Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti bt va sti yo`nalishi 195 guruh talabasi Karimova Madinaning,,Boshlang`ich Sinf o`quvchilarini xalq og`zaki Ijodiga o`rgatish’’ fanidan Nazorat ishi



Download 44,56 Kb.
bet2/3
Sana21.01.2022
Hajmi44,56 Kb.
#398351
1   2   3
Bog'liq
195- guruh talabasi Karimova Madinaning ,,Xalq og`zaki ijodi \'\' fanidan oraliq nazorat ishi[1]

Otam aytgan rivoyatlar


Aka-ukalar, opa-singillar bir dasturxon boshiga yigʻilganimizda: – Eng katta boylik nima, – deb soʻrardi otam rahmatli dabdurustdan.Qay birimiz: “Mol-mulk”, boshqamiz: “Sogʻlik” deb oʻz taxminimizni aytardik. Otamiz boshini sarak-sarak qilardi-da: – Eshitinglar, bir rivoyat aytib beraman, oʻzlaringiz maʼno ajratib olasizlar, – derdi.“Rivoyat etishlaricha bir boyning uch oʻgʻli boʻlgan ekan. Boy umri davomida halol yashab, mol-mulkini oshirgan, boshi yostiqqa yetganda esa davlatidan farzandlari qanday foydalanishlarini bilish niyatida ularni huzuriga chorlabdi:

– Oʻgʻillarim, sizlarni xor-zorlik koʻrmasin degan niyatda mehnatdan boʻyin tovlamadim, yiqqan boyligim yetar deb harakatdan toʻxtamadim, endi ularni taqsimlab berish oson boʻlsin degan niyatda tilloga aylantirdim, mana, har biringizning ulushingiz, buning hisobidan har shaharda bir qalʼa solib kelinglar. Hayotda qanday oʻrin tutganlaringizni bilib, koʻnglimni orom toptirib soʻngra omonatimni topshirmoqchiman, – debdi.Farzandlar uch tomonga qarab yoʻl olishibdi. Katta farzand oldidan chiqqan har bir manzilgohda mohir ustalarni yollab, koshona qurdirib ketaveribdi. Otasidan olgan ulushi tugagach, koʻnglini toʻq qilib iziga qaytibdi. Ikkinchi oʻgʻil ham akasidan qolishmabdi, oʻnlab kentlarda saroy qurdiribdi.

Kenja farzand yoʻl yuribdi, yoʻl yursa ham moʻl yuribdi, oʻnlab kentlardan oʻtibdi. Bir shaharning karvonsaroyida hordiq chiqarib oʻtirganida ikki yoʻlovchining suhbatini eshitib qolibdi:

– Shu shaharda bir Hotamday saxovatpesha kishi yashardi. Maqsad-muddaosi ezgulik qilish, gʻariblarning dilini chogʻlash, kiyimsizning egnini butlash, ochlarning qornini toʻqlash edi. Yaqinda noshud xizmatkorning aybi bilan bor mol-mulki yongʻinda gʻorat boʻlibdi, – deb hikoya qilibdi birinchi yoʻlovchi.

– Bechora, endi nima ish qilayotgan ekan, – soʻrabdi ikkinchisi.

– Mehnatning aybi yoʻq, odamlarning eshigida xizmat qilib guzaronini oʻtkazayotgan emish. Lekin birni ikkiga aylantirish uning uchun mushkulot emas, hozir ham topgan toʻrt-besh chaqasini zarurmandlardan ayamayotganmish, hali koʻrasan, tagʻin uning boyligi hisobga sigʻmas boʻlishi shubhasiz, uni yaratgan egamning oʻzi qoʻllaydi.

Kenja oʻgʻil ertasi kuni oʻsha saxovatpesha insonni izlab topibdi, qarasa bir hasis boyning devorini urib berayotgan ekan. U bilan doʻst tutinibdi, asta-sekin oʻz boyligi evaziga uning savdo-sotiqni yoʻlga qoʻyishiga koʻmaklashibdi. Xullas, kenja oʻgʻil qaysi shaharga bormasin, otasi bergan ulushni oʻziga bir umrlik doʻstlar orttirishga sarflabdi.Vaqti yetib uch oʻgʻil ota huzuriga bosh egib kirishibdi. – Qani, men bergan ulushni nimalarga sarfladingizlar, eshitib koʻnglim orom olsin, – soʻrabdi boy. Katta va oʻrtancha oʻgʻil qaysi kentlarda saroy, qalʼa qurganlarini bir-biridan shoshib hikoya qilishibdi. Boy ularning aytganlarini eshitib uzoq sukutga ketibdi-da, soʻngra kenja farzandiga qarab: – Siz nima qildingiz bolam? – debdi.Kenja oʻgʻil oʻnlab shaharlardan orttirgan yuzlab doʻstlari, ularning xayr-saxovatli ishlari, bu ezgu aʼmollarga oʻzi qanday hissa qoʻshganligi haqida zavq-shavq bilan gapirib beribdi.Xastalik toʻshagida yotgan boyning yuziga nur enibdi: – Barakallo oʻgʻlim, haqiqiy, men istagan qalʼani sen bunyod etibsan. Saroylar buziladi, qalʼalar yemiriladi, ammo dunyoda inson uchun sirini ishonadigan, dardini boʻlishadigan doʻstdan ulugʻroq, azizroq qalʼa topilmaydi, – deb kenja oʻgʻlini olqishlabdi”.Shu xususda xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan hikmatli naqli ham bor: “Doʻsting mingta boʻlsa-da oz, gʻaniming bitta boʻlsayam koʻp”.Padarimiz yolgʻiz farzand edi, tugʻishganlari yoʻqligidan koʻngliga kamlik olardi. Bir gal akam bilan opam gʻijillashib qoldi. Hammasi arzimagan tortishuvdan chiqdi. Akam oʻqiyotgan kitobni opam dugonasiga berib qoʻyibdi. Gap talashishning nihoyasi kaltak yegan opamning koʻz yosh toʻkishi bilan nihoyalandi. Olis yaylovlardagi choʻpon-choʻliqlardan xabar olib qaytgan otam opamning qizargan koʻzini koʻrib soʻradi:

– Koʻzingga nima qildi?Opam hiqillashga tushdi. – Bularingiz bir kitobning ustida yoqa boʻgʻishdi, – voqeani gapirib berdi onam.Otam chuqur xoʻrsindi, akamga norozi nigoh tashladi: – Yigit kishi boʻlib qiz bolaga, tagʻin singlingga qoʻl koʻtarishga uyalmadingmi? – Oʻzi-da, maqtanchoqlik qilib hali oʻqib tugatmagan kitobimni dugonasiga berib yuboribdi, kim biladi yirtib keladimi.

– Qiziqqan odam kitobni yirtmaydi, bir-ikki kun kechikib oʻqiganingda nima qilardi? – Qachon qaramang shu bijildoq qizingizning yonini olasiz-da. – Eh-h, bolam, hali yoshsan, aka-uka, opa-singilning qadriga yetarmiding, hali ularning oʻrni qariganingda bilinadi. Qani edi mening ham aka-ukam, opa-singlim boʻlsa. Mayli, ikki oyogʻi shol, koʻzlari soʻqir boʻlsa ham uyimning toʻriga oʻtkazib, atrofida parvona boʻlardim. Ayniqsa tugʻishganing ayol boʻlsa, unga eʼtiborli boʻlish kerak. U sendan mehr kutadi, ularni Goʻroʻgʻlibek bejiz nochor atamagan:


Download 44,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish