Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti bt va sti yo`nalishi 195 guruh talabasi Karimova Madinaning,,Boshlang`ich Sinf o`quvchilarini xalq og`zaki Ijodiga o`rgatish’’ fanidan Nazorat ishi


Otni tablaga bogʻlagan, Kesib jigarin dogʻlagan, Oʻlganda zorin yigʻlagan, Nochor kerakdir yigitga…



Download 44,42 Kb.
bet3/3
Sana21.01.2022
Hajmi44,42 Kb.
#398443
1   2   3
Bog'liq
195- guruh talabasi Karimova Madinaning ,,Xalq og`zaki ijodi \'\' fanidan oraliq nazorat ishi

Otni tablaga bogʻlagan, Kesib jigarin dogʻlagan, Oʻlganda zorin yigʻlagan, Nochor kerakdir yigitga…

Keyin otamiz kuyidagi rivoyatni misol keltirdilar:“Bir nochor ayolning ukasi, eri, yolgʻizgina oʻgʻli oʻgʻrilik ustida qoʻlga tushib, elning xoni ularni qatl etish toʻgʻrisida farmoni oliy chiqaribdi.Oraga oqsoqollar tushibdi, xon amridan qaytmabdi. Shunda ayol: – Hukmdorning huzuriga oʻzim boray, zora koʻz yoshlarim taʼsir qilib, yaqinlarimni jazodan ozod etsa, – debdi.U aytganiday boʻlib chiqibdi. Xon onaizorning nolalariga beparvo qarolmabdi. – Ey, mushtipar ayol, yaqinlaring katta jinoyatga qoʻl urgan, har uchalasini birdaniga jazodan ozod etolmayman, ammo onaliging haqqi-hurmati, ulardan birini tanla, jallod qoʻlidan qutqarib qolay, – debdi.Ayol yigʻilganlarni lol qoldirib, ukasining afv etilishini soʻrabdi. Xon bu sinoatdan hayron boʻlibdi: – Yaqinlaringdan birini afv etishga vaʼda berdim, nega sen orzu-umid bilan bir yostiqqa bosh qoʻygan eringni yoki yolgʻizgina dilbandingni tanlamading?

– Men ayol kishiman, yaratganning irodasi, xohlasam yana turmush qurishim, boʻlgʻusi erimdan bola koʻrishim mumkin, onamning dunyodan oʻtganlariga esa ancha yil boʻldi, endi menga ukani kim tugʻib berardi… Xon ayolning donoligiga tan berib, uning eri va oʻgʻlini ham dor ostidan qaytargan ekan… Yaqinlarimizdan biri yaxshigina pul topardi. Oʻsha davrda halol yoʻl bilan buncha pul topish oson emasligini hammamiz bilardik. Ammo toparmanligi oshgani sayin, uning kibr-havosi ortib borardi.

– Erishgan ozgina yutugʻing bilan qanoatlanib, manmanlik botqogʻiga botsang aslo yaxshi nom qozonolmaysan, – dedi bir kuni otam unga maslahatomuz ohangda. – Maqsadga erishishning kaliti mehnat, halolga havas, haromdan hazar qilishdir.

Soʻngra quyidagi rivoyatni aytib berdi:

“Qadim zamonda chol va kampirning yagona oʻgʻli boʻlib, uni yeru koʻkka ishonishmas, qoʻlini sovuq suvga urdirishmas ekan. Buning oqibatida oʻgʻil dovdir va takasaltang boʻlib oʻsibdi. Yillar oʻtib chol madorsiz qolibdi. Oʻgʻlini yoniga chorlab:

– Endi men ogʻir mehnatga yaramayman, roʻzgʻorni tebratish yuki senga qoldi, ishlab bir kunimizga yetadigan pul topib kel, – debdi.

Oʻgʻil hayron, “ishlash, pul topish degani nima”, “qayerga boshimni ursam boʻlarkin”. Shu oʻy-xayolda koʻchaga chiqsa, bir gala odam qimor oʻynab oʻtirgan ekan, u ham toʻdaga qoʻshilibdi, omadi yurishibdimi, har qalay kechga tomon bir dasta pul koʻtarib uyiga qaytibdi.

– Mana ota, shu pul bir kunimizga yetadimi?

Chol indamaygina pulni olibdi-da, dastasi bilan yonib turgan oʻchoqqa tashlabdi. Yigit pinagini buzmabdi:

– Istasam, bundan ham koʻproq topaman, – debdi u.

Ota oʻgʻlidan ranjibdi:

– Bu puling choyni ham qaynatolmadi, boshqa topib kel.

Ertasiga oʻgʻil sayoq doʻstlari bilan koʻcha kezib, yoʻltoʻsarlik qilib oldingisidan ham koʻp pul topib kelsa-da, otasini quvontirolmabdi. Uchinchi kuni xomush yurib, tegirmon oldiga kelib qolibdi.

Ey yigit, – murojaat etibdi unga tegirmonchi. – Nega parishonsan? Yigit xoʻrsinib, hasrat qilibdi:

– Otam “endi er yetib qolding, oilamiz qora qozonini qaynatadigan pul topib kelish sening bayingga tushadi” degandi. Ikki kun mobaynida qancha pul topib borsam ham u kishining koʻnglini topolmayapman.

– Ish topmayotgan boʻlsang bugun menga yordam beraqol, haqingni ortigʻi bilan toʻlayman.

Yigit noiloj rozi boʻlibdi. Kuni bilan tegirmonga kelganlarning donini tushirib, unini uloviga yuklab beribdi. Ogʻir mehnatga oʻrganmagan yigitning qoʻllari qavarib, yelkasi yagʻir boʻlibdi. Kechqurun tegirmonchi bergan ish haqini olib uyiga qaytibdi. Chol tagʻin pulni bepisand qoʻliga olib, olovga tashlabdi. Kun boʻyi halol mehnati evaziga topgan sarmoyasi yonayotganiga chidolmagan yigit oʻchoqqa tashlanibdi. Oʻgʻlidagi bu oʻzgarishni koʻrgan chol xursand boʻlib:

Ana shunday pul topsang, xonadoningda doim iliqlik boʻladi, – debdi.

Chol shunday qilib oʻgʻlining qalbida urchigan manmanlik, kibr, dangasalik kabi illatlarni oʻldirgan ekan…”



…Otam vafot etganiga chorak asrdan oshdi. Hali-hanuz u kishi bilan bogʻliq xotiralar qatiga koʻp nazar tashlayman va yodimda saqlanib qolgan har bir soʻzi, xatti-harakatlaridan yangidan-yangi hikmatlar kashf etaveraman.
Download 44,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish