Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti bt va sti yo`nalishi 195 guruh talabasi Karimova Madinaning,,Boshlang`ich Sinf o`quvchilarini xalq og`zaki Ijodiga o`rgatish’’ fanidan Nazorat ishi



Download 44,42 Kb.
bet1/3
Sana21.01.2022
Hajmi44,42 Kb.
#398443
  1   2   3
Bog'liq
195- guruh talabasi Karimova Madinaning ,,Xalq og`zaki ijodi \'\' fanidan oraliq nazorat ishi


Urganch Davlat Universiteti

Pedogogika fakulteti BT va STI

Yo`nalishi 195 - guruh talabasi

Karimova Madinaning ,,Boshlang`ich

Sinf o`quvchilarini xalq og`zaki

Ijodiga o`rgatish’’ fanidan

Nazorat ishi


1-Bilet

Nazariy savollar:

  1. Boshlang’ich sinflarda o`rganiladigan xalq og`zaki ijodi asarlarining o`rni va ularni o`rganishning ilmiy-nazariy asoslari.

  2. Sehrli ertaklarning janr хususiyatlari.

  3. 1-4- sinf “O’qish kitobi”ga kiritilgan maqollar ma’nosi ustida ishlash bo`yicha adabiy tahlil qoliplarini bajarish

Amaliy topshiriq:

  1. Tоpishmоq janriga хоs хususiyatlarni o`rganish mavzusida taqdimot tayyorlash.

  2. Rivoyatlardan misollar keltiring.

1. O`zbek xalq og`zaki ijodi xilma-xil janrlardan tarkib topgan og`zaki so`z san’ati bo`lib, o`bek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi ijodiy salohiyati, orzu va intilishlarini aks ettiradi.

Xalq og`zaki ijodi ertak, doston afsona, rivoyat, qo`shiq, lapar, masal, maqol, topishmoq, latifa va naqllarni o`z ichiga oladi. Xalq og`zaki ijodi materiallarida ijtimoiy hodisalar, kurashlar vatanni dushmandan mudofaa qilish, xalqning orzu-umidlari, urf-odatlari, rasm-rusmlari, marosimlari va boshqa turmush hodisalari ifodalanadi.

Boshlang`ich sinf o`quv dasturlari o`qish darslari oldiga o`quvchilarni yaxshi o`qish sifatlariga ega etishdek murakkab vazifani qo`yadi. Bunday vazifalarni to`laroq amalgam oshirishda xalq og`zaki ijodi materiallari katta ahamiyatga ega. O`quvchilar tabiatan maqol, topishmoq va ertaklarni sevadilar, ularni zo`r qiziqish bilan o`qib o`rganadilar. Bundan tashqari xalq og`zaki ijodi qadimdan tarbiya manbai hisoblangan.

Boshlang`ich sinf o`quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tanishadilar. Ma’lumki, ertaklar xalq og`zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng tarqalgan jannrlardan biridir.Ertak atamasi Mahmud Qoshg`ariyning XI asrda yozilgan ”Devonu lug`atit turk” asarida ”etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani og`zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi.

Hozirgai folkloristik atama sifatida ertak so`zi qabul etilgan bo`lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg`ona ob’ektlarida matal deb yuritiladi.

Ertaklar xalq og`aki ijodining epik turiga kiradi. Uning o`ziga xos xususiyati-voqeabandligi, biron voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilinishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g`aroyib, jozibali qilib aks ettiradi.

O`zining dastlabki yaratilish davridanoq xalq og`zaki ijodi xalqning yozilmagan tarixiga aylandi. “Og`zaki ijod”, “xalq og`zaki ijodi”, “og`zaki adabiyot” kabi nomlar bilan atalgan badiiy adabiyotning ilk namunalari ikkinchi tomondan turmush, hayot darsligi sifatida yosh avlodni tarbiyalashdek muhim vazifani bajarib keldi. Keyinchalik , yozuv madaniyati paydo bo`lgach, o`zida so`z san`ati asarlarini yaratish iqtidorini his qilgan, xalq orasidan chiqqan odamlar bevosita xalq og`zaki adabiyotiga suyangan holda individual – yakka shaxs ijodini yaratdilar. Badiiy adabiyotning bu yo`nalishi shakllanib rivojlangach, yozma adabiyot tushunchasi paydo bo`ldi. Yaratilish uslubiga ko`ra farq qiluvchi og`zaki va yozma adabiyot bir-birini inkor qilmadi, balki ijodiy hamkorlikni davom ettiraverdi. Ammo shu bilan birga har bir adabiyot o`ziga xos xususiyatlarini ham yo`qotmadi. Bu jihatdan xalq og`zaki ijodi jahon folklorshunosligi fani tan olgan beshta xususiyatga ega.

Ayni paytda yillar davomida xalq og`zaki ijodi asarlari bilan yaqindan munosabatda bo`lish yana bir xususiyatni namoyon bo`lishini tasdiqlamoqda. Bu xususiyatni shartlilik deb atash mumkin.

An`anaviylik - xalq og`zaki ijodining xos xususiyatlari qatorida asosiy belgi sifatida ularning har biriga bildirishi mumkin bo`lgan munosib bahoni inkor etmagan holda, avvalgidek jamoaviylikni emas, an`anaviylikni ko`rsatish maqsadga muvofiqdir. Chunki butun dunyo xalqlari ijodida bo`lganidek, o`zbeklarda ham og`zaki ijod asarlarining yaratilishi va ijrosi asrlar davomida shakllangan va bugungi kungacha davom etib kelayotgan an`analarga suyanadi.

Xalq og`zaki ijodidagi an`anaviylikni uch yo`nalishda tahlil qilish lozim. Birinchidan, ming yillardan beri maqol va topishmoqqacha, qo`shiqdan dostonlargacha bo`lgan asarlar og`zaki an`anada yaratilmoqda, og`zaki tarzda yashab kelmoqda. Ikkinchidan, folklor asarlarining ijrosi va ijro qilinish vaziyati va ijro usuli jihatidan an`anaga ega. Uchinchidan, an`anaviylik og`zaki asarlarning matnida namoyon bo`ladi.Og`zakilik- Xalq og`zaki ijodining ikkinchi muhim jihati uning og`zaki yaratilishidadir. Jahon folklorshunosligi ilmida oddiy haqiqat sifatida takrorlanadigan eng muhim fikrlardan biri folklorning og`zaki yaratilishi va og`zaki yashashi hisoblanadi. Chunki butun xalqlarning og`zaki ijodi shu yo`singa bo`ysunadi shu qonuniyat asosida yaratiladi, yashaydi. Haqiqatdan ham, o`zbek xalq og`zaki ijodidagi hamma janrlarning inson ruhiga, ongiga, tabiatiga ta`siri, ko`pincha, uning og`zaki ijrosi bilan belgilanadi. Xatto, shunday asarlar

borki, ularning yozma, qolaversa, nashr qilingan matnini o`qish mazkur asar haqida haqiqiy tasavvur hosil qilmaydi. Xususan, askiya, latifa, tez aytish, topishmoq kabi janrlarni ma`lum bir muhitdagi asar ijrosi ta`siri, ulari jonli vaziyatda eshitish, shu holat ishtirokchisis sifatida his etish bilan uning matnini yakka holda o`qish o`rtasida o`qish o`rtasida yer bilan osmoncha farq bor. Og`zaki ijro folklor asarining yaratilishida ikki oqibatni taqozo qiladi.

Xalq og`zaki ijodi asarlarini og`zaki ijroda eshitish mazkur asarning matnini o`qishdan afzal hisoblanadi. Og`zaki ijro folklor asarining yaratilishi, yashashida ikki oqibatni taqozo etadi. Birinchidan, og`zaki ijro yozma adabiyotda kuzatilganidek, jiddiy mas`uliyatdan xoli bo`ladi: yozma adabiyot  vakili ijod qilayotgan asariga to`liq mas`ul hisoblanadi. Og`zaki ijroda esa bunday munosabat aynan og`zaki asar og`zaki ijro etilayotgani uchun nisbatan zaiflashadi. Xalq latifalarida muayyan ijtimoiy hayotda ro`y bergan va berayotgan hodisalar keskin satirik tarzda tanqid qilinishi mumkin. Ammo yaratuvchi shaxsining mavhumligi – anonimligi eng ashaddiy tanqidiy latifalarda ham “emish” shiori ostida asarning yashashini taminlayveradi. Og`zaki ijro ayni paytda asarning ommalashuvida ham ijobiy ahamiyat kasb etadi. Chunki har bir ertak, doston, maqol, topishmoq, latifa ijro etilgani zahoti tinglovchilar orasidagi ma`lum iqtidorga ega shaxs tomonidan qayta hikoya qilinishi mumkin. Qayta hikoya qilayotgan ijrochi esa asarni og`zaki eshitgani va og`zaki ijro etayotgani uchun har bir so`z, jumlani o`zgarishsiz takrorlash lozimligidan o`zini xoli hisoblaydi. Natijada, asarning mazmuni, g`oyasi, qahramonlari tavsifi asosan saqlangani bilan yangi ijrochi o`z asarida shaxsiy hayotiy kuzatishlarini, tajribalar xulosasini ifodalash imkoniga ega bo`ladi. “Alpomish” dostonini Fozil Yo`ldosh qahramonli aytgan, Ergash shoir muhabbatli aytgan kabi mashhur mulohazalar bevosita og`zakilik fazilatlaridan hisoblanishi mumkin.

Ammo, ikkinchidan, og`zaki ijro asari yozib olinmagani taqdirda oxir pirovard o`limga mahkum etilish ehtimoli bor. Uzoq o`tmishda millatimiz baxtiga yozib qo`yilgan o`nlab asarlar taqdiri fikrimizni tasdiqlaydi. Oqilona fikr yuritib faraz qilaylik, Gerodot, Polien kabi mashhur tarixchilar To`maris, Shiroq haqida ma`lumot  bermaganlarida, bu rivoyat bizgacha yetib kelarmidi?! Mahmud Koshg`ariy hazratlari tomonidan meros qilib qoldirilgan “Devonu lug`otit-turk” asarida 300 ga yaqin go`zal maqollar yozib qoldirilgan. Ular orasida “Osh totug`i tuz”, “Kishi alasi ichtin, yilqi alasi tashtin” kabi bugungi kunda hali foydalanilayotgan va “Tulki o`z uyasiga qarab hursa, qo`tir bo`ladi”, “Yayov oti – choriq, kuchi - oziq”2 kabi unutilgan maqollar ham bor. Devondagi ko`pgina maqollarning ma`nosi saqlangan, ammo ular tarkibidagi so`zlar o`zgargan. Xullas, zamonlar o`tishi bilan millat tilida ro`y bergan o`zgarishlar, ijtimoiy, maishiy hayotdagi yangiliklar, ayniqsa, og`zaki ijod namunalarini yoddan biladigan insonlarning vafot etishlari oqibatida ko`p ajoyib asarlar yashashdan to`xtashi tabiiy bir holdir. Ayniqsa, XX asrimizning o`rtalarida xalq og`zaki ijodiga bo`lgan munosabat sovugani oqibatida bir qator ajoyib asarlar yo`qolib ketdi va ularni qayta tiklash mumkin bo`lmay qoldi. 

Albatta, og`zakilik haqida fikr yuritganda, xalq asarlariga jon ato etib turuvchi improvizatsiya – badihago`ylikni unutish mumkin emas. Improvizatsiya hamisha ijroga shukuh, fayz bag`ishlagan. Qirq yildan ortiq vaqt mobaynida xalq og`zaki ijodi fanidan ma`ruza qilish davomidagi tajriba shuni ko`rsatadiki, oliy o`quv yurtida dars beruvchi ustoz, o`rta ta`limda mashg`ulot o`tkazuvchi o`qituvchi nutqiga tinglovchilar kayfiyati doimiy ta`sirini o`tkazar ekan. Ilhom kelgan paytda oddiy mavzuni o`quvchilarga tushuntirish jarayonida qiziq-qiziq fikrlar bostirib keladi, keyinchalik esa bu fikrlar maqolalarga aylanadi. G`ulom Karimov, Subutoy Dolimov, Muhammadnodir Saidov, Ozod Sharafiddinov tajribasida bu holatning muttasil davom etganiga sanoqsiz ravishda guvoh bo`lganmiz. Aynan shunday vaziyat iste`dodli qo`shiqchilar, laparchilar, askiyabozlar, lofchilar, topishmoq aytuvchilar, ertakchilar va baxshilar hayotida ham ro`y beradi. Improvizatsiya ijrochining ilhomiga bog`liq. Mashhur Sulton kampirning qozoq oqiniga tog`ning yoshini bilmoqchi bo`lsang, og`zini ochib, tishini ko`r qabilidagi javoblari, baxshilarning tanish tinglovchilar fazilatlari, yoki kamchiliklari haqida doston ijrosi davomida hikoya qilib ketishlari ijro fayziga fayz qo`shgan. Tinglovchilarning hayqiriqlari ostida ijro etilayotgan doston o`chmas taassurotlar qoldirgan. Ustoz Hodi Zarif bo`lajak Chori baxshi bilan tasodifan birinchi uchrashgan paytlarida undan mashina to`xtagan joyning nomini so`raganlar. Baxshi “Qora buloq” qishlog`ining ta`rifini qiyomiga yetkazib aytib bergan ekan. Hodi og`a shu zahoti notanish Choriga: “Sen baxshimisan?” – deb savol bergan ekanlar. Bu tanishuv keyinchalik bir necha yillik ijodiy hamkorlikka aylangani sir emas. Xalqimiz og`zaki ijodining bebaho go`zal janri askiyani-ku improvizatsiyasiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Mashhur askiyabozlar Yusuf qiziq, Erka qori, G`anijon Toshmatov, Qayum askiyaboz, Ubaydulla Abdullaev, Ma`ruf Rahimov kabilarning ijodi to`liq improvizatsiya hisobiga gullagan.

Xullas, xalq og`zaki ijodidagi og`zakilik xususiyati asrlar davomida millatimiz tajribasidan o`tgan va muhim ahamiyatga ega belgi sifatida baholanishi mumkin. Xalq og`zaki ijodining yana bir xususiyatini shartlilik deb belgilash mumkin. Bu xususiyat foklorshunoslar tomonidan yetarli tadqiq etilmagan. Shartlilik xalq og`zaki ijodi asarlarida ijrochilar tomonidan aytilgan fikrni muhokamasiz qabul qilish bilan bog`lanadi. Bunday tasvirlarda tinglovchi “Nega?” degan savolni bermagan, yoki xayoliga ham keltirmagan. Tinglovchi baxshidan dostonni mahorat bilan ijro etishni kutgan, talab qilgan, ammo shu bilan birga baxshining ham inson ekanligini, uni ba`zan kechirish lozimligini ham unutmagan. Bunday paytlarda tinglovchi baxshini ortiqcha savollar bilan qiynamagan. Masalan, Muhammadqul Jonmurod o`g`li Po`lkan aytgan dostonning nomi “Temirxon Poshsho” deb ataladi. Dostondagi voqealar davomida esa Temirxon poshsho deyarli ishtirok etmaydi. Yoki Jo`ra Eshmirza o`g`li ijro etgan “Malla savdogar” dostonida ham Malla savdogar voqealar tizimida yetakchi qahramon sifatida namoyon bo`lmaydi. Ammo baxshiga “Nega dostonning nomini shunday atadingiz?” – deb savol berish odobdan hisoblanmagan va doston shartli ravishda shunday atalavergan. Go`ro`g`li turkumi dostonlarida, ko`pincha, G`irot, G`irko`k nomlari chalkash keladi. Lekin buning sababi ham aniqlanmaydi. “Alpomish” dostonida Hakimbek Qalmoq yurtida yetti yil zindonda yotadi. Oxirgi muddatdagina Kayqubod unga qo`y tashlab turadi. Ammo yetti yil zindonda inson ovqatsiz, suvsiz qanday yashashi mumkin degan savolni hech kim bermaydi. Bu o`rinda ham voqea baxshi tomonidan qanday bayon etilsa, shundayligicha qabul qilinaveradi. Natijada, xalq og`zaki ijodi asarlarining ijrosidan tinglovchi ma`naviy lazzat olgan, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholagan, muhokama qilgan, o`ziga namuna deb bilgan, ammo ayrim masalalarga ortiqcha sinchkovlik bilan ahamiyat bermagan. Ehtimol, shartlilik belgisi xalq og`zaki ijodi asarlarini e`zozlashda o`ziga xos o`lchov bo`lib xizmat qilgan bo`lishi ham mumkin.

2.

"Ertak" - so'zi yozma manbalarda 17-asrdan oldin yozilgan. "Ko'rsatish" so'zidan yaratilgan. Bu muhim edi: ro'yxat, ro'yxat, aniq tavsif. XVII-XIX asrlardan boshlab zamonaviy ahamiyat kasb etadi. Ilgari afsonalar so'zi XI asrgacha ishlatilgan - kufr.O`zbek xalq ertakchiligi repertuarida sehrli ertaklar ham katta o`rin egallaydi. Bu

xildagi ertaklar sehrli, fantastik uydirmalar asosida qurilganligi bilan ajralib turadi. Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo`lib, ildizi boshlang`ich jamiyatga borib yetadi.



Sehrli turdagi ertaklarga sehrli, sarguzasht, qahramonlik kiradi. Bunday ertaklarning markazida ajoyib dunyo bor. Ajoyib dunyo - bu ob'ektiv, hayoliy, cheksiz dunyo. Cheksiz fantastika va ajoyib "o'zgarish" dunyosi bo'lgan ertaklarda materialni tashkil qilishning ajoyib printsipi tufayli ular o'zlarining tezligini hayratda qoldirmoqdalar (bolalar kundan-kunga o'smayapti, kundan-kunga kuchayib yoki go'zal bo'lmoqdalar). Jarayonning nafaqat tezligi, balki uning tabiati ham ("Qorqiz" ertakidan. "Qarang, Qor qizning lablari pushti rangga aylandi, ko'zlari ochildi. Keyin qor qorni silkitdi va qor ko'chkisidan tirik bir qiz chiqdi". "Ermak" ajoyib turdagi ertaklarda; odatda sehrli mavjudotlar yoki narsalar yordamida sodir bo'ladi.

Sehrli ertaklarning hatti-harakatlari-sehr, jodu, mo`jiza hayoliy obrazlar bilan bog`lanadi. “Semurg`”, “Kenja botir” kabi ertaklar zaminida ibtidoiy dunyoqarash-tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonlarni muqaddas bilib, ularga sig`inish asosiy o`rin tutadi.

Osmonda uchish orzusi “Uchar gilam”, “Yog`och otlar”ni, uzoqni ko`rish istagi esa “Oynai jahon”ni keltirib chiqardi. Sehrli ertaklar ichida alohida ajralib turadigan turkum ertaklar mavjud. Bular qahramonlik tipidagi ertaklar, o`gaylik va kamsitilgan kishilar haqidagi ertaklar va mitti polvonlar haqidagi ertaklar.

Ertaklarda qahramonning aniq xarakteristikasi berilmaydi. Faqat an’anaga aylangan belgilargina ko`rsatiladi. “Qiz o`n to`rt kunlik oydek to`lishgan”, u nihoyatda go`zal, hayoli, iboli, mehnatsevar, yuksak an’ana namunalari jam bo`lgan, idrokli, tadbirkor, oqila qizdir. Har kuni o`tin yorar, osh pishirar, qozon yuvar, uy tozalar ekan. Mazkur sifatlar sarguzasht davomida yana ham oydinlashadi. Qarshi tomon-o`gay ona, aka, kundosh, shum kampir esa zulm va zo`rlik timsoli sifatida namoyon bo`ladi. Ertakda mavjud tilsim nohaqlik, ayyorlik, qonxo`rlik kabi yaramas illatlarni fosh etib, adolat, mehnatsevarlik, ma’naviy go`zallikni ma’qullaydi.

Botirlar obrazida odob va muomalaning yuksak namunasi, odamiylik, mehnatsevarlik, bonishmandlik, jasurlik va sezgirlik kabi sifatlar barq urib tursa, zolim tekinxo`r kishilar qiyofasida mol-mulk yo`lida har qanday iflos ishlardan qaytmaslik kabi xususiyatlar namoyon bo`ladi.

Ko`rinadiki, ertaklar o`ziga xos xususiyatlari bilan boshqa xalq og`zaki ijodi janrlaridan ajralib turadi.

Ertaklar olamiga kishi bolalik chog`laridayoq sayohat qiladi, u dastlab hayvonlar haqidagi ertaklarni eshitib, har xil toifa xarakterdagi aqlli va ahmoq, saxiy va qizg`anchiq, zolim va odil odamlar dunyosi bilan tanishadi. Ertaklarda xalq hayoti, uning adolat, haqiqat yo`lidagi orzu-umidlari, yovuz kuchlarga nisbatan qahr-g`azabi, yaxshilarga bo`lgan mehr-muhabbati tasvirlanadi.

O`quvchilar xalq ertaklarini o`qib chiqqach, o`rtoqlari, aka-ukanva opa-singillariga aytib beradi, muhimi o`quvchi o`zi sevib qolgan ijobiy qahramonlaridan o`rnak olishga, halollikda, to`g`ri so`zlikda, mehnatsevarlikda ularga o`xshashga harakat qiladi. Sal’biy qahramonlardan esa, nafratlanib, o`xshamaslikka harakat qiladi.

Demak, o`quvchilarning ham bilimga qiziqishini oshirishda, ham komil inson qilib tarbiyalashda xalq ertaklaridan foydalanish ijobiy natija beradi.

Asosan, ertaklar boshqalarga qaraganda qadimiyroqdir, ularda odamning atrofdagi dunyo bilan birinchi tanishish izlari mavjud.

Ertak murakkab ekspozitsiyaga asoslangan bo'lib, unda ekspozitsiya, syujet, syujetni ishlab chiqish, avj nuqtasi va denouement mavjud.

Ertakning syujeti mo''jizaviy vositalar yoki sehrgar yordamchilaridan foydalanib, yo'qotish yoki etishmovchilikni bartaraf etish haqidagi hikoyaga asoslangan. Ertakning ekspozitsiyasida ketma-ket 2 avlod - eng katta (qirolicha malika bilan va boshqalar) va eng kichik - Ivan aka-uka yoki opa-singillari bilan. Bundan tashqari, eskirgan avlodning yo'qligi ko'rgazmada. Yo'qolishning tasdiqlangan shakli - bu ota-onalarning o'limi. Ertakning syujeti shundaki, qahramon yoki qahramon yo'qotish yoki etishmovchilikni aniqladi yoki bu erda taqiq, taqiqni buzish va keyingi baxtsizliklar uchun sabablar bor. Qarama-qarshilikning boshlanishi, ya'ni. uydan qahramonni yuborish.

Ertakning kulminatsion nuqtasi shundan iboratki, bosh qahramon yoki qahramon qarama-qarshi kuch bilan kurashadi va uni doim mag'lub qiladi (jangning teng keladigani har doim hal qilinadigan qiyin vazifalarni hal qilishdir).

Kechirilish yo'qotish yoki etishmovchilikni bartaraf etadi. Odatda qahramon (qahramon) oxirida "hukmronlik qiladi", ya'ni avvalgisidan yuqori ijtimoiy mavqega ega bo'ladi.

V.Ya. Propp sof sintagmatik ma'noda syujet darajasida ertakning monotonligini ochib beradi. U funktsiyalar to'plamining (aktyorlar harakati) o'zgarmasligini, ushbu funktsiyalarning chiziqli ketma-ketligini, shuningdek ma'lum belgilar o'rtasida ma'lum bir tarzda taqsimlanadigan va funktsiyalar bilan bog'liq bo'lgan rollarning to'plamini ochib beradi. Vazifalar ettita belgi orasida taqsimlanadi:

Antagonist (zararkunanda),

Donor

Yordamchi



Malika yoki uning otasi

Yuboruvchi

Yolg'on qahramon.

Eretaning beshta guruhini aniqlagan Meletinskiy umuman janrning va xususan syujetlarning tarixiy rivojlanishi masalasini hal qilishga harakat qilmoqda. Ertakda totemik afsonalarga xos ba'zi motiflar mavjud. Umumjahon tarqatilgan ertakning ajoyib "totem" jonzot bilan nikoh haqidagi hayolining kelib chiqishi, u vaqtincha o'zining qiyofasini yo'qotgan va inson qiyofasini o'z ichiga olgan ("Er yo'qolib qolgan yoki o'g'irlangan xotinini qidirmoqda (xotini erini qidirmoqda)", "Qurbaqa malikasi", "Qora gul". va boshq.). U yerdagi asirlarni ozod qilish uchun boshqa olamlarni ziyorat qilish haqidagi ertak ("Uchta er osti dunyosi" va boshqalar). Yovuz ruh, yovvoyi hayvon, yovvoyi hayvonning kuchiga tushib qolgan va ulardan birining mohirligi tufayli qochib ketgan bolalar guruhi ("Jodugar-barmoq barmog'i" va boshqalar) yoki qudratli ilonni o'ldirish haqida - chtonik jin ("G'olibona ilon") haqidagi mashhur ertak. va boshq.). Ertakda oilaviy mavzular faol rivojlanmoqda (Zolushka va boshqalar). Ertak uchun to'y ijtimoiy nochor shaxslar uchun kompensatsiya belgisiga aylanadi ("Sivko-Burko"). Ertagi boshidagi ijtimoiy nochor qahramon (ukasi, o'gay qizi, ahmoq), uning atrofidagi odamlar tomonidan barcha salbiy xususiyatlarga ega bo'lib, oxirida go'zallik va aql-idrokka ega (Kichkina kichkina ot). To'y sinovlari haqidagi taniqli ertak guruhi shaxsiy taqdirlar haqidagi hikoyalarga e'tibor qaratadi. Ertakdagi roman mavzusi qahramon mavzusidan kam emas. Propp "Jang - G'alaba" ning asosiy sinovida bo'lish yoki "Qiyin vazifa - Qiyin vazifani hal qilish" ishtirokida ertak janrini tasniflaydi. Ertakning mantiqiy rivojlanishi uydagi ertak edi.

Ertak ijrochiligining xarakterli belgilaridan biri shundaki, hikoya qilinayotgan voqea va hodisalar aytuvchi va tinglovchi tomonidan «bo’lgan voqea» deb emas, balki «muqarrar bo’lmagan hodisalar», deb tushuniladi. SHuning uchun ham ertaklarda voqea va hodisalarning bo’lib o’tgan o’rni va zamoni noaniq, umumiy tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e`tibori bilan yuzaga kelgan o’rni ham turlicha. Ularning tili va stili shakl va mazmuniga ko’ra o’zaro farq qiladi. U yoki bu ertakni qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun uning asosida bo’lgan uydirmaning davr e`tibori bilan tashkil topgan o’rnini aniqlash, hayot haqiqatiga bo’lgan munosabati va asosiy funktsiyasini belgilash lozim bo’ladi. Masalan, sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida tashkil topishi ham turli xil davrlarga to’g’ri keladi. SHuning uchun ham har xil davrda yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari ta`sirini o’zida saqlagan «Kenja botir», «Qilich qora», «Qiron aka», «Malikai Husnobod», «Bulbuligo’yo», «Ur to’qmoq», «CHol bilan kampir», «Bo’ri bilan tulki», «Qo’ng’iz bikach», «Baxtli kal» kabi ertaklarning syujet sostavi, xarakteri, obrazlar sistemasi, tili va hikoya qilish uslubida o’xshash va farqli tomonlar mavjud. Negaki, ertak o’zining taraqqiyoti davomida ba`zi bir motiv, obrazlarni yo’qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba`zan esa an`anaviy elementlar yangicha talqin etilgan bo’ladi. Xullas, har bir ertakning syujet tuzilishi, uning g’oyaviy mazmuni, badiiy vositalarning o’ziga xos tomonlari u yoki bu davrni hamda u yoki bu turga xos xususiyatni ko’rsatib turadi. «Zumrab bilan Qimmat» yoki «Oltin tarvuz» kabilar, asosan sehrli ertaklardir. Biroq asosiy qahramonlar qiyofasi, ularning xatti-harakatlari hajviy ertaklarning bosh qahramonlarini eslatadi. Lekin bu ertaklarda hajviy ertaklarda bo’lganidek, aql-idrok, tadbirkorlik ustun emas, aksincha, fantastik uydirmalar asar echimida hal qiluvchi vazifalarni o’taydi. Bu belgi ularni hajviy ertaklardan ajratib turadi. Demak, satira va yumorni faqat hajviy ertaklarga xos belgi deb qaramaslik kerak. CHunki satira va yumor sehrli va hayvonlar haqidagi ertaklarda ham mavjud. Faqat bularning u yoki bu ertaklardagi mazmun darajasi, ishlatilish o’rni, maqsad, vazifalarini e`tiborga olish kerak. SHundagina u ertak qaysi bir turga xos ekanligi ma`lum bo’ladi.

 Sehrli ertaklarning yuzaga kelishi qadimiy tarixga ega bo’lib, ildizi boshlang’ich jamiyatga borib etadi. Ma`lumki, ibtidoiy inson noma`lum bo’lib ko’ringan tabiat hodisalari oldida talvasaga tushgan. Har qadamda uchraydigan xavf-xatarlar uning ruhiga ta`sir etgan. Ana shular dunyo haqida yuzaki mulohaza yuritishga va g’ayri tabiiy bo’lib ko’ringan hodisalarni o’zicha izohlashga majbur qilgan.

3.

Maqol - turmush tajribalari zaminida tug'ilgan va xalq donoligini ifodalagan qisqa, ko'pincha she'riy shakldagi hikmatli so'zlar, chuqur ma'noli iboralardir. Maqollar xilma-xil mavzularda bo'lib, hayotning turli masalalarini qamrab oladi. Ko'pincha maqol o'git, nasihat xarakterida bo'ladi: „Yer haydasang - kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda", „Hunari yo'q kishining, mazasi yo'q ishining" kabi.

Maqol xalq og'zaki ijodining juda qadimiy shakllaridan biri bo'lib, unda xilma-xil badiiy ifoda vositalari-ohangdosh tovuslilar takrori bo'ladi. Katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo'lgan ajoyib so'z ustalarining o'lmas satr va hikmatli so'zlari ham ko'pincha xalq maqollariga o'xshab ketadi. Masalan, A.Navoiyning „Mahbub ul-qulub” asarida aytgan bir qancha hikmatli so'zlari shular jumlasidandir: „Oz-oz o'rganib dono bo'lur, qatra-qatra yig'ilib daryo bo'lur", „Tilga ixtiyorsiz-elga e'tiborsiz" va boshq.

Ma'lumki, badiiy asar matni ustida ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Maqollarni o'rganishda ham bu bosqichlarga e'tibor qaratish kerak.

1-2-sinflar maqollarni o'rganishning birinchi bosqichi bo'lsa, savod o'rgatish davri maqollarni o'qish va o'rganishning tayyorlov bosqichidir.

Savod o'rgatish davridayoq o'quvchilar maqollarni o'qiydilar. Alifbe davrida berilgan maqollar matn mazmuni bilan bog'liq bo'lib, ular matn g'oyasini o'quvchilarga lo'nda, aniq yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Bu vaqtda o'quvchilarga maqollar o'qitiladi, ma'nosini bilganlaricha izohlab berishlari so'raladi. O'quvchilar javobini o'qituvchi to'ldirib, misollar bilan dalillab beradi.

Maqollarni o'rgatish o'qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi. Har bir darsga tayyorlanayotganda asar mazmuniga va unda ilgari surilgan g'oyaga mos maqol ustida qanday mashq uyushtirishni rejalashtirib olish lozim. Iloji boricha ularni dars rejasiga kiritish, izohli lug'atlar (Masalan: Sh. Shomaqsudov,

Sh. Shorahmedovning „Hikmatnoma" (o'zbek maqollarining izohli lug'ati, Toshkent, 1990) dan uning ma'nosini oson izohlaydigan, sodda til bilan tushuntirish mumkin bo'lgan shakllarini bilib olish zarur. Buning uchun o'qituvchi „Maqollar to'plami" va ularning izohiga oid adabiyotlarga ega bo'lishi kerak.

Boshlang'ich sinflarda matn ostida berilgan maqollarni o'qish va o'rganish, tahlil qilish asar o'qilib, tahlil qilinib bo'lingach amalga oshirilishi kerak. Chunki asar mazmuni va unda yozuvchi aytmoqchi bo'lgan g'oyani tushunmay turib, maqolning ma'nosini izohlash qiyin bo'ladi. Mualliflar ham maqol ma'nosini asar voqealari bilan izohlamoqchi bo'ladilar.

1-2-sinflarda maqolni ifodali o'qish va yod olishga ahamiyat beriladi. 1-sinf darsligida bo'lim yuzasidan berilgan savol-topshiriqlarda ham maqollarni o'rganishga katta e'tibor berilgan. Masalan, „Xalq o'giti-baxt kaliti" bo'limidagi savol-topshiriqlarda „Rostgo'ylik haqidagi maqollardan ayting", „Odob insonga husn" bolimida „Qanoatda-barakat" maqolining ma'nosini tushuntirib bering", „Ko'klam-yashnadi olam" bo'limidan so'ng „Bilim olish haqidagi maqollarni ayting" kabi vazifalar berilgan. Har bir bo'lim yuzasidan berilgan vazifalarda u yoki bu maqolni o'rganish ko'zda tutilgan.

1-2-sinfda maqolning mazmunini o'rganish va yod olishdan tashqari, uning matnidagi izohtalab so'zlar, birikmalar ustida lug'at ishi o'tkazish, badiiy til vositalari, ko'chma ma'noli, qarama-qarshi ma'no bildiruvchi, maqolda takrorlanib kelayotgan so'zlar ma'nosi yuzasidan ish olib borish talab etiladi. Masalan, 1-sinf „O'qish kitobi" da „Ona yurting - oltin beshiging" maqoli berilgan. Mana shu maqol matni ustida ishlaganda, „Yurt" so'zini qaysi so'zlar bilan almashtirish mumkin?", „Maqolda ona yurt nimaga tenglashtirilayapti?", „Beshik oltin bo'ladimi?" kabi savollar berish yo'li bilan o'quvchilarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqini o'stirish ustida ishlanadi. Bundan tashqari, „Eling senga cho'zsa qo'l, Unga doim sodiq bo'l" maqolining ma'nosini tushuntirishda shu bo'limdagi asarlardan, bolalar uchun davlatimiz tomonidan yaratib berilgan sharoitlardan misollar keltirish lozim. Masalan, „Jar" sport kompleksi sizning sog'lom o'sishingiz uchun yaratildi. Maktabda bepul bilim olyapsiz. Shunga javoban siz nima qilishingiz kerak?" kabi. Shu maqolning badiiy til vositasi ustida ishlashda „Qo'l cho'zsa" deganda nimani tushundingiz?" kabi savollar bilan o'quvchilarga murojaat qilish va uning qanday ma'noda kelayotganini aytib o'tish foydadan xoli bo'lmaydi.

2-sinfda „Ish ishtaha ochar" matnida'n keyin: „Ish ishtaha ochar, Dangasa ishdan qochar", „Kuch birlikda" matnidan keyin „Birlashgan o'zar, birlashmagan to'zar" maqollari keltirilgan. Bu maqollardan matn o'rganib bo'lingach, asarning g'oyasini ochishda va xulosa chiqarishda foydalaniladi. Su tarzda maqol mazmuni ham ochiladi. Maqol tili ustidagi l-sinfda uyushtirilgan ishlar 2-sinfda ham davom ettiriladi. Maqol ustida ishlash orqali o'quvchilar uning yaratilishi sababini, oddiy gapdan farqini bilib oladilar.

l-sinfda maqollarni to'g'ri o'qish va yod olishga e'tibor ko'proq qaratiladi, 2-sinfda esa o'quvchilardan matn mazmuniga mos maqollar aytishni talab qilish mumkin.

3-4-sinflarda maqollar maxsus darslarda va badiiy asarni o'rganish jarayonida ham muntazam o'rganib boriladi. Bu sinflarda maqol­larni o'rganishdan ko'zlangan maqsad o'quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, to'g'ri va ongli o'qish malakalarini takomillashtirish, maqoldagi har bir so'zning va yaxlit maqolning ma'nosini to'liq idrok etishga erishishdir. O'quvchilar o'qilgan matn ichidan maqollarni, hikmatli so'zlarni o'zi mustaqil topa olish ko'nikmasini egallashi, ular yordamida o'qilgan asarlar yuzasidan to'g'ri hukm chiqarishga o'rganishlari zarur. Shuningdek, 3-sinf “O‘qish kitobida” “Mehrjon sayli” matnidan keyin Mehnat baxt keltirar, Mehnating zabu-ziynating, Mehnat qilgan xor bo‘lmas kabi maqollar keltirilgan bo‘lib, bu maqollar orqali o‘quvchilarda mehnatsevarlik tuyg‘ulari shakllantiriladi.

3-4-sinflarda „Xalq og'zaki ijodi" bo'limi tarkibida „Maqollar" mavzusi alohida o'rganiladi. Bu mavzuni o'rganishda maqolning kelib chiqishi, yaratilishi haqida dastlabki elementar ma'lumotlar beriladi. Bunda maqollar xalqning uzoq yillik hayotiy tajribasi asosida vujudga kelganligi, tarbiya vositasi sifatida har bir xalqning milliy ma'naviyatining shakllanishida muhim vosita bo'lishi haqida dastlabki tushunchalar beriladi.

Maqollar mavzular bo'yicha guruhlab o'rgatiladi. Masalan, 4-sinf „O'qish kitobi"da maqollar „Ona yurting — oltin beshiging", „Eldan ayrilguncha, jondan ayril", „Mehnat — baxt keltirar", „Odobing — zeb-u ziynating", „Olim bo'lsang, olam seniki", „Ko'ngil ko'ngildan suv ichar" kabi mavzular asosida birlashtirilib berilgan. O'quvchilarga maqollarni mavzu bo'yicha guruhlab o'rgatishda o'qish mavzulariga asoslaniladi. Bunda maqol mazmuniga mos asarlar nomini keltirish, uning mazmun va g'oyasini maqol bilan bog'lash kerak. Bu jarayonda o'quvchilaming hayotiy tajribalari asosida misollar keltirish bilan maqollarni izohlash yoki o'quvchilarga maqol g'oyasiga mos bironta hikoya tuzish mustaqil ish sifatida berilishi ham mumkin.

3-4-sinflarda maqol janri bo'yicha tahliliy ishlar o'quv yili davomida izchil uyushtirilib boriladi, ya'ni „Asar g'oyasiga oid maqol ayting", „Maqollar asosida krossvord tuzing, rebus yarating" kabi topshiriqlar beriladi, „Maqollar aytish musobaqasi", „Maqollar mushoirasi" kabilar tashkil qilinadi.


5.


Download 44,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish