilgan sidirgʻa belbog’ bogʻlaydilar. Belbog’ asosiy vazifasidan tashkari boshqa vazifalarni ham oʻtagan: orasiga maydachuyda narsalar solib bogʻlangan; uzoq safarlarda dasturxon yoki sochiq vazifasini oʻtagan, joynamoz vazifasini ham bajargan.
Qiyiqchani bichish va zanjir chokda tikish.
Qiyiqchada uning naqshi, asosan, 4 ta chetki qismida joylashgan bo‘ladi. Avval naqsh guli qiyiqchaga tushirib olinadi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi.
11-rasm. Zanjir chok
Asbob va moslamalar: stol, stul, zanjirsimon popop chok namunalari, 110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagi, igna, angishvona, qaychi, santimetr lenta, turli xildagi mulina iplar, gardish.
Ishni bajarish ketma-ketligi:
1.110 x 110 sm o‘lchamdagi sidirg‘a gazlama bo‘lagining qirqimlariga tikuv mashinasida ishlov beriladi.
2.Belbog‘ning to‘rt tomonidan bir xil kenglikdagi hoshiya chiziladi. Belbog‘da gulning naqshi, asosan, 4 ta chetki qismining hoshiyasida joylashgan bo‘ladi. (Hoshiyaning kengligi tikiladigan chokning kengligiga mos bo‘lishi kerak).
3.Avval naqsh guli qiyiqchaga tushirib olinadi, belbog‘ bo‘lib-bo‘lib gardishga tortiladi va zanjir chokda gazlama rangidan farq qiluvchi rangli ipda tikib chiqiladi. Bunda mulina iplarini ikki qavat qilib ishlatish tavsiya qilinadi.
4.Belbog‘ga hoshiyadan tashqari uning 4 ta uch tomoniga (hoshiyadan ichkarida bo‘ladi) naqsh gulini tushirib tikish ham mumkin.
5.Nusxa tikib bo‘lingach, belbog‘ning avval teskari, so‘ngra o‘ng tomonidan dazmollanadi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash.
“Savol-javob” metodi- o’quvchilargan mavzu yuzasidan savollarga javob berishni nazarda tutadigan metoddir.
Shubhasiz, savollar turli maqsadlarni ko'zlab beriladi, lekin bu maqsadlar alohida ko'rinishlarga ega bo'ladi va ular quyidagi maqsadlarda beriladi:
tekshirish uchun - o'quvchilarning bilimini imtihon qilish orqali;
o'rgatish uchun- javobni o'quvchining o'zi mushohada etishiga majbur qilish orqali;
faoliyat yuritishga erishish uchun- o'quvchini aqlan tetik tutish orqali;
turlicha bo'lgan fikr-mulohazalarni aniqlab olish uchun;
o'xshashlik jihatlarni aniqlab olish uchun;
kishining maxsus tajribasiga yaqinlashish uchun;
tortinchoq o'rganuvchilarni jarayonga jalb etish uchun;
o'quvchilarni dars jarayoniga jalb etish uchun.
"BBB" metodi-bu B-B-B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi.
Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.
5. Uyga vazifa: Qiyiqcha tayyorlab kelish.
XULOSA
Men bu kars ishini ishlash davomida o’quvchilar bilan ishlashni, texnologik ta’lim fani bo’yicha darslarni yangi inovotsion texnologiyalar bilan qiziqarli qilib o’tishni o’rgandim. Mening mavzuyim: O’quvchilarga “Milliy kiyimlardan qiyiqchani tayyorlash” mavzusini o’qitishda kreativ yondashuv edi. Bunda men bo’lajan texnologik ta’lim o’qituvchisi ijodkor bo’lishi ya’ni har bir mavzuga kreativ yondashishi zarurligini bildim, shundagina bu fan mavqeyi yanada ortadi va o’quvchilar qiziqishi kuchayadi.
Kreativlik bizning texnologik ta’lim fanimizni o’qitishda muhim ahamiyat kasb etadi.yordam beradi. Bunda o’qituvchilar dars o’tish davomida o’z kreativligi bilan o’quvchilarni darsga qiziqtiradi.
O’qituvchilar o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi.
Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
Toxirov.O’.O va boshqalar:TEXNOLOGIYA 5- sinf darsligi.-T.: Sharq.2020 y.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. Mualliflar: Sh. Sharipov va boshq. – T.: «Sharq», 2015. – 240 b.
M.Tilakova “Yuqori sinf o’quvchilarining kreativlik qobilyatlarini rivojlantirish” Toshkent 2016-yil.
G’oniyev.E.G Umumiy psixologiya. Toshent 2002. 1-2 kitob
Mehnat ta’limiga doir davlat ta’lim standartlar. T. 2017y.
Mavlonova R., To‘rayeva O. Holiqberdiyev K. Pedagogika. T. ., O‘qituvchi.-2001. – 512 b.
O’qituvchini ijodkorligini shakllantirishning pedagogic asoslari. Otamuratova Gulmira Ergashevna.
Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. Toshkent: Ma’naviyat, 2008. – 173 b.
Internet saytlari:
www.aim.uz
www.arxiv.uz
www.referat.uz
www.googol.uz
www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |